38
Yuqorida
sanab
o’tilgan
sifatlarning
ahamiyati
akmeologik
usul
yangiliklarini ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy-psixologik tizimlarning bir butunligi
sifatida yangi hayotga moslashuvchan, o’zini-o’zi yangilovchi mexanizm
ekanligini tavsiflaydi.
Talim muassasalarida innovatsion jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda
fan-texnika yutuqlariga asoslangan akmeologik usulning eng samarali, innovatsion
metodlaridan foydalanishni, akmeologik usul yo’nalishida bilim, ko’nikma va
malakalarni, yangi shaxsiy va kasbiy sifatlarni talab qiladi, bu o’z navbatida
strategik akmeologik usulning zaruriyatini belgilab beradi. Shundan kelib chiqib,
strategik akmeologik usulning asosiy tushunchalariga to’xtalib o’tamiz.
Strategik reja
muassasada ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim-tarbiya
jarayonida ko’zlangan maqsadlarga erishish – raqobatbardosh bitiruvchilar
tayyorlash yo’nalishida uzoq (besh, o’n yil va undan ko’proq muddatlarni o’z
ichiga oladi) muddatlarga mo’ljallangan vazifalarni o’z ichiga olgan dastur
(istiqbol reja) bo’lib, u ta’lim muassasasining hamda rahbar-xodimlarning yillik va
joriy rejalari uchun asos sifatida xizmat qiladi.
Strategik rajalashtirish – bu ta’lim muassasasining maqsadlaridan kelib
chiqib amalga oshirish zarur bo’lgan vazifalarni belgilash, mazkur vazifalarni
amalga oshirish uchun akmeologik usul funktsiyalari, metodlari hamda
maqsadlarini aniqlash va amalga oshirish yuzasidan strategik rejalar ishlab chiqish
jarayoni bo’lib, bunda maqsad va vazifalarning ilmiy asoslanganligi, belgilangan
muddatlarning aniqligi va ob’ektivligi, ijrochilarning bilimi va kasb mahorati,
tashqi muhit ta’siri, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, muassasa
imkoniyatlari, shuningdek, akmeologik usul strategiyasi, ya’ni strategiyani amalga
oshirishni boshqarish yo’nalishlari o’rganilib tahlil qilinadi.
Akmeologik usul strategiyasi ko’zlangan maqsadlarga erishishda ta’lim
muassasasi
faoliyatini
takomillashtirish,
pedagogik
xodimlar
faoliyatini
muvofiqlashtirish, strategik reja asosida faoliyatni tashkil etish va boshqarish
yo’nalishida asosan akmeologik usulning ikki turini nazarda tutadi: strategik
Dostları ilə paylaş: