Hujjat tekshirish natijalari Tekshiruvchi: Shamsiddin Hamzayev Mustafo 'g'li (ID: 17777) Tashkilot: Lavozimi



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/79
tarix26.08.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#140674
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79
Diss antiplag sadbarg

12
3


50
maslahatlar tashkil etish akmeologik usul faoliyatining takomillashishiga yordam
beradi.
Mazkur kontseptsiyani ishlab chiqqan olimlarning fikricha, rahbar
shaxsining rivojlanishida akmeologik usul ta’limi, tashkiliy muhit va ta’lim
oluvchi insonlar jamoasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Rahbar shaxsi uning rivojlanish yo’nalishidagi mavjud kontseptsiyalarning
tahlili shuni ko’rsatadiki, kollektsion va raqobatli yondashuvlar qatoriga qo’shish
mumkin bo’lgan kontseptsiyalar ham tashqi muhitning o’zgarmasligini va
rivojlanish imkoniyatlarining chegaralanganligini belgilaydi. Mazkur rivojlanish
kontseptsiyalari alohida sifatlarga, ya’ni mualliflarning fikriga ko’ra, rahbarlarning
eng asosiy sifatlariga va ularning rivojlanishiga tegishlidir.
Integrativ yondashuv rahbarlarning integrativ xususiyatlarini tahlil qilishga
imkoniyat yaratadi, lekin rahbarlar shaxsining har tomonlama, ko’p o’lchamli,
to’la-to’kis rivojlanish uchun turtki bo’luvchi kuch yoki qonuniyatlar haqidagi
savollarga javob bermaydi. Rivojlanishni ko’p miqdordagi omillar ta’sirining
natijasi sifatida belgilovchi omilli yondashuv mazkur jarayonni to’liq tasavvur
qilishga imkoniyat bermaydi. Rahbar va uning shaxsining rivojlanishi to’g’risida
kengroq va mantiqan haqiqatga yaqinroq bo’lgan ma’lumotlar rahbarlar ta’limi
nazariyasi doirasida yoritib berilgan.
Amalga oshirilgan tahlillarning natijalari rahbar shaxsining ko’p o’lchamli
va ko’p darajali, o’ziga xos murakkab ahamiyatga ega bo’lgan rivojlanish
dinamikasi ko’p jihatdan tashqi muhitga bog’liqligini inobatga olishni hamda
ularning rivojlanish va shakllanish dinamikasining qonuniyatlarini aniqlash
zaruriyatini tasdiqlaydi.
AQShda o’zining shaxsiy faoliyati, shaxsiy ishlari orqali o’zligini isbotlash,
ya’ni o’zini ko’rsata olish, g’olib bo’lish ehtiyojlari rahbarning asosiy ehtiyojlari
hisoblanadi. Mavqega va hokimiyatga ega bo’lish yo’nalishidagi o’ziga xos
akmeologik usul ehtiyojlari bo’yicha mukammal tadqiqotlar olib boriladi (319;
327). Lavozimlarning keskin o’sib borishi bo’yicha vakolatlarga ega bo’lish va
7


51
mavqe orttirish vositalari yo’nalishidagi ehtiyojlar ham e’tibordan chetda
qolmagan (326).
Rahbarlarning eng asosiy ehtiyojlaridan biri rivojlanishga bo’lgan ehtiyojdir.
Bu ehtiyojni akmeologik usul faoliyatining shaxsiy ehtiyoji, ya’ni maxsus ehtiyoj
sifatida tavsiflash mumkin, masalan, ma’lum bir ishni bajarish uchun ish quroliga
bo’lgan ehtiyoj (232). Rivojlanishga bo’lgan ehtiyoj muvozanatni saqlashga
nisbatan bo’lgan ehtiyojga qarama-qarshi turadi.
Muhim ahamiyatga ega bo’lgan mo’ljal ehtiyojiy-motivatsion muhitning
holatini aniq belgilash bilan bir qatorda, mavjud holatni, borliqni rahbarlar
tomonidan tanlash asosida qabul qilishi imkoniyatini yaratadi.
Shaxs mo’ljalining psixologik asosi sezgi (130; 227), aniqlangan
ehtiyojlarning tashkiliy tuzilishi, motivlar, qiziqishlar, maqsadlar va ishonch
hisoblanadi.
Ijtimoiy asoslangan va maqsad yoki vosita sifatida ko’rib chiqish mumkin
bo’lgan munosabatlar, ya’ni mavjud borliqqa nisbatan insonning tanlov asosidagi
munosabatlarining turg’unligi bo’yicha turli xil nuqtai nazarlar, qarashlar mavjud.
Masalan, shaxsning deyarli o’zgarmas xususiyatlaridan biri hisoblangan ahamiyatli
mo’ljali hamda o’zgaruvchan xususiyatlariga nisbatan ham turli xil qarama-qarshi
fikrlar mavjud.
Rahbarlarning ahamiyatga ega bo’lgan mo’ljali yo’nalishidagi tadqiqotlar
ancha vaqtlardan beri olib borilayotgan bo’lib, o’z tarixiga ega. Mazkur hodisa
ko’pchilik olimlarning e’tiborini jalb etgan va hozirgi davrga qadar ham e’tiborda
qolmoqda, shuningdek, u “shaxs xatti-harakatining bosh yo’nalishini” belgilaydi
(118).
Akmeologik usul faoliyatidagi mavjud ziddiyatlar pedagogik jamoa
rahbarini muntazam ravishda, shaxsning turg’unlikka nisbatan tabiiy intilishlari
bilan eski tasavvurlardan voz kechish, muhim ahamiyatga ega bo’lgan tizimni
vujudga keltirish zaruriyatlaridan birini tanlashga majbur qiladi. Mazkur ziddiyat –

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin