58
maslahat so’raydilar, uning nuqtai nazari bilan hisoblashadilar. Ammo, obro’
orttirishda shaxsiy sifatlarning o’zigina etarli bo’lmay, u yoki bu mutaxassis
haqidagi jamoatchilik fikri ham sabab bo’ladi. Shuning uchun ham
mutaxassisning jamoatchilik fikri bilan hisoblashmay iloji yo’q, bu esa jamoaning
pedagogga bo’lgan ta’siridir. Ya’ni, jamoa pedagogning ayrim sa’i-harakatlarini
rad etishi, qabul qilmasligi, aksincha, bundan saqlanishga intilishi mumkin.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, jamoa bilan mutaxassisning o’zaro ta’siri
ikki xil, ya’ni ijobiy va salbiy bo’lishi mumkin, bunda rahbarning roli yaqqol
namoyon bo’ladi. Ijobiy ta’sirni vujudga keltirishda rahbar pedagogik jamoa va
ta’lim muassasasining manfaatlari bir-biriga mos kelishini istagan holda, qo’l
ostidagi xodimlarning muvaffaqiyati hamda kayfiyatlari bilan qiziqish, tabassum
bilan muomala qilish, xodimlarni ismini hurmat bilan aytib murojaat qilish (har
kimga o’z nomini boshliq og’zidan eshitish yoqimli bo’lishini esda tutishi),
mutaxassislarga nisbatan diqqat-e’tiborli bo’lish, suhbatdoshini o’zi haqida
gapirishga ruhlantirish, oshkora axborot almashishdan cho’chimaslik, xodimga
uning ish uchun kerakli ekanligini sezdirish, har bir xodimning kamchiliklarini
qayd qilganda, albatta, uning muvaffaqiyatlarini ham e’tirof etish kabi
rahbarlikning eng maqbul uslublarini o’z faoliyatiga tatbiq etishi zarur.
Jamoada turli dunyoqarash va madaniyatga ega, fe’l-atvori, aqlu zakovati,
turli xil ishlarga layoqati alohida namoyon bo’ladigan kishilar mehnat qiladi. Bu
hol ularning mehnati va ish vazifasiga bo’lgan munosabatida ham ifodalanadi.
Ta’lim
muassasasiga
yangi
kelgan
yosh
pedagoglar
jamoadagi
mutaxassislarning faoliyatini, ularning o’z vazifasiga bo’lgan munosabatini va u
erdagi sharoitni to’la o’rgangunga qadar turlicha tasavvurga ega bo’ladilar. “Qush
inida ko’rganini qiladi” deganlaridek, yosh mutaxassis jamoadagi sharoitni,
mutaxassisga qo’yilayotgan talablarni bajarish uchun qay darajada bilim, ko’nikma
va malakalar zarurligini, kadrlar salohiyatini va ularning o’z ishlariga bo’lgan
munosabatlarini,
rahbarlarning
mavqei
hamda
qo’l
ostidagilar
bilan
munosabatlarini o’rganib, tahlil qilib, xulosa chiqargan holda o’z ustida ishlashi,
Dostları ilə paylaş: