61
Bugungi kunda ta’lim muassasalaridagi mutaxassislarning salohiyati mazkur
muassasa rahbarlarining reytingini belgilovchi eng asosiy mezonlardan biri
hisoblanib, akmeologik usul faoliyatini loyihalashtirishda pedagogik xodimlarning
ilmiy salohiyatini rivojlantirish yo’nalishida amalga oshiriladigan vazifalarni
inobatga olinishi zarur.
Ota-onalar qo’mitasining maqsadi maktabni rivojlantirish va faoliyatini
takomillashtirishda yaqindan yordam ko’rsatishdan iborat bo’lib, ta’lim
muassasasining
boshqa tashkilot
va muassasalar bilan
o’zaro
foydali
hamkorliklarini rivojlantirish yo’nalishida faolligini shakllantirish, maktabda
ta’lim-tarbiya samaradorligini yaxshilash yo’nalishida tadbirlar uyushtirish,
shuningdek, ta’lim muassasasining imkoniyatlarini kengaytirish bo’yicha homiylik
ko’rsatish yo’nalishidagi tadbirlarni tashkil etadi.
Metodik birlashmalar maktab ta’limini rivojlantirish, ta’lim-tarbiya
jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, o’quvchilarning o’zlashtirish ko’rsatkichlarini
ko’tarish, pedagoglarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish, ilg’or
pedagogik tajribaga ega
bo’lgan
o’qituvchilar tajribalarini ommalashtirish
yo’nalishida fanlar bo’yicha ochiq darslar, olimpiada, konferentsiya, fan kechalari
tashkil etadi va o’tkazadi. Fanlar yo’nalishida o’quv dasturlari, o’qitish
texnologiyalari va metodlari, baholash mezonlari, ta’lim mazmunini rivojlantirish
strategiyalarini ishlab chiqadi hamda turli yo’nalishlardagi maktab tadbirlarini
tashkil etish va o’tkazishga yordam beradi.
Shunday
qilib,
zamonaviy
maktabni
boshqarish
murakkab,
ko’p
komponentli tashkiliy tuzilishga ega bo’lib, bunda asosiy maqsadga, ya’ni
o’quvchilarni hayotga tayyorlash, ularni mehnatga va murakkab ijtimoiy-iqtisodiy
shart-sharoitlarga mustaqil ravishda tezroq moslashishlarini ta’minlashga
erishishda ta’lim muassasasi barcha sub’ektlarining maqsadga yo’naltirilgan o’zaro
ta’sirini ko’rib chiqish zarur; ikkinchidan, ko’zlangan maqsadga erishish uchun
ta’lim muassasasi bir butun, yaxlit mexanizm sifatida faoliyat ko’rsatishi kerak;
Dostları ilə paylaş: