Hujjat tekshirish natijalari Tekshiruvchi: Shamsiddin Hamzayev Mustafo 'g'li (ID: 17777) Tashkilot: Lavozimi



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/79
tarix26.08.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#140674
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79
Diss antiplag sadbarg

14
10
7
14
7


33
jarayonlarga tatbiq etilgan hamda amaliy faoliyatda foydalanilayotgan yangi yoki
takomillashtirilgan mahsulot ko’rinishida bo’ladi (22, 30 – 33-b.).
Innovatsiya tushunchasiga berilgan bir qancha ta’riflarning tahliliga ko’ra,
innovatsiyaning o’ziga xos mazmuni o’zgarishlarni tashkil etadi, innovatsion
faoliyatning asosiy funktsiyasi o’zgartirishdan iborat degan xulosa kelib chiqadi.
“Innovatsiya” va “innovatsion jarayonlar” iboralari o’zaro yaqin va
o’xshash, lekin bir xil ma’noni anglatmaydi. Innovatsion jarayon innovatsiyalarni
vujudga keltirish, amaliyotga tatbiq etish va ommalashtirish faoliyatlari bilan
bog’liq.
Innovatsiyalarning ilmiy-texnikaviy yangiligi va amaliyotda qo’llanilishi
uning zaruriy xususiyatlaridan hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, innovatsiya
natijalarini innovatsion jarayon bilan birgalikda, o’zaro bog’liq holda ko’rib
chiqish kerak. Innovatsiyalarning o’ziga xos o’zaro bog’liq bo’lgan uch xususiyati
mavjud: qo’llanilishi, tatbiq etilishi, ilmiy-texnikaviy yangiligi.
Amaliyotda “yangilik”, “yangilanish”, “yangilik kiritish” tushunchalari
ko’pincha tenglashtiriladi, lekin ularning o’rtasida ba’zi bir farqlar mavjud.
Yangilik – yangi tartib, yangi uslub, yangi metod, yangi ixtirolar bo’lishi mumkin,
buni quyida keltirilgan fikrlar tasdiqlaydi.
Yangilik kiritish – bu yangilikni qo’llanishini bildiradi. Yangiliklarni
amaliyotda qo’llash va ommalashtirishga kirishilgan vaqtda u yangi sifatga ega
bo’ladi va innovatsiyalar vujudga keladi (14, 159-b.).
Yangilik kiritish quyidagi asoslar bo’yicha farqlanadi: yangilanish sohasi
bo’yicha: yirik - tashkiliy, pedagogik (ta’limiy), akmeologik usul; aniq – ta’lim
tizimini ko’rib chiqish jihatlariga bog’liq bo’lgan. Isloh etish ko’lami (hajmi)ga
ko’ra: lokal (bo’g’inlar bo’yicha, alohida), o’zaro bog’liq bo’lmagan yangiliklar;
modulli (o’zaro bog’liq bo’lgan yangiliklar birligi); tizimli yangilik kiritish
(10,137).

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin