Hujjat tekshirish natijalari Tekshiruvchi: Shamsiddin Hamzayev Mustafo 'g'li (ID: 17777) Tashkilot: Lavozimi



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/79
tarix26.08.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#140674
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79
Diss antiplag sadbarg

12
1
1
1
26
26
3


24
Mazkur uslubda faoliyat ko’rsatuvchi rahbarda tashabbusning yo’qligi va
yuqori akmeologik usul organlarining ko’rsatmalarini so’zsiz bajarishi hamda
yuqori lavozimdagi rahbarlarning ko’rsatmalariga asosan faoliyatni tashkil etishi
uning zaif tomonlarini, qat’iyatsizligi va loqaydligini, nizolardan, vaziyatni
keskinlashuvidan cho’chishini ko’rsatadi. Bu o’z o’rnida jamoada tartibsizlik
vujudga kelishiga, xodimlarning xatti-harakatlari ustidan nazoratni yo’qolishiga,
norasmiy guruhbozliklarni avj olishiga hamda turli xil masalalarni, hatto, muassasa
hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi masalalar ham rahbarning ishtirokisiz hal
etilishiga olib keladi.
Bunday rahbar barcha xodimlari bilan xushmuomala, o’zini haddan tashqari
ehtiyot qiladi, biron bir bo’ysunuvchi xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi.
Qabul qilgan qarorlari agar xodimlardan birortasini shuhratiga tahdid solsa,
ixtiyoriy vaziyatda oldin qabul qilgan qarorlarini bekor qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib ushbu rahbarlik uslubining quyidagi usul va
shakllarini ajratib ko’rsatish mumkin:
a) kommunikatsion moyillik – bunda rahbar o’zi qaror qabul qilishga
qiynaladi va shunga asosan xodimlarni xabardor qilgandan keyin qaror qabul
qiladi. Xodimlar turli xil savollarni berishi, o’z fikrlarini bildirishi mumkin, lekin
belgilangan tartib va ko’rsatmalarga amal qilishadi, bu akmeologik usulning
maslahatli usuli bo’lib, xodimlar o’rtasida aniq axborotlar almashinuvi hamda
o’tkazilgan suhbatlardan keyin rahbar qaror qabul qiladi, shuningdek, qabul
qilinadigan qaror to’g’risida va muammoning ijobiy echimi bo’yicha xodimlar
tomonidan berilgan takliflar asosida qabul qilingan qarorlar ular tomonidan
bajariladi;
b) hamkorlikda qabul qilingan qarorlar asosida akmeologik usul – rahbar
muammoning echimini topish uchun barcha xodimlarni jalb etadi va bunda
muammoni echish tartibini o’zi belgilaydi, shuningdek, o’zining barcha huquqlari
va vakolatlarini saqlab qolgan holda xodimlar tomonidan muammoni echimi
bo’yicha qaror qabul qilinishiga ruxsat beradi.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin