Jamoat birlashmalarining turlari: Kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, faxriylar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, jamoat xayriya jamg`armalari, ayollar, yoshlar, bolalar tashkilotlari, (Konstitusiya 56-modda).
Jamoat birlashmalari tuzish va faoliyati prinsiplari.
Ixtiyorlik, tengxurlik, o`zini-o`zi boshqarish, oshkoralik, qonunniylik.
Respublikamizda ko`ppartiyaviylik tizimini shakllanishi.
Siyosiy partiyalar tuzish va ularning ishida ishtirok etish fuqarolarning muim siyosiy huquqlaridan biri sanaladi.
Tarixning borishi yakkapartiyaviylik tizimi davlatda diktatura o`rnatishga olib kelishini tasdiqladi. Ko`ppartiyaviylik tizimi esa fuqarolarga turli partiyalardan nomzodlarni tanlab olishga va jamiyatni rivojlantirish borasidagi u yoki bu dasturga afzallik berishga imkon yaratadi. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o`zlarining demokratik yo`li bilan saylab qo`yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. (Konstitusiya 60-modda).
Respublikamizda ko`ppartiyaviylik tashkil qilish propesional ketyapti. Hozirda 5 ta siyosiy partiya, 2300 ta jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar bor. Bundan tashqari 22 ta uyushma, 30 dan ortiq jamg`armalar bor.
1. XDP 1991 yil 1 noyabrdan ro`yhatdan o`tgan.
Uning maqsadi: Ijtimoiy adolat, mamlakat taraqqiyoti va ma`naviy yangilanishini ta`minlash.
2. “Adolat partiyasi” 1994 yil 18 fevralda ro`yhatdan o`tgan.
Uning maqsadi: Huquqiy demokratik davlat barpo etish, ijtiomiy adolat o`rnatish.
3. “Milliy tiklanish” 1995 yil 3 iyunda ro`yhatdan o`tgan.
Uning maksadi: Davlatning umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy tiklanish.
4. “Fidokorlar” partiyasi 1998 yil dekabrda ro`yhatdan o`tgan.
Uning maqsadi: Fuqarolar faoligini oshirish va mustqillik mafkurasining shakllantirish.
2000 yilda “Vatan taraqqiyoti” va “Fidokorlar” partiyalari bitta partiyalarga birlashdilar.
1996 yil 26 dekabrda “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi Qonun chiqarildi. Bunda siyosiy partiyalar tushunchasi, uning qarashlari, manfaatlari va maqsadlari partiya a`zolarining huquq va erkinliklari partiyani tuzilishi kabilar 17-moddadan iborat qilib belgilangan.