Prezident - davlat boshlig`i. Prezident lavozimi jahonda ilk marotaba 1787 yil AQSHda joriy etilgan edi. Dj.Vashington mamlakatning I-prezidenti bo`lgan. Lotincha tarjimasi “Prezident so`zi” “Oldinda o`tiruvchi”, ya`ni davlat boshlig`i ma`nosini anglatadi. 1996 yilda BMT tarkibida bo`lgan 183 mamlakatdan 130 dan ziyod perzidentlik boshqaruvi shakli mavjud.
Respublikamizda prezidentlik lavozimi 1990 yil martda “O`zbekiston SSSR Prezidenti lavozimini ta`sis etish to`g`risida”gi Qonun Konstitusiyaga qo`shimchalar orqali joriy etilgan edi.
XII-chaqiriq Oliy Kengashning 1-sessiyasida I.A.Karimov birinchi prezident etib saylandi. XDP va kasaba uyushmalari federasiyasi nomidagi I.Karimov va “Erk” demokratik partiyasi vakili Salay Madaminov (Muhammad Solix) nomzodi quyildi. Saylov yakuniga ko`ra I.Karimov 86% ni Salay Madaminov nomzodini (12,3%) yoqlab ovoz berdi.
Konstitusiyaning 89-moddasiga muvofiq, Prezident davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig`idir. Ayni paytda Vazirlar Mahkamsining raisi hai hisoblanadi. Islohotlarni uzluksiz davom ettirish maqsadida Respublika Oliy Majlisining 1995 yil 26 martda I.Karimovning vakolatni 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirish yuzasidan umumxalq referendumini o`tkazildi. Xalq referendumi ijobiy tarzda yakunlandi. Prezident I.Karimovning vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirildi.
Takrorlash uchun savollar. 1. O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tizimi? a) Qonun chiqaruvchi hokimiyatga bo`linadi.
b) Ijro etuvchi hokimiyatga bo`linadi.
v) Sud hokimiyatiga bo`linadi
d) Hokimiyatlarning prinsipiga asoslanadi.
Javob: YUqoridagilarning barchasi to`g`ri.
2. O`zbekiston Mustaqil Davlat Hamdo`stligiga kirish to`g`risidagi deklorasiyaga qachon imzo chekkan? 1991 yil 21 dekabr
Adabiyotlar ro`yxati:
1. O`zbekiston respublikasi Konstitusiyasi Toshkent.O`zbekiston 2003 yil. 2. I.Karimov Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari. Toshkent. O`zbekiston 1996 yil. 3. I.Karimov Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Toshkent. O`zbekiston 1993 yil. 4. A.Azizxo`jaev Davlatchilik va ma`naviyat. T.SHarq. 1997 yil. 5. O.Karimova va boshqalar. Davlat va huquq asoslari (o`quv qo`llanmasi) Toshkent 1996 yil. 6. Islom Karimov Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senatning qo`shma majlisdagi ma`ruzasi. 2005-yil 29-yanvar “Ma`rifat”. 7. Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 13-yilligiga bag`ishlangan tantanali ma`rosimdagi ma`ruzasi. “Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat”. 2005-yil 10-dekabr “Ma`rifat”. 6. O.Ominova Davlat va huquq asoslari kursida ko`rgazmali qurollardan foydalanish o`quv qullanmasi. Sharq. Toshkent. 1997 yil. 7. O`zbekiston Respublikasining Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dastur. Toshkent 1997 yil. 8. A.Saidov, U.Tojixonov Davlat va huquq asoslari. Toshkent. 1999 yil. 9. O.Xusanov, O.Karimova, X.Azizov, X.To`ychieva, Z.Karimov Inson huquqlari. maxsus kurs. Toshkent. 1997 yil. 10. A.Saidov, U.Tojixonov Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent. 2001 yil. 11. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi Q`onuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 12.www.akadmvd.uz