Huquqiy hujjatlar



Yüklə 124,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix14.12.2023
ölçüsü124,15 Kb.
#179060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ushbu 
Farmonning 
1-ilovasi
“O‘zbekiston Respublikasi aholisi
va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025 yilgacha 
takomillashtirish Konsepsiyasi” 4ta bobdan iborat bo‘lib, 1-bobi - Umumiy 
qoidalar, 2-bob - O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik 
xavfsizligini ta’minlashning strategik maqsadlari, 3-bobi - O‘zbekiston Respublikasi 
aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari,
4-bob - Konsepsiyaning amalga oshirilishidan kutilayotgan natijalar deb nomlanadi.
Konsepsiyaning 3-bobida 4 ta yo‘nalish belgilangan
, 1 - Seysmologiya 
yo‘nalishi, 2 - Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash yo‘nalishi,
3 - Seysmologik kuzatuvlar tarmog‘ini takomillashtirish yo‘nalishi, Seysmik 
xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruv organlari faoliyatini 
muvofiqlashtirish yo‘nalishi. 
Ushbu Farmonning 1a-ilovasi
“O‘zbekiston Respublikasi aholisi
va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025 yilgacha 
takomillashtirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari”
16 banddan iborat bo‘lib, yillar kesimida bajariladigan tadbirlar keltirilgan. 
Ushbu Farmonning 
2-ilovasi
“O‘zbekiston Respublikasi aholisi
va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025 yilgacha 
takomillashtirish konsepsiyasini 2022-2023 yillarda amalga oshirish «YO‘L 
XARITASI»” 15 ta bo‘lim, 61 banddan iborat. 
Yo‘l xaritasining 2-bandida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar 
akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan 2023 yil 1 iyunga qadar 
«O‘zbekiston Respublikasi aholisini zilzilaga tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi 
nizomni tasdiqlash haqida»gi Hukumat qarorini ishlab chiqish, 10-bandida 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar va idoralar, 
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, milliy 
teleradiokompaniya bilan hamkorlikda 2022-23 yillarda “Tashkilotlarda tegishli 
soha mutaxassislarini jalb etgan holda zilzila va uning oqibatlariga oid ko‘rgazmali 
o‘quv-uslubiy vositalar yordamida amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish”,
11-bandida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar va 
idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari bilan 
hamkorlikda 2022-23 yillar davomida “Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
sohasida band bo‘lmagan aholi qatlami, shuningdek, jismoniy imkoniyati 
cheklangan shaxslar uchun zilzilada harakat qilishga mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy 
materiallarni tayyorlash”, 29-bandida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Innovatsion 
rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda “Zilzilada amaliy harakatlanishni 
o‘rgatishga mo‘ljallangan ko‘chma mobil zilzila simulyatorini yaratish” mavzusida 


10 
maqsadli innovatsion ilmiy-texnik loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish
va boshqa vazifalar belgilangan. 

Yüklə 124,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin