3
KIRISh
Tadqiqot mavzuning dolzarbligi va zarurati.
Umumiy o’rta ta’limni
rivojlantirish, jamiyat va shaxs ehtiyojlarini to’laqonli qondirish hamda ta’lim
jarayoni ishtirokchilariga zaruriy va etarli shart-sharoitlarni yaratish ta’lim
sohasida amalga oshirilayotgan rivojlanish va o’zgarishlarga asos bo’lish bilan
birgalikda mazkur sohaning rahbar va pedagogik xodimlariga o’ziga xos talablarni
belgilab berdi.
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining asosiy
maqsadi va vazifalaridan biri – umumiy ta’lim maktablari, birinchi navbatda
qishloq joylardagi maktablarni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularning
salohiyatini oshirish, o’qituvchilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini
oshirishning samarali tizimini yaratish, o’qituvchilar mehnatini rag’batlantirishni
kuchaytirishdir.
Mazkur tamoyilga jiddiy munosabat bilan e’tibor qaratadigan bo’lsak
muassasa rahbarlari uchun juda katta mas’uliyat, talablar, vazifalar va ishonch
mavjudligini e’tirof etamiz.
Ushbu fikrlarga asoslanib aytish mumkinki, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy
shart-sharoitlar ta’lim muassasalarining akmeologik jixatlarini qayta ko’rib
chiqishni taqozo etadi.
Chunki, hozirgi kunda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida yaratilayotgan
sharoitlar, zamonaviy o’zgarishlar barcha imkoniyatlardan foydalana oladigan,
o’ziga va o’z ishiga nisbatan talabchan, maktab, oila va mahalla hamkorligini
yo’lga qo’ya oladigan, o’z ishini ustasi bo’lgan, o’z faoliyatini rivojlantirish va
takomillashtirishda quyidagi talablarni belgilaydi: akmeologik faoliyat va uning
asoslarini, ish vaqtini taqsimlash va undan samarali foydalanish, qaror qabul qilish,
ishga bo’lgan tashabbuskorlik-ijodiy munosabatni shakllantirish, maqsadga
erishishda jamoa va shaxs ehtiyojlarini hisobga olish, dam olish vaqtidan unumli
Dostları ilə paylaş: