28
munosabatlarda turli shakllarda namoyon bo’ladi, ya’ni rahbarlarning bilimi,
muomala va muloqot madaniyati, kiyinishi, gavda harakatlari, akmeologik
usulchilik qobiliyati, fan-texnika, san’at va tabiatga bo’lgan munosabati hamda
qiziqishi xodimlarning faoliyatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Mazkur tarbiyaviy munosabatlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, “inson-
inson” munosabatlari shaklida birinchi o’rinda rahbarning o’z xodimlari bilan
“rahbar-xodim”
, o’qituvchining o’z o’quvchilari bilan
“o’qituvchi-o’quvchi”
munosabatlarini, ya’ni akmeologik usul jarayonida o’zaro bevosita ta’sir
mavjudligini ko’ramiz.
Bu bevosita ta’sir, muloqot jarayonida yoki muloqotsiz masofadan turib ham
mavjud bo’lishi mumkin. Muloqot jarayonida rahbarning samimiy va diqqat bilan
o’z suhbatdoshiga qarab turishi va uni tinglay bilishi, suhbatdoshiga o’z fikrini
to’la va to’g’ri ifodalashi hamda samimiy suhbatlashishi uchun imkon yaratish
bilan bir qatorda o’qituvchi-xodimlarning o’z rahbarlari bilan bemalol
suhbatlashishlari, o’z fikrlarini va takliflarini rahbarlarga bildirishlari, yangiliklar
yaratish borasida ham rahbarlarga suyanish mumkinligiga ishonch hosil
qilishlarida, shuningdek, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarda ham
o’zining ijobiy samarasini beradi.
Ixtiyoriy rahbar o’z o’qituvchi-xodimlarining barchasi bilan ham doimiy jonli
muloqotda bo’lavermasligi aniq, shunga qaramasdan, barcha o’qituvchi-xodimlar,
shu qatori o’quvchilar ham rahbar bilan doimiy, bevosita o’zaro ta’sirda bo’lishi
tarbiyaviy munosabatlarda namoyon bo’ladi. Bunday bevosita ta’sir masofadan
turib, muloqotsiz tarbiyaviy jarayonda vujudga keladi va undan rahbar ham,
o’qituvchi-o’quvchilar ham bir xilda ta’sirlanishlari mumkin. Ya’ni, o’qituvchi va
o’quvchilarning tashqi ko’rinishi, kiyinishi, yutuqlari, fan va sport yo’nalishlari
bo’yicha turli musobaqalardagi g’alabalari rahbarning kayfiyatiga va uning
reytingiga qanday ta’sir ko’rsatsa, rahbarning tashqi ko’rinishi, kiyinishi, bilimi,
jamoadagi mavqei, o’zi kabi ta’lim muassasalari rahbarlari o’rtasidagi obro’si, fan-
Dostları ilə paylaş: