Yangi mavzuni mustaxkamlash. O’tilgan mavzular yuzasidan savol-javob berib, dars mustahkamlanadi.Bosh kelishikdagi ot-kim?, kimlar?, nima?, nimalar?, qayer?, qayerlar?, so’roqlaridan biriga javob bo’ladi, gapda ko’pincha ega vazifasida keladi.
Ijodiyish uchun topshiriq beriladi: Qishlar tasvirlangan rasm doskaga ilinadi, rasmdan olgan taassurotdan foydalanib, qish, qor,sovuq, haqida 4-5 gapli matn tuzish va matndan quyidagi so’z va iboralardan foydalanish kerakligi aytiladi:momiq par, oq choyshab, qahraton qish, osmon elak, qor zarralari izg’irin, fayz beradi, oq kiyimda.
Namuna: Qahraton qish kunlari edi. Osmon elak kabi qor zarralarini yerga elardi. Yer birzumda oq choyshabga o’raldi. Daraxtlar qordan oq kiyim kiydi. Bu qishlog’imizga fayz berib turadi.
IPT “Darvoza” ta’limiy o’yini o’ynatiladi. Bu o’yinda 2 nafar o’quvchi qo’llarini birlashtirib, darvoza shaklida turadi. Ularning orasida o’quvchilar uchun tayyorlangan meva va sabzavotlarga tegishli rasmi yoki o’yinchoq bo’ladi.(Masalan: anor, uzum, olma, shaftoli, nok, baqlajon, sabzi).
O’qituvchi tomonidan o’yin ishtirokchilariga tarqatmalar berildi.
So’zlarni bo’g’inlarga to’g’ri ajrata bilish, so’rog’ini to’g’ri qo’yish, unga egalik qo’shimchalarini qo’yib aytish topshirig’I beriladi.
Ularga to’g’ri javob bergan o’quvchi darvozadan o’tib, xohlagan meva yoki sabzavotni oladi va u qanday maza –tamgaega ekanini ham aytib o’tadi.
Test.O’quvchilar bilimini mustahkamlash uchun test olinadi.
1. Tuman so`zining ma`nosini toping. To`g`ri javob: o`n ming. 53-bet.
A) bir ming B) o`n ming D) yuz ming.
2. Gul so`ziga o`zakdosh bo`lgan so`zlar qatorini toping. To`g`ri javob: gulli,gulsiz, guldon,gulla. 54-bet.
A) gulli,gulsiz, guldon,gulla. B) Gulchi, gulzor, ishchi D) gulzor, hosildor.
3. Topishmoqni javobini toping.
Yorug` kunni boshlaydi,
Undan borliq yashnaydi. To`g`ri javob: quyosh. 55-bet.
A) gul B) paxta D) quyosh.
4. Mevali so`zining asosini toping. To`g`ri javob: meva 57-bet.
A) meva B) mevali D) mevasiz
5.Ot so`z turkumi qanday so`roqlarga javob bo`ladi? To`g`ri javob: kim? nima? 59-bet.
A) qanday? B) kim? nima? D)nima qildi?
6. Chiziqlar o`rniga kerakli so`zni qo`yib o`qing. To`g`ri javob: shirin 60-bet.
________ so`z shakardan shirin.
A) odobli B) yaxshi D) shirin.
7 Anvoiy so`zining ma`nosini toping. To`g`ri javob: turli-tuman, rang-barang.68-bet.
A) turli-tuman, rang-barang. B) har-xil D)bir xil.
8. Egalik qo`shimchasi yozilgan qatorni toping. To`g`ri javob: -m,-im,-ng,-ing,-si,-i, -miz,-imiz, -ingiz, -ngiz. 68-bet.
A) –ning,-ni,-ga,-da,-dan B)-dor,-zor,-kor D) -m,-im,-ng,-ing,-si,-i, -miz,-imiz, -ingiz, -ngiz.
9.Tilda nechta shaxs bor? To`g`ri javob: 3 ta 69-bet.
A) 4 ta B)3 ta D) 2 ta
10. I shaxs egalik qo`shimchalarini toping. To`g`ri javob: -m, -im, -miz, -imiz. 69-bet.
A) –m, -im, -miz, -imiz B) –ing,- ng, -ingiz ,ngiz D) –i,-si,-lari.