Matematika
71. bo’lsa, ni hisoblang.
A) 21 B) 110 C) 120 D) 33
72. Berilgan shakl perimetrini toping:
A) 24 B) 12 C) 48 D) 30
73. A mulohaza “Har qanday toq son 2 ga qoldiqsiz bo‘linadi”, B mulohaza esa “6 soni 4 ta natural bo‘luvchiga ega”. Ushbu mulohazalar asosida to‘g‘ri javobni toping.
A) A yolg‘on
va B rost
B) A va B rost
C) A rost va B yolg‘on
D) A va B yolg‘on
74. Ekuk(32;16) va Ekub(48;8) sonlarining nisbatini toping.
A)1 B)2 C)3 D)4
75. Alining bo’yi 1m 54 sm va Valining bo’yi 1740 mm. Qaysi biri baland?
A) Ali B) Vali C) teng D) to’g’ri javob yo’q
76. Yulduzchalar o’rnini to’ldining
7087+ *1*9=9276
A) 2;8 B) 3;5 C) 2;7 D) 3;8
77. Ko’cha daraxtlar ekildi va to’g’ri chiziq bo’yicha. Ketma ket ikki ko’chat orasidagi masofa 2 m bo’lsa .Ular soni 100 ta bo’lsa, birinchi ko’chatdan oxirgi ko’chatgacha bo’lgan masofani toping.
A)198 B)200 C)202 D)196
78. Go‘sht qaynatilganda qismini yo‘qotadi.5 kg go‘sht qaynatilganda uning massasi necha kilogrammga kamayadi?
A)1 B)2 C)3 D)4
79. 7dm 2sm 3 mm necha mm ga tengligini aniqlang
A) 7023 mm B) 7203mm
C) 723 mm D) 7230 mm
80.
Tenglamani yeching
A)0 B)1 C)2 D)3
Ona tili
81. Qaysi qatordagi so’zlarda a unlisi o kabi talaffuz qilinadi?
A) komandir, avtomat
B) savob, zamon
C) baho, qayg’u
D) kombayn, kovak
82. «MULK» so‘zi qaysi gapda ko'chma ma’noda qo'llanmagan?
A) Husn mulkida kishi tanho bo‘lurm-u muncha ham.
B) barcha gaplarda mulk so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan
C)
Davlat mulkini, xalq mulkini ko‘z qorachig‘iday saqlashimiz kerak.
D) Oybek qalamiga mansub asarlar allaqachon qardosh xalqlarning ma’naviy mulkiga aylandi.
83. Tarkibida birgina qo‘shimcha mavjud bo‘lgan so‘zni toping?
A) ho‘plam
B) Isitma
C) Atamoq
D) Sig‘inmoq
84.Qaysi bandda turdosh ot berilmagan?
A) Jo’ravoy
B) tog’a
C) tikanzor
D) ko’mirxona
85. O`rin-joy otlarini yasaydigan qo`shimchalar qaysi qatorda berilgan?
A) –zor, -loq, -iston, -chi
B) –goh, -xona , -zor, -ki
C) –xona, -zor, -loq, -iston, -goh,
D) –loq, -q, -gich, -ma, -k
86. Ikki unli o`rtasida talaffuzda y undoshi orttirib aytilsa-da, lekin bu yozuvda aks etmaydigan so`zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) Maorif, oid
B) Shoir, doim
C) Tarbiya, shoir
D) Ilm, tabiat
87. Chol oti shaxsni qaysi jihatiga ko’ra nomlagan?
A) yoshiga
B)
mansab-unvoniga
C) qarindoshlik darajasiga
D) ijtimoiy holatiga
88. Qaysi gapda “ma’lum vaqt, fursat uchun yig‘ib tayyorlab qo‘ymoq” ma’nosini bildiruvchi so‘z ajratilgan?
A) Kitob sifatli
chiqishi uchun yangi testlar tuzish kerak.
B) Yuklarni ko‘chishga
tayyorlab qo‘ydik.
C) Bu sohaga oid barcha terminlarni bir kitobga
jamladim.
D) Qish uchun o‘tin
g‘amlash kerak hali, bolam
89. Qaysi javobda iboraning ma’nosi noto’g’ri izohlangan?
A) yetti uxlab tushida ko‘rmaslik – mutlaqo o‘ylamaslik, kutmaslik
B) daqyonusdan qolgan –
juda eski, ancha eski
C) ko‘zining yog‘ini yemoq - o‘zini yaqin ko‘rsatib, uning xayrixohligidan shaxsiy manfaati yo‘lida foydalanmoq
D) o‘pkasini cho‘pga ilmoq – shoshilib yurmoq, hovliqmoq
90. Agar ota-ona alohida yashasa va bola bilan birga yashovchi ota (ona) bolaga o‘z
familiyasini berishni xohlasa, vasiylik va homiylik organi bu masalani bolaning manfaatlarini va ona (ota)ning fikrini hisobga olgan holda hal qiladi. Ota yoki onaning turgan joyini aniqlash mumkin bo‘lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda,
shuningdek, ota yoki ona bolaga ta’minot berish va uni tarbiyalash majburiyatlarini bajarishdan uzrsiz sabablarga ko‘ra bo‘yin tovlagan hollarda ota yoki onaning fikrini hisobga olish shart emas.
Ajratib ko‘rsatilgan “shuningdek” birligi ushbu mikromatnda qanday mazmunni ifodalayapti?
A) Oldingi fikr keyingi firning xulosasi ekanligini ifodalamoqda.
B) Keyingi fikr oldingi firni dalillayotganligini ifodalamoqda.
C) Oldingi fikr keyingi firning tasdig‘i ekanligini ifodalamoqda.
D) Keyingi fikr oldingi fikrning davomi ekanligini ifodalamoqda.