73
natijaviylikni faoliyat davomida amalga oshirilgan sarf-xarajatlarga hamda
belgilangan maqsadlarga mos kelishi inobatga olinadi.
O’qituvchi akmeologik usul faoliyati samaradorligini baholashga bo’lgan
mazkur yondashuv quyidagilarni nazarda tutadi:
- samaradorlik ko’rsatkichlari va mezonlarini aniqlash;
- baholash vositalari va metodlarini belgilash;
- baholash jarayoni;
- natijalarni umumlashtirish va izohlash;
- qaror qabul qilish.
Ixtiyoriy baholash solishtirish metodlarini nazarda tutadi. Unga mutloq va
solishtirish asosida baholash xos bo’lib, hatto mutloq baholashda ham
baholanayotgan ob’ekt qaysidir mezonga yoki ob’ektga nisbatan taqqoslash,
solishtirish asosida baholanadi.
Akmeologik usul faoliyati samaradorligi muammolari yo’nalishidagi
tadqiqot ishlarining (118; 120; 298) tahlili samaradorlikning o’zaro bog’liq bo’lgan
to’rt ko’rsatkichlari mavjudligini ko’rsatadi:
- maqsadiy samaradorlik – bu maktabning salohiyati, imkoniyatlari va
mavjud imkoniyatlarni belgilangan maqsadlarga mos kelishini ifodalovchi
xususiyatlar. Akmeologik usul faoliyatining maqsadiy samaradorligini baholashda
o’qituvchi belgilangan maqsadlarga muvaffaqiyatli erishish natijalariga mos
keluvchi omillar va vositalarni baholaydi;
- ijtimoiy-psixologik samaradorlik – bu maktab jamoasidagi ma’naviy-
psixologik iqlim darajasi tavsifi bo’lib, pedagoglar va o’quvchilarning ehtiyojlarini
rivojlanishi, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining mazkur jarayondan qoniqish
hosil qilish darajasi;
- ta’minot samaradorligi – maktab ta’minoti bilan erishilayotgan
natijalarning solishtirma bahosining tavsifi. Ta’minot tushunchasi orqali moddiy va
nomoddiy (maktab pedagoglari va o’quvchilarining sifatiy va miqdoriy tarkibi)
ta’minotlar nazarda tutilgan;
Dostları ilə paylaş: