Huquqiy hujjatlar


O‘zbekistonning umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasi



Yüklə 124,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix14.12.2023
ölçüsü124,15 Kb.
#179060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbekistonning umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasi 
 
 
Mukammal seysmik rayonlashtirish. 
Mukammal seysmik rayonlashtirish 
xaritalari 1:500 000, 1:200 000 kabi o‘rtacha masshtablarda, nisbatan kichikroq 
maydonlar, masalan, Toshkent, Farg‘ona vodiysi yoki Markaziy Qizilqum uchun 
tuziladi. Bo‘lib o‘tgan zilzilalarning epitsentri, chuqurligi, kuchi haqidagi, geologik, 
tektonik tuzilishi, geofizik maydonlar, yerning hozirgi va yangi zamon harakatlari 
va shunga o‘xshash barcha ma’lumotlar yuqorida ko‘rsatilgan masshtabdagi 
aniqlikda bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, mukammal xarita tuzishda 
seysmopriyomniklar yordamida sezilarli hamda kuchli zilzilalarning tebranish 
parametrlari aniq yozib olinadi va xarita tuzishda foydalaniladi. Xaritada qayerda, 
qanday kuch bilan zilzilalar ro‘y berishi ko‘rsatiladi. 
 Seysmik mikrorayonlashtirish.
Umumiy va mukammal seysmik 
rayonlashtirish xaritalari hali so‘nggi xaritalar emas. Qurilish tashkilotlariga 
ularning o‘zi yetarli emas. Ular zilzilaning o‘rtacha tarqalish kuchini ko‘rsatadi, 
xolos. Ayrim olingan har bir kichik joy uchun yerning xossalarini puxta o‘rganish 
kerak. Xullas, joylarning seysmik faolligini aniq hisobga olish uchun umumiy va 
mukammal seysmik rayonlashtirishdan tashqari har bir shahar va yirik aholi 
maskanlari uchun seysmik mikrorayonlashtirish xaritalari ham tuzish shart. Bu 
xaritalar har bir joyda zilzila kuchi o‘rtachadan qancha ballga farq qilishini 
ko‘rsatadi. Bu narsa joylarning geologik, tektonik tuzilishiga, u yerdagi tog‘ 
jinslarining fizik xossalari va tarkibiga, yer osti suvlarining yer sathidan qanchalik 
chuqurlikda joylashganligiga va boshqalarga bog‘liq. Masalan, granit, ohaktosh
marmar, gabbro kabi qattiq tog‘ jinslarida zilzila kuchi bir ballga qirqiladi. 
Aksincha, soz tuproq, qum tuproq kabi bo‘shroq jinslarda zilzila kuchi bir ballgacha 
ortadi. yer osti suvi er sathiga qancha yaqin bo‘lsa, u tog‘ jinslarining namligi ortishi 
hisobiga mustahkamligini susaytiradi va shuning uchun zilzila kuchini bir ballga 



orttiradi. Zilzila kuchi tog‘ jinslarining tarkibi va yer osti suvlarining yaqinligi 
tufayli ikki ballgacha ortishi mumkin. Aytmoqchimizki, V-VI balli zilzila VII-VIII 
balli zilzila ta’sir kuchi zararini keltirishi mumkin. 
Demak, shaharlar, aholi zich yashaydigan yirik qishloqlar, yirik qurilish 
ob’yektlari, dambalar (suv omborlari), elektr stansiyalari, katta zavodlar va h.k. 
uchun albatta mikrorayonlashtirish xaritasi tuzilishi kerak. O‘zbekistonda hozircha 
bor-yo‘g‘i 30 ga yaqin shahar va aholi punktlari uchun shunday xaritalar tuzildi. 
Ularning yillik samarasi o‘nlab milliard so‘mdan ortadi. Oldinda yana yuzlab shahar 
va aholi zich yashaydigan maydonlarning xaritalarini tuzish muammosi turibdi. 
Masalaning muhimligi yana shundaki, ko‘pincha joylarning seysmik holati inson 
faoliyati ta’sirida yomonlashmoqda. Bunga sabab yer osti suvlarining tabiiy yo‘llari 
ko‘pincha berkitib qo‘yilishi natijasida ularning sathi ko‘tariladi. Yoki ilgari 
sug‘orilmaydigan yerlar o‘zlashtirilgandan keyin quruq tuproqlar xo‘llanadi, ba’zan 
bo‘kadi (ya’ni suvga to‘yinadi) va seysmik holati qo‘pol ravishda buziladi. 
Respublika bo‘yicha ahvolni ko‘rib chiqilsa, Orol dengiziga yeta olmagan 
suvlarning hammasi juda ko‘p shaharlarda, tumanlarda, sug‘oriladigan yerlarda va 
ularning quyi qismlarida yig‘ilib yotibdi va seysmik holatning ko‘pol buzilishiga 
olib kelmoqda. 
Seysmik mikrorayonlashtirish xaritalari yanada yirikroq masshtablarda 
(1:5000, 1:10000, 1:25000, 1:50000) ayrim shahar, tuman, suv omborlari, yirik 
qurilish ob’yektlari, atom reaktorlari joylashgan maydonlar va boshqa joylar uchun 
tuziladi. Bu xaritada joyning geologik tuzilishi, undagi tog‘ jinslarining tarkibi, yer 
osti suvlarining chuqurligi kabi parametrlarning zilzila kuchiga ta’siri ko‘rsatiladi. 
Farg‘ona vodiysi MSK-64 shkalasi bo‘yicha 9 ballgacha zilzilalar sodir 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan seysmik jarayonlarning eng kuchli ta’siriga ega bo‘lgan 
mintaqadir. O‘zbekistonning umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasiga ko‘ra
9 balli zona CHatqol tog‘ tizmasining markaziy qismini egallab, Farg‘ona 
vodiysining sharqiy qismigacha davom etadi. Bu zonaning g‘arbiy chegarasi 
Namangan va Farg‘ona shaharlari yaqinidan o‘tadi. Zona janubiy va janubiy-g‘arbiy 
yo‘nalishlarda Tojikistonga o‘tadi va Surxondaryo viloyatining shimolida SHarg‘un 
shahri atroflaridagi kichikroq hududni o‘z ichiga oladi. Bu zonada 9 balli 
zilzilalarning epitsentri joylashgan (CHatqol zilzilasi, 1946 y; Andijon zilzilasi, 
1902; Qoratog‘ zilzilasi, 1907), 8 balli zona shimolda Qorjontov, Ugom va Piskom 
tog‘ tizmalarini qamragan. Janubroqda bu zona Toshkent (Toshkent zilzilasi, 1966), 
Namangan va Farg‘ona shaharlari orasidan tor polosa shaklida o‘tadi, so‘ngra 
Tojikistonga, u yerdan Surxondaryo viloyatiga o‘tib, g‘arbdan Boysuntog‘ 
tizmasining shimoliy qismida 9 balli zona bilan tutashadi. Buxoro viloyatining Gazli 
shahri atrofi ham 8 balli zonaga kiradi (1976 va 1984 yillardagi Gazli zilzilalari),
7 balli zona CHimkent shahri (Qozog‘iston) yaqinidan janubga tomon yo‘nalib, 
Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududini, Qashqadaryo viloyatining g‘arbiy qismini 
va Surxondaryoning asosiy hududini hamda Navoiy viloyatining sharqiy qismini, 
Buxoro viloyatini, Xorazm viloyatining janubiy qismini o‘z ichiga oladi. 

Yüklə 124,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin