Husayn boyqaro haqida



Yüklə 44,93 Kb.
səhifə4/5
tarix21.12.2023
ölçüsü44,93 Kb.
#188648
1   2   3   4   5
Husayniy. S.G\'aniyeva

RISOLAI HUSAYN BOYQARO

… Bu nav umurdin boshqa va bu tavr holatdii ayru dog‘i haq subxonahu va taolo bu nahif bandasining‘ saltanati zamonida bir necha kishiga jilvai zuhur berib turur va bu faqir majlisida alardin tashrifi huzur arzoniy tutubturkim, alarning vujudidii bu zamon jamei azminag‘a rojih turur va bu davron boricha davrlardin mumtozki, bular tog‘i mujibi ko‘p adoyi shukr tururki, andin notiqa tili lol va qalam tili shikasta maqol durur.
Va ul jumlaning a’lam va afzali, fazoyil daryosining durri poki va valoyat aflokining xurshedi tobnoki, nazm javohirining sohib intizomi hazrati shayxul-islomiy mavlono Abdurahmon Jomiy sallamahullohu va abqo tururkim, to falaki qadimiy nihod savobit va sayyordin yuz ming ko‘z bila olam ahlig‘a nozirdurur, ko‘ziga andoh nodir xayol kelmamish va to mehri jahonnamo balki xurshedi sipehrpaymo jahon davrig‘a soyir durur, partave hargiz aningdek adimulmisol ustiga tushmamish; javohiri nazmindin jahon sadafi to‘la durri samin va laoliy nasridin aflok atlosig‘a zebu tazyin, tasonifi jamei ulumda behad va har tasnifda xazoini maoniy beadad.
She’r:
Chu mezoni tab’i bo‘lub ganj sanj,
Anga bir tarozu kelib «Panj ganj»
Ki, hayron qolib nazm qilg‘on chog‘i,
Anga yo‘qki Xisrav, Nizomiy tog‘i.

Lutfomiz g‘azallari sho‘rangiz va sho‘rangiz baytlari lutfomizkim, ko‘p yillar haq subhonahu va taolo alarning soyai irshodini bardavom va bu davlat ayyomig‘a aningdek sohib davlatni mustadom tutsun.
Va yana ham nazm ahlidin xushgo‘yluq avjining suhayli bo‘lurdek kishilar bor va latofati nazm dostoni va matonati tarkib bayonida olam eli alarning tufayli bo‘lurdek mavjud tururkim, burun alardek falak jilva bergan ermas va holo tog‘i hech yerda kimsa alartek nishon bermas. Va Hirot sonahullohu anilofot va navohiyisisida ulcha sodiqul-xavl va sohib vuquf el al-arzg‘a yetkururlar — shoyad mingga yahin kishikim, alarning ishi maoniy durlarin nazm silkiga tortmoh bo‘lg‘ay va diqqat gavharlarig‘a vazn libosi zebu ziynatin bermak bo‘lg‘aykim, hech davrda bulardek elning mingidin o‘ni va hechda yuzidin biri yo‘q erkan durur.
Bu ismi mazkur bo‘lg‘onlar va avsofi mastur bo‘lg‘onlar forsiy nazm anjumanida bazm tuzgan va forsiygo‘yluq bahriga shinoliq ko‘rguzganlardurur.
Va lekin maoniy abkorig‘a bu kunga degincha hech kishi turkona libos kiydurmagan va ul nozaninlarni bu zebo xil’at bilan jilvai zuhurg‘a kelturmagan turur va bu mushkbo‘ ra’nolar tab’ nihonxonasida uryonliqdin mahjub qolg‘on durur va bu hurvash zebolar hullasizlikdin jilvai noz qila olmog‘ondurur. To bu farxunda zamon va bu bezaksiz davronkim, bu notavonning boyri el kunumdin va u chodiriy kishi qoramdin qulluq silkidin ko‘kaltoshliq boyrisig‘a yetgan va mulozamat tariqidin musohabat sarmoyasin etgan haram kabutaridek pardasaroy xilvatida mahram va surohiy batidek shabiston suhbatida hamdam, haq so‘z adosinda daler, ya’ni Mir Alisher aslahallohu shonahukim, taxallusi Navoiyg‘a mashhurdurur va ash’orida bu taxallusi mastur — turk tilining o‘lgan jasadiga Masih anfosi bila ruh kiyurdi va ul ruh topqonlarg‘a turkiy oyin alfoz toru pudidin to‘qulg‘on hulla va harir kiydurdi. Va so‘z gulistoninda navbahori tab’idin ravon oso yog‘inlar bila rango-rang gullar ochti va nazm daryosig‘a sahobi fikratidin ruhparvar qatralar bila gunogun durlar sochti. Har sinf she’r maydonig‘akim, takovar surdi — ul kishvarni tig‘i zabon bila o‘z xittai tasarrufig‘a kivurdi. Aning nazmi vasfida til qosir va bayon ojiz turur. Xotirg‘a o‘zining masnaviylaridin necha bayt kelurkim, bu aytiladurg‘on ma’nida nazm qilib turur, va ul budur.


Yüklə 44,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin