6
Tadqiqot usullari
.
Tadqiqotda pedagogik kuzatuv, suhbatlar, manbalarni
tahlil qilish, pedagogik tajriba-sinov ishlari, modellashtirish, loyihalashtirish, test
sinovlari, ma’lumotlarni taqqoslash, solishtirish, umumlashtirish va statistik ishlov
berish usullaridan foydalanildi.
Tadqiqot ishlari uch bosqichda amalga oshirildi:
Birinchi bosqich (2021-yil)da dissertatsiya mavzusi yo’nalishidagi ilmiy-
metodik adabiyotlar, mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda olib borilgan tadqiqot
ishlari o’rganildi va tahlil qilindi; mavjud o’quv-me’yoriy hujjatlar tahlil qilindi;
to’plangan ma’lumotlar umumlashtirildi, tadqiqotning ilmiy jihatlari shakllantirildi.
Ikkinchi bosqich (2022-yil)da o’qituvchi akmeologiyasining faoliyatining
metodologik asoslari, maktabni boshqarish funktsiyasi va metodlari aniqlandi,
o’qituvchi akmeologik usul faoliyatining modeli ishlab chiqildi; o’qituvchi shaxsi
strukturasi va uning komponentlariga mos ravishda baholash mezonlari belgilandi.
Uchinchi bosqich (2023-yil)da pedagogik tajriba-sinov ishlari tashkil etildi,
ishlab chiqilgan tavsiyalar ta’lim jarayoniga tatbiq etildi; tadqiqot ishlarining
natijalari tahlil qilindi, umumlashtirildi va dissertatsiya shaklida rasmiylashtirildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Pedagogikada akmeologik usullarni qo’llash asoslari isbotlandi
hamda
ta’lim muassasalarida bugungi kunda kechayotgan innovatsion jarayonlar tahlil
etildi;
umumiy o’rta ta’lim muassasasi o’qituvchilarida akmeologik usullardan
foydalanish masalasi o’rganildi va unga ta’rif berildi; umumiy o’rta ta’lim
muassasasi o’qituvchisi faoliyatida akmeologik usullarning o’rnini tahlil etildi va
tavsiflandi;
o’qituvchi shaxsida akmeologik usullardan foydalanishning samaralari
baholandi; tadqiqot yuzasidan tajriba-sinov ishlari tashkil etildi va uning samarasi
hisoblandi;
tadqiqot natijalari bo’yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Dostları ilə paylaş: