Hujjat tekshirish natijalari Tekshiruvchi: Shamsiddin Hamzayev Mustafo 'g'li (ID: 17777) Tashkilot: Lavozimi



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/79
tarix26.08.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#140674
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79
Diss antiplag sadbarg

2
8
12
16
3


27
vujudga keladi. Rahbar o’zini jamoaning bir a’zosi sifatida tutadi, uning oldida har
bir xodim o’zini erkin his qiladi va turli masalalar yuzasidan fikrlarini bemalol
ifodalaydi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uni amalga oshirishda,
ta’lim
muassasasi rahbari, o’qituvchi-xodim hamda o’quvchilar o’zaro ma’lum bir
belgilangan munosabatda bo’ladilar, bu munosabatlarni iqtisodiy, siyosiy va
boshqa munosabatlardan farqli ravishda tarbiyaviy munosabatlar deb ataymiz.
Tarbiyaviy munosabatlar insonlarning o’zaro tajriba almashinishi, tajribalarni
o’zlashtirishi, qo’llashi, ular o’rtasidagi doimiy munosabat, ya’ni aloqalar tizimi
bo’lib, mazkur jarayonda inson ikkinchi bir insonga bevosita o’zining xatti-
harakatlari bilan yoki vositalar yordamida ta’sir o’tkazishi mumkin, bu jarayon
ixtiyoriy ta’lim muassasalaridagi rahbarlar bilan xodimlar, o’qituvchi va
o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarni ham qamrab oladi, buni biz quyidagi (1.2-
rasm) rasmda ham ko’rishimiz mumkin.
1.2-rasm. Tarbiyaviy munosabatlar tizimi
Tarbiyaviy munosabatlar – insonlar o’rtasidagi doimiy munosabat (aloqalar)
bo’lib, ular inson shaxsini rivojlantirishga, ya’ni mustaqil ma’lumot, mustaqil
ta’lim olish va o’zini-o’zi tarbiyalashni shakllantirishga xizmat qiladi, shuningdek,
bu
akmeologik
usul
jarayonida
rahbarlar
bilan
xodimlar
o’rtasidagi
инсон
(раҳбар)
инсон
(ходим)
бевосита
китоб
табиат
техника
санъат
3
1
13
16


28
munosabatlarda turli shakllarda namoyon bo’ladi, ya’ni rahbarlarning bilimi,
muomala va muloqot madaniyati, kiyinishi, gavda harakatlari, akmeologik
usulchilik qobiliyati, fan-texnika, san’at va tabiatga bo’lgan munosabati hamda
qiziqishi xodimlarning faoliyatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Mazkur tarbiyaviy munosabatlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, “inson-
inson” munosabatlari shaklida birinchi o’rinda rahbarning o’z xodimlari bilan
“rahbar-xodim”
, o’qituvchining o’z o’quvchilari bilan
“o’qituvchi-o’quvchi”
munosabatlarini, ya’ni akmeologik usul jarayonida o’zaro bevosita ta’sir
mavjudligini ko’ramiz.
Bu bevosita ta’sir, muloqot jarayonida yoki muloqotsiz masofadan turib ham
mavjud bo’lishi mumkin. Muloqot jarayonida rahbarning samimiy va diqqat bilan
o’z suhbatdoshiga qarab turishi va uni tinglay bilishi, suhbatdoshiga o’z fikrini
to’la va to’g’ri ifodalashi hamda samimiy suhbatlashishi uchun imkon yaratish
bilan bir qatorda o’qituvchi-xodimlarning o’z rahbarlari bilan bemalol
suhbatlashishlari, o’z fikrlarini va takliflarini rahbarlarga bildirishlari, yangiliklar
yaratish borasida ham rahbarlarga suyanish mumkinligiga ishonch hosil
qilishlarida, shuningdek, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarda ham
o’zining ijobiy samarasini beradi.
Ixtiyoriy rahbar o’z o’qituvchi-xodimlarining barchasi bilan ham doimiy jonli
muloqotda bo’lavermasligi aniq, shunga qaramasdan, barcha o’qituvchi-xodimlar,
shu qatori o’quvchilar ham rahbar bilan doimiy, bevosita o’zaro ta’sirda bo’lishi
tarbiyaviy munosabatlarda namoyon bo’ladi. Bunday bevosita ta’sir masofadan
turib, muloqotsiz tarbiyaviy jarayonda vujudga keladi va undan rahbar ham,
o’qituvchi-o’quvchilar ham bir xilda ta’sirlanishlari mumkin. Ya’ni, o’qituvchi va
o’quvchilarning tashqi ko’rinishi, kiyinishi, yutuqlari, fan va sport yo’nalishlari
bo’yicha turli musobaqalardagi g’alabalari rahbarning kayfiyatiga va uning
reytingiga qanday ta’sir ko’rsatsa, rahbarning tashqi ko’rinishi, kiyinishi, bilimi,
jamoadagi mavqei, o’zi kabi ta’lim muassasalari rahbarlari o’rtasidagi obro’si, fan-

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin