Shikoyat berishning xususiyligi, lekin jinoyat ishini tekshirishning umumiyligi, shikoyat berishning erkinligi, shikoyat mazmuni va tuzilishiga hech qanday talab qo‘yilmaganligi, yuqori sudning taqdim etilgan va talab etib olingan materiallar asosida tekshirishi, yuqori sudda ishni ko‘rish chegarasi, muddatlari belgilanganligi, yuqori sud qonunda belgilangan vakolat doirasida harakat qilishi lozimligi, jazoni kuchaytirishga va og‘irroq jinoyatga doir qonun moddalarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligi va yuqori sud ko‘rsatmalarining majburiyligi bu bosqichda sud nazoratining bir maromga tushganligidan va yetarli darajada tajribaga ega ekanligidan dalolat.
O‘zbekiston Respublikasi JPKning 490-moddasida apellyatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni to‘ldirish va protsessual huquqbuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati bo‘lsa, to‘liq yoki qisman sud tergovini o‘tkazish va hukmga o‘tgartishlar kiritishga haqli ekanligi belgilangan. Nazarimizda, bu masalani yanada kengaytirib, apellyatsiya instansiyasi sudiga ayblov hukmini chiqarish vakolatini berish lozim, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 49713-moddasi 1-qismi 2-bandida apellyatsiya instansiya sudi “birinchi instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmini chiqarishga haqli” ekanligi bayon qilingan.
Agar ishni dastlabki tergovga qaytarish zarur bo‘lsa, bu albatta jiddiy kamchilik ustida so‘z borishidan dalolat, lekin sud muhokamasiga faqat hukm chiqarish uchun jinoyat ishi yuborilmasdan, o‘rniga apellyatsiya sudining o‘zi hukm chiqarishi kerak. Bunda birinchidan, vaqt, moddiy harajat tejaladi. Ikkinchidan, buzilgan huquq sansalorliksiz o‘z vaqtida tiklanadi. Uchinchidan esa, bunday hukm ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish yoki protest keltirish uchun barcha sharoit mavjud.
Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarini sud nazoratini amalga oshiruvchi tekshirish turlariga kiritilar ekan, ular quyidagi xususiyatlariga ko‘ra bir maqsadga xizmat qiladi:
1.Vazifasi va protsessual shakli bir xil, barcha tekshirish vakolatini yuqori instansiya sudlari bajaradi. Yuqori sudning tarkibi uchta sudyadan kam emas. Tekshirish davomida ichki ishonch hosil qilish uchun to‘liq yoki qisman sud tergovi o‘tkazilad
3. Apellyatsiya, kassasiya va nazorat instansiyalarining hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish shakli, tuzilishi, ish yuritish mexanizmi va mazmuni deyarli bir xil.
2. Ish yuritish predmeti va chegarasi yagona, ya’ni apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarida hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi tekshiriladi
4. Hukmni bekor qilish yoki o‘zgartirish asoslarining yagonaligi ham ularning o‘ziga xos xususiyatidir. Lekin, kezi kelganda shuni ta’kidlash joizki, tekshirish bosqichi chuqurlashib borgan sari uning ish ko‘rish predmeti kengayib boradi.