14
to’la mas’uliyatni o’z zimmasiga oluvchi, iqtisodiy tanglik davrida ham, samarali
ishlash qobiliyatiga ega, o’z kasbining ustasi bo’lgan, turli o’zgaruvchan
sharoitlarga tayyorgarligi bor, o’qituvchi va o’quvchilar bilan hamkorlikda faoliyat
ko’rsatadigan hamda ishlab chiqarish ishtirokchilarini ham akmeologik usul
jarayoniga jalb qila oladigan rahbarlarning ishtirokini talab qiladi (30; 118; 187;
284).
Hozirgi zamon pedagogika fanida tizimli yondashuv metodologiyasisiz
akmeologik usul muammolarini hal etilishini tasavvur qilib bo’lmaydi. Agarda biz
maktab bilan ta’lim jarayonini o’zaro bog’liq holda yaxlit tizim deb hisoblasak,
ularni boshqarish ham tizimli xususiyatga ega bo’lishi kerak. Bunday yondashuvni
joriy etilishi akmeologik usulda tasodifiy va kutilmagan holatlarni oldini olishga
xizmat qiladi.
Adabiyotlarning nazariy tahlili, tizimli yondashuvning mazmun va
mohiyatini asoslashimiz uchun imkoniyat yaratdi. Tizimli yondashuvda tadqiqot
ob’ekti tizim sifatida, ya’ni tashqi muhitda xizmat qilayotgan murakkab tizim
sifatida ko’rib chiqiladi. Bunda uning aloqalari va vositalarining mazmun va
mohiyatiga ko’ra ob’ektni bir butun, ya’ni yaxlit holda tasavvur qilish talab etiladi.
Tadqiqot ob’ektini o’rganishda alohida xususiyatlarga ega bo’lgan bir necha
qismlarga ajratib, ular o’rtasidagi aloqalar hamda o’zaro bog’liqlik xususiyatlari
aniqlanadi, chunki har bir qism yaxlit tizimning o’zgarishiga o’z hissasini
qo’shadi.
Kengroq ma’noda tizimli yondashuv falsafa metodologiyasi bilan tabiiy
holdagi ilmiy tadqiqotlarning metodlari o’rtasidagi vaziyatni egallab turuvchi fan,
ilmiy bilish nazariyasining metodologik asoslaridir. Tizimli yondashuv fan sifatida
aniq bir yangi tushunchalar bermaydi, lekin ob’ektni o’rganishda o’zigi xos
yaxlitlik, umumiylik, universallik, differentsiallik kabi tushunchalar asosida
mujassamlashtirilgan
texnologiyalar,
ya’ni
tadqiqotning
integratsion
texnologiyalarini o’z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: