56
Professor R.Sh.Ahlidinovning ta’kidlashicha, maktabni boshqarish tizimi –
bu tabiatiga ko’ra o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan komponentlar
majmuasidan iborat bo’lib, ularning o’ziga xos bog’liqligi va aloqadorligi hisobiga
akmeologik usul funktsiyalarini bajarish jarayoni amalga oshiriladi va maktab
jamoasining faoliyati tashkil etiladi hamda muvofiqlashtiriladi. Mazkur tizimning
funktsiyalari ikki asosiy katta guruhlarga bo’linadi: maktab faoliyatining
barqarorligini ta’minlash va uning rivojlanishini boshqarish (38, 14-b.).
P.I.Pidkasistiy fikriga ko’ra, maktabni boshqarish – bu rahbarlar bilan
pedagoglarning ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarga fanlar bo’yicha chuqur
bilim va axloqiy tarbiya berish, kasb tanlashiga yo’llash va har tomonlama
rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo’naltirilgan, ilmiy asoslangan faoliyatdir (180,
93-b.).
A.M.Stolyarenko (226) shunday omillar sifatida quyidagilarni keltiradi:
mazkur muassasada ishlovchi shaxslarning psixologik xususiyatlari; o’zaro
munosabatlar va ijtimoiy-psixologik ta’sirlar tarkib topgan jamoa psixologiyasi;
personalning maqsadli birligi, tashkiliy munosabatlar; informatsion-psixologik
munosabatlar;
jamoada o’zini-o’zi boshqarishning rivojlanganligi; muassasa
rahbarining akmeologik usul faoliyati mazmuni va rahbarlik uslubi, kasbiy-
psixologik tayyorgarligi, shaxsiy xususiyatlari.
Maktabda tashkiliy masalalarni hal etish pedagogik omillarga asoslanishini
nazarda tutgan holda, quyidagilarni o’z ichiga oladi: jamoa a’zolarining mavqei,
tarbiyalanganligi, o’qimishliligi, ma’lumotliligi; rahbarlarning kasbiy-pedagogik
tayyorgarligi;
muassasadagi
sharoitni
ijtimoiy-pedagogik
ta’siri;
mehnat
jamoasining tarbiyalovchi, o’rgatuvchi va rivojlantiruvchi xususiyatlari; shaxsning
ijtimoiy-pedagogik ta’siri va rahbarning akmeologik usul faoliyati (43; 275; 294).
Adabiyotlar tahlilining ko’rsatishicha, akmeologik usul nazariyasida yangi
yo’nalish hisoblangan – akmeologik usul psixologiyasi
rahbar va xodimlar
o’rtasidagi munosabatlar masalalarini, ya’ni insoniy munosabatlar madaniyatini
o’rganadi.
Mazkur
munosabatlarning
o’ziga
xosligi
va
tarbiyaviy
Dostları ilə paylaş: