Hushdan ketish sabablari va hushdan ketganda birinchi yordam ko‘rsatish



Yüklə 129,47 Kb.
tarix08.07.2022
ölçüsü129,47 Kb.
#62710
Hushdan ketish sabablari va hushdan ketganda birinchi yordam ko‘rsatish


Hushdan ketish sabablari va hushdan ketganda birinchi yordam ko‘rsatish
Hushdan ketish – ko‘pgina kasalliklar belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ba’zida bu holat miyada qon aylanishi buzilishi (yetishmasligi) hisobiga ham kelib chiqadi, bu esa organizmda kechayotgan jiddiy muammodan darak beradi. Hushdan ketishga sabab qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, yon atrofdagi insonlarning qo‘rqishiga, xavotirlanishiga va vahima qilib birinchi yordam ko‘rsatishda xatolarga yo‘l qo‘yishga olib keladi. Xo‘sh, birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi? Buning uchun inson hushini yo‘qotishi olib keluvchi sabablar haqida batafsil bilib olamiz.
Hushdan ketish sabablari
Hushdan ketishga sabablar ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularni 4 guruhga birlashtirsak bo‘ladi.

  • Bosh miyaga qon oqib kelishi buzilganda;

  • Qonning kislorod bilan to‘yinmasligidan;

  • Metobolik buzilishlar oqibatida (miyaning oziqlanishi buzilganda);

  • Bosh miya nerv tolalari orqali impulslar o‘tishi buzilganda yoki miyada patologik qo‘zg‘alish o‘choqlari paydo bo‘lganda.


Bosh miyaga qon oqib kelishi buzilishi natijasida hushdan ketish quyidagi vaziyatlarda kelib chiqadi:

  • Bosh miyaning ayrim ta’sirlovchilarga (qo‘rqish, charchash) bo‘lgan patologik reaksiyasida kelib chiqadi. Bu holatda bosh miya qon tomirlari kengayadi, uning ichida bosim pasayadi, qon oqimi tezligi sustlashadi va natijada miya hujayralari oziqlanishi buziladi.

  • Yurak kasalliklarida, yurakning “nasos” funksiyasi buzilishidan, aritmiya, blokada kabi patologiyalarda hushdan ketish kuzatilib turadi.

  • Ortostatik gipotenziyada – ya’ni gorizontal holatdan tezlik bilan vertikal holatga o‘tganda hushdan ketish (uzoq muddat yotoq rejimida bo‘lib, darhol o‘rnidan turgan holatda). Bunday holatda qon bosimining tana pastki qismidan yuqori sohalarga qonni taqsimlash buziladi, shu bilan birga bosh miyaga ham qon borishi kamayadi.

  • Shok holatlarining har qanday ko‘rinishlarida barcha a’zolarga qon borishi buziladi.

Qonning kislorod bilan to‘yinmasligi natijasida hushdan ketish quyidagi vaziyatlarda kelib chiqadi:

  • Dim havoli joyda uzoq muddat qolib ketish.

  • Bronxlar bilan bog‘liq kasalliklarda.

  • Zaharlanishlar natijasida, gemoglobinning is gazi bilan bloklanishida.

  • Anemiyalarda – gemoglobin miqdorining birdan kamayishida.



Ushbu maqolani ham o‘qing: Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )

Metobolik buzilishlar natijasida hushdan ketish – qandli diabetda metobolik o‘zgarishdan bosh miyada moddalar almashinuvi buzilishi va koma holatiga tushish ham kuzatiladi.


Bosh miyadagi patologik o‘choqlar epilepsiya natijasida hushdan ketish kelib chiqishi:
Bunday turdagi hushdan ketish – insonning harakatlanish qobiliyati saqlanib qoladigan ko‘rinishdir. Insult, bosh miya chayqalishi – miya to‘qimalarining qisqa muddat ichida oziqlanishi va tuzilishining buzilishi hisobiga hujayralardan nerv impulslari o‘tishi sekinlashadi, bu esa insonning hushdan ketishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘p hollarda hushdan ketish quyidagi vaziyatlarda kelib chiqadi:

  • Qorinchalar taxikardiyasi – 11 %;

  • Sinus tugunining sustlashish sindromi – 3 %;

  • Bradikardiya, atriventrikulyar blokada II-III daraja – 3 %;

  • Qorinchalar usti taxikardiyasi – 3 %;

  • Aorta stenozi – 2 %;

  • Epilepsiya – 2 %;

  • Tranzitor ishemik hujum – 2 %.

Diagnostikasi

O‘z-o‘zidan hushdan ketishni aniqlab olish qiyin emas, insonda tashqi ta’sirlovchilarga sezgining yo‘qligi, umumiy harakatning yo‘qolishi (epilepsiyadan tashqari), og‘riqni sezmaslik kabi belgilar orqali aniqlab olsa bo‘ladi. Ammo, hushdan ketishga olib keladigan sababni aniqlash ancha qiyinchiliklar tug‘diradi.
Buning uchun barcha tibbiyot fani imkoniyati yetadigan diagnostik tekshiruvlar o‘tkaziladi: anamnez yig‘ish, o‘tkazilgan kasalliklar, qabul qilgan dori preparatlari, arterial bosim pasayishlari yoki nerv tizimi funksiyasi buzilishlari kabi kasalliklar o‘tkazganligi haqida ma’lumotlar yig‘ish. Bundan tashqari moyillikni oshiruvchi faktorlar – tezlik bilan turish, dim xonada uzoq muddat o‘tirish, isitma, jismoniy zo‘riqish va boshqalar haqida so‘rab surishtiriladi.
Laborator tekshiruvlar: qon umumiy tahlilida anemiyaning og‘ir ko‘rinishlari, glyukoza miqdori – giper yoki gipoglikemiya jarayonlari ketayotganligini aniqlab beradi. Bunda tashqari qonning kislorod bilan to‘yinish darajasi ham tekshiriladi.
Yüklə 129,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin