41
topadi. Ularda bir-biriga o’xshash bo’lgan o’zaro bog’liqliklar va ko’rsatkichlar,
shuningdek, akmeologik usulchilarning innovatsion harakatlarini belgilovchi
asoslarning to’rt guruhi ajratib ko’rsatiladi:
- birinchidan, bu yangilik kiritish natijasida vujudga keladigan, hurmat-
e’tibor, hokimiyat, vakolat va mavqe bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan
shaxsiy moddiy qiziqishlar;
- ikkinchidan, tashkiliy tizimning samarali rivojlanishiga mos ravishda
o’zini-o’zi kasbiy rivojlantirishga intilish;
- uchinchidan, jamoaning ma’naviy-psixologik muhitida innovatsion
jarayonlarning ahamiyatini anglash;
- to’rtinchidan, tezkor akmeologik usulni mazmun va mohiyatini tushunish
va mantiqan zaruriyatini qabul qilish.
Innovatsiyalarni
tatbiq
etishning
natijaviyligini
tekshirish
ularning
samaradorligini baholash masalalarini ijobiy hal etishni talab etadi va bunga
quyidagilar misol bo’ladi:
- pedagogik jamoaning kasbiy mahoratini o’sishi;
- jamoada ijtimoiy-psixologik muhitning mustahkam va ijobiy xususiyatlari;
- ta’lim va tarbiya jarayonini yangilashga jamoaning tayyorgarligi;
- jamoaning ilmiy va ilmiy-metodik salohiyatini oshirishga moyillik;
- pedagoglar o’rtasida axborotlar almashinuvi sifatini o’sishi;
- o’quvchilarni ta’lim tizimining turli bosqichlarida o’qishni davom
ettirishlari uchun tayyorlash sifati.
Jamoadagi munosabatlarni ham tahlil qilish muhim hisoblanadi, chunki bu
pedagogik jamoada ijobiy ruhiy muhitni shakllantirilganligi to’g’risidagi
ma’lumotlarni olishga imkoniyat yaratadi. Jamoadagi o’zaro munosabatlar
quyidagi belgilar orqali tavsiflanadi: “o’zaro yordam va ehtirosli qo’llab-
quvvatlashlar”, “ishonch va bir-biriga nisbatan yuqori darajadagi talabchanlik”,
“jamoaga tegishli bo’lgan masalalar muhokamasi jarayonida o’z fikrini erkin
ifodalash” va h.k.
Dostları ilə paylaş: