Hujjat tekshirish natijalari Tekshiruvchi: Shamsiddin Hamzayev Mustafo 'g'li (ID: 17777) Tashkilot: Lavozimi



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/79
tarix26.08.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#140674
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79
Diss antiplag sadbarg

2
8
8
8
8


37
Innovatsiyaning vaziyatga aloqadorligi – innovatsiyalarni amalga oshirish
ko’p jihatdan jamoa a’zolarining
individual xususiyatlariga hamda tashkiliy
muhitning yangiliklarni qabul qilish uchun tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo’ladi.
Innovatsiyalarning strukturaviyligi – yangiliklar bilan tanishish, baholash,
sinash, ma’qullash va to’la qabul qilish innovatsiyani amaliyotga tatbiq etishning
asosiy bosqichlarini belgilaydi.
Innovatsiyalarning
rahbarlikni
innovatsion
uslublari
strategiyasini
shakllantirish imkoniyati – innovatsion dasturlarni amaliyotga tatbiq etishning
samaradorligi innovatsiyalar sub’ektining qiziqishlariga va ular natijasida
innovatsion jarayonlarga individlarning psixologik tayyorgarligini shakllantirish
hamda tayyorgarlik darajasini rivojlantirishiga bog’liq bo’ladi.
Innovatsiyalarning akmeologik usulchanligi yangiliklarni tatbiq etishda
tashkiliy vaziyatlarni rivojlantirishning dasturlashtirish imkoniyatlariga bog’liq
bo’ladi.
Innovatsiyalarning ijtimoiy mo’ljallanganligi individual maqsadlarni va
vazifalarni tashkiliy tizimning maqsadi va vazifalari bilan muvofiqlashtirish
asosida innovatsion jarayon sub’ektlarining o’zini-o’zi rivojlantirishi, shaxsiy
rivojlanish istiqbollarini belgilaydi.
Innovatsiyalarning insonni qiziqishi bo’yicha tabaqalashtirish qobiliyati –
alohida individ va guruhlar uchun innovatsiyaning turli xil munosabatlari mavjud.
Ma’lum bir xodimlar tomonidan qo’shimcha imkoniyatlarni olinishi boshqa
xodimlarning imkoniyatlarini kamayishiga olib keladi va bu o’z navbatida
yangiliklarni qabul qilish uchun aniq tartib o’rnatishga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Innovatsiyalarni sub’ekt tomonidan qabul qilinishi – shaxs tomonidan
ma’lum bir yangiliklarni qabul qilinishi mavjud harakatdagi tizimning o’ziga xos
xususiyatlariga qay darajada mos kelishiga hamda imkoniyatlarni shakllantirishda
sub’ektning holatini yaxshi yoki yomon tomonga o’zgartirishiga bog’liq bo’ladi
(16; 90; 222).

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin