20
S.S.G’ulomov akmeologik usul uslubining aniqlanishi va mazmuni haqida
fikr bildirib, uni rahbar faoliyati kabi tavsiflash mumkin, deb quyidagicha
asoslaydi: “Akmeologik usul uslubi – bu ish uslublarining to’plami bo’lib, u
o’zining faoliyatida ushbu akmeologik usul apparatini qo’llaydi. Menejment uslubi
– bu rahbarni shaxsiy sifatlarining to’plami, rahbarni qo’l ostidagilar bilan
munosabati, rahbarning o’z faoliyatida ishlatadigan uslubi va yo’llari, rahbarning
xodimlarni amalda bilishidir. Akmeologik usul uslubi akmeologik usul usulidan
kelib chiqadi. Akmeologik usul usuli – bu akmeologik usul faoliyatini amalga
oshiruvchi usul va yo’llarning to’plamidir” (14, 208-b.).
Bir qator tadqiqotchilar R.Valijonov, O.Qobulov, A.Ergashevlar: “Rahbarlik
uslubi menejer harakatining o’zigi xos hulqidir. Rahbarlik uslubini yanada to’liq
ma’nosi: menejerning nisbiy qat’iy tizim yo’llari, uslubi va amaliy faoliyat
shaklidir. Bundan tashqari boshqarish uslubi deganda menejerning boshqarish
qarorlarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonida harakat tarzi va xulqiy usuli
tushuniladi. Uslub – bu rahbarlik usulida doimo qo’llaniladigan tizimdir, bu
ma’lum menejer tomonidan uning shaxsiy sub’ektiv-ruhiy tavsifiga muvofiq qabul
qilingan rahbarning uslubini realizatsiya qilish tarzidir”, – deb belgilashadi (40,
150-b.).
R.X.Shakurov rahbarlik uslubini “ma’lum bir sharoitda akmeologik usul
funktsiyalarini amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan, ichki o’zgaruvchan
xususiyatlargi ega bo’lgan (motivlar, maqsadlar, mazmun, usullar), rahbar
faoliyatining mustahkam takrorlab turuvchi o’ziga xos yaxlit tizim, ya’ni uslub –
bu faoliyat usullarining o’ziga xos tizimi” deb belgilaydi .
Yuqorida keltirilgan rahbarlik uslublaridan farqli ravishda A.L.Rusalinova
“rahbarni butun bir jamoa bilan hamda alohida xodim bilan bo’lgan o’zaro
munosabatlarining ahamiyatini bevosita aks ettiruvchi xususiyatlaridir”, buning
asosida rahbarlik uslubi “rahbarning jamoa bilan doimiy munosabatlarini, ob’ektiv
va sub’ektiv sharoitlarni akmeologik usul ta’sirida vujudga kelishi, shuningdek,
rahbar shaxsining individual psixologik xususiyatlari” sifatida belgilanadi deb
Dostları ilə paylaş: