Hukm ajrim va qarorlarning qonuniyligi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə1/3
tarix13.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#176029
  1   2   3
Hukm ajrim va qarorlarning qonuniyligi

Hukm ajrim va qarorlarning qonuniyligi

Company name

Reja:

  • Hukm ajrim va qarorlarning qonuniyligi asosliligi va adolatliligini tekshirish bosqichida sud nazorati
  • Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarida ish yuritish
  • Hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi

Hukm ajrim va qarorlarning qonuniyligi asosliligi va adolatliligini tekshirish bosqichida sud nazorati

Jinoyat ishi bo‘yicha birinchi instansiya sudi tomonidan hukm­ning qabul qilinishi masalani uzil-kesil hal bo‘ldi, deb aytish uchun asos bo‘la olmaydi. Hukmning qonuniy, asosli va adolatli ekanligiga protsess ishtirokchilari tomonidan tug‘ilgan har qanday shubha va shunga ko‘ra berilgan shikoyat uni qaytadan yuqori instan­siya sudi tomonidan tekshirishga, asoslar bo‘lganida esa hukmni be­kor bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarida ish yuritish ilmiy doirada o‘rganilgan, lekin mukammal emas. Zero, bu instan­siyalarning mohiyati va mazmuni sud nazorati vakolati bilan bog‘lan­mas ekan, uning asl maqsadini bayon qilib bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra:

1) Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari shuningdek, yan­gi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan bosh­lash sud nazoratini amalga oshirishning mustaqil shakllari hisob­lanadi;


2) Bu instansiyalar mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra yagona bo‘lib, sud muhokamasi ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ularning shikoyat yoki protestla­riga asosan sud qarorlarini qonuniyligi, asosliligi va adolatli­ligini tekshiradi hamda buzilgan haq-huquqlarini tiklaydi;
3)Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiya sudlari ham birinchi instansiya sudiga o‘xshab, sud qarorlarini tekshirish bilan taraflar o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilikni mazmunan hal qiladi, chunki kelishmovchilik albatta shaxsning aybdorlik darajasi hamda uning qilmishi uchun belgilangan jazo miqdori bilan bog‘liq bo‘ladi;
4) apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari uchun quyi sud qarorlarini tekshirish asoslari, tartibi, umumiy shartlari va chegarasi bir xil.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin