Hujjat tekshirish natijalari Tekshiruvchi: Shamsiddin Hamzayev Mustafo 'g'li (ID: 17777) Tashkilot: Lavozimi



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/79
tarix26.08.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#140674
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   79
Diss antiplag sadbarg

2
7
41
41
41


36
tizimning uzluksizligi muassasaning innovatsion rivojlanish ko’rsatkichini
belgilaydi.
Innovatsiyaning davriyligi insonlar ongida muhim ahamiyatga ega bo’lgan
madaniy an’analarni kasbiy bilim va tushunchalarni maqsadga muvofiq holda,
sekin-asta almashinib borishida tasdiqlanadi. Chunki, mustahkam o’rnashib qolgan
tushunchalar, fikrlar, idrok va xulq-atvorning birdaniga o’zgarishi insonning
shaxsiy xislatlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi va uning ma’naviy-axloqiy, o’zini-o’zi
anglash asoslarini buzilishiga olib kelishi mumkin.
Innovatsiyaning asoslanganlik darajasi sifatli o’zgarishlarning miqdori bilan
ifodalanadi. Mavjud bo’lgan harakatdagi standartlardan innovatsiya qanchalik ko’p
farq qilsa, uning o’zgartirish salohiyati va asoslanganlik darajasi shuncha yuqori
bo’ladi.
Innovatsiyaning ixtilofliligi shundaki, ixtiyoriy yangilikni kiritish o’ziga xos
xususiyatlarga bog’liq bo’lmagan holda ixtilofli vaziyatlar vujudga keltirishi
mumkin, chunki vakolat va imtiyozlar munosabatlarining murakkablashishiga
bog’liq holda, muassasada odat tusiga kirgan o’zaro ta’sir va munosabatlarni
o’zgartiradi.
Innovatsiyaning ahamiyatliligi – bunda innovatsion jarayon davrida ta’lim
muassasasi rahbarida
xodimlarning yangiliklarga bo’lgan munosabatlarini
ob’ektiv baholash imkoniyati tug’iladi, jamoada ichki munosabatlarni o’zgarishi,
keskinlashuvi vujudga keladi va o’z navbatida mazkur jarayonga mos keluvchi
akmeologik usul loyihalarini ishlab chiqish imkoniyati tug’iladi.
Innovatsion tavakkalchilik innovatsiyaning ehtimollik xususiyatlari bilan
bog’liq bo’ladi. Natijaviylikka ishonchsizlik innovatsiya sub’ektida tavakkalchilik
va xavotirlanish hissiyotlarini vujudga keltiradi hamda tatbiq etish faoliyatining
natijalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Innovatsiyaning rahbarlik uslublarini tavsiflash qobiliyati, innovatsion
rahbarlik uslubi innovatsion jarayonning natijasiga xodimlarning va rahbarning
shaxsiy qiziqishlarini vujudga keltirishni nazarda tutadi.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin