Hujjat tekshirish natijalari Tekshiruvchi: Shamsiddin Hamzayev Mustafo 'g'li (ID: 17777) Tashkilot: Lavozimi



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/79
tarix26.08.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#140674
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79
Diss antiplag sadbarg

16
12


29
texnika, sport va san’atga bo’lgan qiziqishi o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyati
hamda o’zaro munosabatlariga shunday ta’sir ko’rsatadi.
“Inson-inson”
munosabatlarida muloqot jarayonini va muloqotsiz o’zaro
ta’sir jarayonlarini to’g’ri tashkil etish bilan bir qatorda rahbarlar o’z
xodimlarining mehnatlarini to’g’ri baholay bilishlari ham zarur hisoblanadi.
Rahbar tomonidan oddiy farrosh mehnatining qadrlanishi, turli tadbirlarda ilg’or
tajribaga ega bo’lgan o’qituvchilar qatori, vijdonan mehnat qilayotgan farrosh va
boshqa texnik xodimlarni ham mukofotlab, rag’batlantirib borishi jamoa a’zolari
o’rtasida majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashiga imkon yaratadi.
“Inson-kitob-inson”
munosabatlariga keladigan bo’lsak, inson butun umri
davomida tajriba orttirib borar ekan, u o’z hayotida duch kelgan muammolar va
ularning echimlarini, inson ehtiyoji uchun zarur bo’lgan yangiliklarni qog’ozga
tushirib kitob yaratadi va bu kitob ikkinchi bir insonning tarbiyalanishida, hayotda
o’z o’rnini topishida eng asosiy manbalardan biri bo’lib xizmat qiladi.
Shunday ekan, rahbarning bilimi, ilmiy darajasi, ilmiy-ijodiy ishlari, uning
jamoadagi mavqeiga hamda jamoa a’zolarining faoliyatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Bunda rahbarning o’z ustida tinmay ishlashi, fan-texnika yangiliklaridan o’z
vaqtida xabardor bo’lishi, ko’p kitoblar o’qishi zarur bo’lib, u o’zi o’tkazadigan
yig’ilishlarda har bir so’zini ilmiy asoslangan ma’lumotlarga, kitob va boshqa
manbalarga bog’lab ma’ruza qilishi, nutqining ravon bo’lishi o’qituvchi-xodimlar
va o’quvchilar bilan bo’lgan munosabatlarda o’z samarasini ko’rsatadi.
Rahbar yaratgan yangiliklar, uning ilmiy-ijodiy mehnati, yozgan kitoblari,
qo’llanma
yoki
ilmiy-uslubiy
maqolalari
o’z
jamoasidagi
tarbiyaviy
munosabatlarni tartibga solib borishda asosiy vositalardan biri sifatida xizmat
qilishi mumkin, ya’ni ta’lim muassasasi rahbari shaxsan o’zi turli mavzulardagi
ilmiy-amaliy konferentsiyalarda o’z maqolalari bilan ishtirok etib borsa, maktab
kutubxonasini yangi adabiyotlar bilan boyitsa, fan va texnika yangiliklari bo’yicha
o’quv seminarlarini tashkil etib borsagina, jamoaning ilmiy ijodiy faoliyat bilan
shug’ullanishi uchun zaruriy sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda


30
o’qituvchilarning o’z ustida ishlashi, bilim, tajriba va ko’nikmalarni rivojlantirib
borishlarini talab qiladigan ijodiy muhitning vujudga kelishiga zamin yaratgan
bo’ladi.
Ta’lim muassasalarida ekologik tarbiya ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy
qismi bo’lib, u o’qituvchi va o’quvchilarda tabiatga ongli munosabatda bo’lish,
tabiat zaxiralarini saqlash va ko’paytirishga oid mas’uliyat tuyg’usi hamda
ekologik muammolarni amaliy hal qilishdagi ko’nikmalarning
rivojlanishida
muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan,
“inson-tabiat-inson”
munosabatlari
ham akmeologik usul faoliyatida rahbarlarga juda katta vazifalar yuklaydi,
masalan, ta’lim muassasasining tashqi ko’rinishi, ya’ni, er uchastkalaridagi mevali
va manzarali daraxtlar, gullarning turlari, ularning parvarish qilinishi hamda ularga
berilayotgan e’tibor rahbarning reytingiga ta’sir qilish bilan birgalikda o’qituvchi-
xodim va o’quvchilarning tabiatga bo’lgan munosabatlariga ham o’z ta’sirini
ko’rsatadi.
Inson bilan tabiatning o’zaro ta’sirini anglash va unga e’tibor qaratish shaxs
ilmiy dunyoqarashining rivojlanish jarayoni bo’lib, bu jarayonda “inson-tabiat-
inson” shaklidagi tarbiyaviy munosabatlar namoyon bo’ladi va bunda tabiat
qonuniyatlarining inson tomonidan o’zlashtirilishi, tabiat qonuniyatlariga oid
ta’lim-tarbiya asosida tabiat yaxlitligi hamda atrof-muhitning inson tomonidan
o’zgartirilishi haqidagi tasavvurlar shakllanadi.
“Inson-texnika-inson”
munosabatlarida ta’lim muassasalari rahbarlari
o’qitishning texnikaviy vositalarini yaxshi bilishi, kompyuter texnikalariga
qiziqishi va ulardan oqilona foydalanishi, darslarda va yig’ilishlarda, o’quv-
seminarlarida slayd, elektron darslik, o’quv-laboratoriya mashg’ulotlarining
elektron variantlaridan foydalanishga erishishi maktabni boshqarishda o’zining
ijobiy samarasini beradi.
Ta’lim muassasasida kompyuter texnikasi vositalarining yangi avlodlarini
bo’lishi va ulardan barcha o’qituvchi va o’quvchilarning foydalanishlari uchun,
shuningdek, kompyuter texnikalaridan foydalanishni o’rganishlari uchun zaruriy
38


31
shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratilishi o’qituvchi-xodimlar va o’quvchilarda
rahbarga nisbatan bo’lgan hurmat va e’tiborni kuchaytiradi hamda ularning
kompyuter texnikalariga bo’lgan qiziqishini rivojlantirish bilan bir qatorda, ulardan
foydalanishni
o’rganishga
hamda
yaratilgan
imkoniyatlardan
mustaqil
foydalanishga undaydi.
“Inson-san’at-inson”
shaklidagi munosabatlar ham ta’lim muassasalaridagi
akmeologik usul jarayonida o’ziga xos ahamiyat kasb etadi, chunki san’at bor
joyda yangilikka intilish, mehr-muhabbat, insoniylik tuyg’ulari hukm suradi. Har
bir inson qaysidir bir san’at turiga qiziqadi, qaysidir bir san’atkorni sevib tinglaydi
va uni ko’rganda yoki eshitganda beixtiyor kayfiyati ko’tarilib ketadi. Ta’lim
muassasasi rahbarining san’atga bo’lgan qiziqishi nafaqat akmeologik usul
jarayoni, balki, o’quv jarayoniga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi, chunki ta’lim
olayotgan o’quvchi yoshlar o’rtasida bir necha bo’lajak buyuk san’atkorlar ham
bo’lishi mumkin.
Shuning uchun ta’lim muassasasi pedagogi yangilik yaratish va ularni tatbiq
etish, ixtirochilar salohiyatidan samarali foydalanish, ularning tajribasini targ’ibot
qilish, ommalashtirish, innovatsion faoliyatlarining natijalarini baholash bo’yicha,
ayniqsa, maktab va pedagogik jamoa darajasida zaruriy bilim, ko’nikma va
malakalarga ega bo’lish zarur.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin