Hukm ajrim va qarorlarning qonuniyligi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə2/3
tarix13.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#176029
1   2   3
Hukm ajrim va qarorlarning qonuniyligi

Shikoyat berishning xususiyligi, lekin jinoyat ishini tekshi­rishning umumiyligi, shikoyat berishning erkinligi, shikoyat mazmu­ni va tuzilishiga hech qanday talab qo‘yilmaganligi, yuqori sudning taqdim etilgan va talab etib olingan materiallar asosida tekshi­rishi, yuqori sudda ishni ko‘rish chegarasi, muddatlari belgilangan­ligi, yuqori sud qonunda belgilangan vakolat doirasida harakat qilishi lozimligi, jazoni kuchaytirishga va og‘irroq jinoyatga doir qonun moddalarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligi va yuqori sud ko‘r­satmalarining majburiyligi bu bosqichda sud nazoratining bir maromga tushganligidan va yetarli darajada tajribaga ega ekanligi­dan dalolat.

O‘zbekiston Respublikasi JPKning 490-modda­sida apellyatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni to‘ldirish va protsessual huquqbuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati bo‘lsa, to‘liq yoki qis­man sud tergovini o‘tkazish va hukmga o‘tgartishlar kiritishga haqli ekanligi belgilangan. Nazarimizda, bu masalani yanada kengaytirib, apellyatsiya instansiyasi sudiga ayblov hukmini chiqarish vakolatini berish lozim, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 49713-moddasi 1-qismi 2-bandida apellyatsiya instansiya sudi “birinchi instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmini chiqarishga haqli” ekanligi bayon qilingan.

Agar ish­ni dastlabki tergovga qaytarish zarur bo‘lsa, bu albatta jiddiy kam­chilik ustida so‘z borishidan dalolat, lekin sud muhokamasiga faqat hukm chiqarish uchun jinoyat ishi yuborilmasdan, o‘rniga apellyatsiya sudining o‘zi hukm chiqarishi kerak. Bunda birinchidan, vaqt, moddiy harajat tejaladi. Ikkinchidan, buzilgan huquq sansalorliksiz o‘z vaqtida tiklanadi. Uchinchidan esa, bunday hukm ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish yoki protest keltirish uchun barcha sharoit mavjud.

Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarini sud nazoratini amalga oshiruvchi tekshirish turlariga kiritilar ekan, ular quyi­dagi xususiyatlariga ko‘ra bir maqsadga xizmat qiladi:


1.Vazifasi va protsessual shakli bir xil, barcha tekshirish vakolatini yuqori instansiya sudlari bajaradi. Yuqori sudning tarkibi uchta sudyadan kam emas. Tekshirish davomida ichki ishonch hosil qilish uchun to‘liq yoki qisman sud tergovi o‘tkazilad
3. Apellyatsiya, kassa­siya va nazorat instansiyalarining hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish shakli, tuzi­lishi, ish yuritish mexanizmi va mazmuni deyarli bir xil.
2. Ish yuritish predmeti va chegarasi yagona, ya’ni apellyatsiya, kassatsiya va nazorat in­stansiyalarida hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asoslili­gi va adolatliligi tekshiriladi
4. Hukmni bekor qilish yoki o‘zgartirish asoslari­ning yagonaligi ham ularning o‘ziga xos xususiyatidir. Lekin, kezi kelganda shuni ta’kidlash joizki, tekshirish bosqichi chuqurlashib borgan sari uning ish ko‘rish predmeti kengayib boradi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin