23
tartibini norasmiy belgilaydi; rahbar va xodimlar aniq bir o’rnatilgan qoidalar
tizimiga bo’ysunadilar;
v) patriarxal yoki matriarxal shaklida rahbar “oila boshlig’i” mavqeidan
foydalanish yordamida qarorlar qabul qiladi, qo’l ostidagilarning faoliyati uchun
javobgarlikni o’z zimmasiga to’liq olgan holda qabul qilgan qarorlarini
tushuntiradi va buyruq beradi; xodimlar unga nisbatan juda katta ishonch
bildirishadi va shunga asosan bo’ysunishadi;
g) iltifotli-xarizmatik shakli, bunda rahbar shaxsning o’ziga xos
takrorlanmas donolik, xayrixohlik, qahramonlik, mardlik kabi xususiyatlariga
asoslangan yuqori darajadagi mavqeidan foydalanadi; xodimlar uning xatti-
harakatlarini, maqsadlari yo’nalishini o’zaro munosabatlar jarayonida kuzatishadi,
shuningdek, uning ijobiy sifatlariga, ichki dunyoqarashiga e’tiqod qilishadi.
2. Liberal (erkin ish yuritish) uslubi rahbarning o’z qarorlarini tavciyalar
ko’rinishida berishi, xodimlarning ishiga kamroq aralashishi bilan tavsiflanadi.
Bunda rahbar vositachi sifatida faoliyat ko’rsatadi, xodimlariga keng doirada
mustaqillik, to’la erkinlik berish bilan bir qatorda, ularning harakatlariga kam
e’tibor beradi va nazoratni sustlik bilan amalga oshiradi. Liberal-rahbar turli xil
nizolarni kelib chiqishidan cho’chiydi, shuning uchun muassasa faoliyatini, asosiy
ishlarni o’z oqimiga tashlab qo’yadi, shuningdek, o’z zimmasiga mas’uliyat olishni
yoqtirmaydi. Suiiste’molliklarga bevosita yo’l qo’ymasa ham o’zini bilmaslikka
soladi, irodasiz, tashabbussiz bo’lib, tashqaridan ko’rsatiladigan ta’sirlarga
moyilligi kuchli bo’lganligi sababli yuqoridan yoki quyidan ko’rsatilgan tazyiqlar
uni harakatga keltirishi mumkin. Tanqidlarni qabul qiladi, lekin undan xulosa
chiqarmaydi, kelishuvchanlik asosida faoliyat ko’rsatadi, ya’ni xodimlar bilan
o’zaro munosabatlarni buzmaslik uchun
ularning barcha talablarini bajaradi.
Qoidaga ko’ra, jamoada rasmiy yoki norasmiy guruhlarni akmeologik usulchi bir-
ikkita faol insonlar mavjud bo’ladi, ular va ayrim vaziyatlar (jamoa a’zolarining
o’z ishiga ijodiy yondashuvi va ijobiy munosabatlari) jamoa faoliyatini
muvofiqlashtirib turadi.
Dostları ilə paylaş: