II.Uy vazifalarini tekshirish. 90-mashq. O‘qituvchi mashqdagi gaplarni savol tariqasida o‘qiydi. O‘quvchilar bir so‘z bilan javob beradilar.
Namuna: 1.Quyosh nima qildi? -chiqdi. 2.Kim bog‘ga bordi? - bog‘bon. 3.U bog‘ga danday daraxt o‘tqazdi? -mevali Qolgan o‘quvchilar daftarlaridan kuzatib tekshiradilar.
H usnixat daqiqasi: Multimediya ilovasi asosida
gap yozishda harflarni bog‘lanishi va
so‘zlar orasidagi masofa tushuntiriladi:
Vatani borning baxti bor.
III. Yangi mavzu bayoni Multimadiya ilovasi asosida yangi mavzu tushuntiriladi.
91-mashqdagi she’r o‘qib eshittiriladi.
Ulug‘ Temur bobomiz Sevgan, sig‘ingan Vatan! Bobur Mirzo doimo Qo‘msab sog‘ingan Vatan. Rauf Tolib. She’r matni ustida ishlanadi:
-She’r sizlarga yoqdimi?
-She’r nima haqida ekan?
-Vatanimizni kim sevgan, sig‘ingan ekan?
-Vatanimizni kim doim sog‘inib yashagan ekan?
-Qo‘msab so‘ziga ma’nodosh so‘z toping.
( O‘qituvchi she’rning oxirgi misrasida qo‘msab,sog‘ingan so‘zlari ketma-ket kelgani ma’no kuchaytirish uchun xizmat qilishini ta’kidlaydi.)
Multimediya ilovada Kim? so‘rog‘iga javob bo’lgan so‘zlarni she’r matnidan aniqlaganlarida Amir Temur hamda Bobur Mirzo rasmi ekranda namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi ulug‘siymolar haqida qisqacha suhbat uyushtiradi.