32
Mamlakatimiz
olimlari
Sh.Qurbonov,
E.Seytxalilov,
M.Quronov,
R.Sh.Ahlidinov va I.Majidovlar innovatsiyalarni ta’lim makonidagi xilma-xil
tashabbuslar va yangiliklarning to’planishi va shaklini o’zgartirishi tamoyillarida
o’z ifodasini topuvchi, ta’limni rivojlantirishning muhim unsuri sifatida
quyidagicha ta’riflaydi: “Innovatsiyalar – xilma-xil tashabbuslar va yangiliklar
asosida vujudga keladigan ta’lim evolyutsiyasi uchun istiqbolli bo’ladi hamda
uning rivojlanishiga, shuningdek, ancha keng multimadaniy ta’lim makonining
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan aktual ahamiyatli va o’zi tizim hosil
qiladigan yangi narsalardir. Ta’limni rivojlantirishning innovatsion mexanizmlari
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
barcha ta’lim muassasalari va tuzilmalarida ijodiy muhit yaratish,
ilmiy va pedagogik hamjamiyatda tashabbuslar va yangiliklarga qiziqish uyg’otish;
turli yangi narsalarni qabul qilinishi va amal qilishi uchun ijtimoiy-
madaniy va moddiy (iqtisodiy) sharoitlar yaratish;
izlanuvchan ta’lim tizimlarini hamda ularni har tomonlama qo’llab-
quvvatlash mexanizmlarini yaratish;
eng istiqbolli yangiliklar va mahsuldor loyihalarni real amal qilib
turgan ta’lim tizimlariga integratsiyalash hamda to’plangan innovatsiyalarni
doimiy amal qiladigan izlanuvchan va eksperimental ta’lim tizimlari rejimiga
o’tkazish” (15, 187-b.).
B. Santoning fikricha, innovatsiya – bu g’oyalarni amaliyotga tatbiq etish
orqali tarkibiy tuzilishiga ko’ra yangi mahsulotlar, texnologiyalar ixtiro qilish
bo’lib, ijtimoiy (texnik-iqtisodiy) jarayon hisoblanadi. Bunda yangiliklar
kiritishning rivojlanishi vaqtga bog’liq bo’lib, u aniq ifodalangan bosqichlarga ega
deb ko’rsatiladi (34,206).
Xalqaro standartlarga mos ravishda innovatsiya innovatsion faoliyatning
natijasi sifatida belgilanadi va amaliyotga, yangi va rivojlangan texnologik
Dostları ilə paylaş: