44
bilan birgalikda, kollegial hal qilishni tashkil etish faoliyatini takomillashtirish
yo’nalishida akmeologik usul qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
O’qituvchi shaxsi va uning kasbiy, ma’naviy va shaxsiy sifatlari ta’lim
muassasasi oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishda ta’lim muassasasini
rivojlantirish uchun xizmat qiladigan innovatsion g’oyalarni amalga oshirish
hamda jamoa a’zolarining hamkorlikdagi innovatsion faoliyatini tashkil etishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Umiy o’rta ta’lim muassasasi pedagogi akmeologik usul faoliyati kasbiy
(professional) tushuncha bo’lib, bu o’ziga xos murakkab va keng qamrovli
tushuncha hisoblanadi. Chunki bu rahbarlardan zamonaviy bilim, etarli ko’nikma
va malaka, akmeologik usul yo’nalishida kasbiy tajriba va mahorat, shuningdek,
akmeologik usul metodlari va rahbarlik uslublaridan foydalana olishni talab etadi.
U
murakkab
tashkiliy
tuzilishga
ega
bo’lib,
quyidagi
asosiy
komponentlardan iborat: pedagogika, psixologiya, ijtimoiy nazariya va akmeologik
usul nazariyalari bo’yicha tushunchalar; axborot-tahlil, maqsadli-motivlashtirish,
tashkiliy-ijrochilik, tashkiliy-rag’batlantirish, nazorat-tashxis, tartibga solish-
muvofiqlashtirish, tadqiqotchilik va muloqot yo’nalishida akmeologik usulchilik
ko’nikma va malakalari, o’zini-o’zi rivojlantirish va h.k.
O’qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirish va takomillashtirishga
yo’naltiruvchi, tashqi muvofiqlashtiruvchi va kuchaytiruvchi omillar mavjud
bo’lib, tashqi muvofiqlashtiruvchi ta’sir pedagogning kasbiy ko’nikma va
malakalarini belgilangan strategik maqsadlarga va muassasa faoliyatini
takomillashtirish dasturlarining asosiy yo’nalishlariga muvofiq rivojlantirishga
yo’naltiriladi. Muvofiqlashtirish – bu o’qituvchi akmeologik usul faoliyatini
hamda mazkur faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi kasbiy sifatlarini
takomillashtirishga qaratilgan jarayondir.
Tashqi kuchaytiruvchi pedagogik ta’sir ta’lim muassasasi pedagogi uchun
sub’ektiv ahamiyatga ega bo’lishi bilan bir qatorda, uning o’ziga xos kasbiy
Dostları ilə paylaş: