Husnixat va uni o`qitish metodikasi uquv qullama



Yüklə 453,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/35
tarix15.03.2023
ölçüsü453,88 Kb.
#87915
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika

O’quvchilar: Qo’llaringiz stol ustida turibdi, tirsaklaringiz esa stol chetidan 
ozgina chiqib turibdi. 
O’qituvchi: Qarang-ch, men tirsagimni gavgdamga engashtirib, ikki 
tomonga surib qo’ydimmi? 
O’quvchilar: Tirsaklaringiz hech qayerga engashmagan va ikki tomonga 
surilmagan. 
O’qituvchi: Aytinglar-chi, boshimni qanday tutib turibman? 
O’quvchilar: Boshingiz to’g’ri turibdi. 
O’qituvchi : oyoqlarim nimaga tiralib turibdi? 
O’quvchilar: Ular to’g’ri, polga tegib turibda. 
O’qituvchi : Qarang-chi, men qanday holda o’tiribman. Mening gavdam va 
yelkalarim qanday ko’rinishda? 
O’quvchilar: Gavdangiz to’g’ri tutilgan holda. 
O’qituvchi: Mening ko’kragim va stolning cheti o’rtasidagi oraliq masofa 
qanday? 
O’quvchilar: Sizning ko’kragingiz va stolning orasidagi masofa unchalik 
katta emas. 
O’qituvchi : Hammangiz turing va yozayotganda lozim bo’ladigan holda 
o’tiring. 


88
- yana bir bora turinglar. Qani, menga ayting-chi, yozayotganda qanday 
o’tirsa to’g’ri hisoblanadi? 
O’quvchilarning yozuv jarayonida to’g’ri o’tirish tartibini o’zlashtirib 
olganlarini ko’rib, o’qituvchi daftarning to’gri turish tartibini o’rgatishga kirishadi. 
O’quvchilarga daftarlar tarqatiladi va sinf taxtasida daftarni to’g’ri 
qo’yganda egilish chizig’i to’g’ri burchak bilan partaning oldingi chetiga tushishini 
ko’rgazmali holda ko’rsatib o’tadi. 
Bundan keyin oqituvchi o’quvchilarga ruchkani to’g’ri ushlash tartibini 
ko’rsatib beradi. Ruchkani uchta barmoq bilan : bosh, o’rta va ko’rsatkich 
barmoqlar bilan ushlash lozim. Bu barmoqlar juda ham bukilgan va juda ham 
ochilgan bo’lmasligi kerak. Barmoqlarni qattiq siqmaslik kerak, bosh barmoq 
ko’rsatkich barmoqqa tegmasligi kerak. Qolgan ikki barmoqlarni shunday 
joylashtirish kerakki, bunda ular yozish jarayonida qo’l kaftining qator 
yo’nalishiga erkin holda yo’naltirib boradi, bu esa tez va bog’lanishli yozuvda 
muhim o’rin tutadi. Nomsiz barmoqni o’rta barmoqqa yoki kaftga tomon 
engashtirish mumkin. Jimjiloq kaft uchun tayanch nuqtasi hisoblanadi, u yozish 
jarayonida qog’oz yuzasiga tegib turish va unda yengil harakatlanishi kerak. Qo’l 
kafti shunday holatda joylashishi kerakki, yozayotgan odam kaftning ichki tarafmi 
ko’rmasligi lozim. Kaftning o’ng tomoni qog’ozga tayanishi mumkin emas
bunday holat o’ng qo’lning erkin harakatlanishiga halaqit beradi. 
O’qituvchi o’z yozuvini mukamallashtirish uchun olib boradigan 
mtmtazam-ishlari. 
O’qituvchi o’z yozuvini yanada chiroyli va mukammal bo’lishi uchun 
uzluksiz shug’ullanib borishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yishi shart. 
Shunday fikrlar bor, agar muntazam yozib borilsa, yozuv yaxshilanib 
boradi. Lekin buning aksi ham bo’lishi mumkin: inson qannchalik ko’p yozsa, 
uning yozuvi shimchalik tushunarsiz bo’lib boraverar ekan. 
O’qituvchi to’g’ri husnixatda yozishni o’rganib olishi lozim. O’qituvchi 
faqat nazariy jihatdangina emas, balki har bir harf uchun yo’lga qo’yilgan amaliy 
proporsional bog’liqlikni ham bilishi darkor. 


89
Shu bilan bir vaqtda lozim bo’lgan mashqlar orqali qo’lning kaftini va 
barmoqlar harakatini yengillatish va rivojlantirish kerak bo’ladi. 
O’qituvchi sinf taxtasida yozish usullarini o’rgatishga alohida e’tibor berishi 
lozim. Sinf taxtasida yozish jarayonida yo’l qo’yadigan xatolarga: harflarni 
noto’g’ri yozish bilan birgalikda uni uzoqdan qanday ko’rinishini hisobga 
olmasdan yozish va yozuvning noto’g’riligi shunda ko’rinadiki, barcha asosiy va 
birlashtiruvchi shtrixlar bir xil qolipda yoziladi, unda asosiy shtrixlar qalinroq 
chiziqlar bilan yozilmasdan qolaveradi. 
Faqatgina yaxshi yozuvga ega bo’lgan holdagina o’qituvchi bolalarga 
yozuvning to’g’ri yozilgan namunasini berishi va ulardan yaxshi natijalar olishi 
mumkin. O’quvchilar harflarning tuzilishini, uni chizishdagi ketma ketligini yaxshi 
o’zlashtirib olishlari uchun o’qituvchi bulaming hammasini sinf taxtasida 
ko’rgazmali tarzda ko’rsatishi lozim. 
Tajribalarning ko’rsatishicha, o’quvchi chiroyli va to’g’ri yozuvda sinf 
taxtasiga bo’rda aniq va chiroyli yozadigan o’qituvchining o’quvchilari chiroyli va 
to’g’ri yozadilar. 
Sinf taxtasida yozish malakalariga quyidagilar kiradi: 1-navbatda qo’l 
harakatini rivojlantirish, simmetriyani xis qilish va taxtaning qaysi qismida 
yozilgan xarf, so’z va fraza yozilganini tezda topishni, bir qarashda topa bilishlikni 
d’rgatish lozim. 
Bundan so’ng bo’r bilan yozishni u bilan ishlash texnikasini o’rganib olish 
lozim. Bo’r bilan yozishda ingichka va qalin shtrixlarni yozishni, shuningdek 
ingichka chiziqdan bosib yozishga o’tish va h.zo malakalarni egallash lozim. 
Yozuvda sinf taxtasi va bo’rning sifati katta ahamiyatga ega. 
Bo’r yumshoq bo’lishi lozim. U 15x15 mm qalinlikda va 50 mm uzunligida 
uncha katta bo’lmagan shaklda tayyorlab qo’yilgan bo’lishi kerak. Bunday 
shakldagi bo’r parchasini barmoqlar bilan ushlash qulay va qo’lni yengil 
harakatlantirish bilan turli qalinlikdagi shtrixlarni aniq chizishga erishish mumkin. 
Bo’r o’ta va bosh barmoqlarning o’rtasida yengil ushlanadi. Bosib yozish 
faqatgina ko’rsatkich barmoq orqali nazorat qilinadi. Ko’rsatgich barmoq bo’rning 


90
ustida, uning chekka qismida turishi lozim, bo’lmasa bosib yozish jarayonida bo’r 
sinib ketishi mumkin. Nomsiz va jimjiloq barmoqlar xiyla kaftga tomon bukilgan 
bo’lishi kerak. 
O’qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan paytida shunday turishi kerakki, 
go’llarining harakatiniyopppib qo’ymasligi lozim. 
Sinf taxtasi tekis g’adir - budursiz va yoriqlarsiz bo’lishi va bo’yash uchun 
maxsus tayyorlangan qora apsidal bo’yoq bilan bo’yalgan bo’lishi lozim. 
Oddiy moyli qora bo’yoq yoziv taxtani bo’yash uchun yaroqsizdir, chunki 
yozuv taxtaning yaltiroq ustki qavati yorug’likni ko’zga tushiradi, bo’r esa uning 
ustida sirpanadi va maydalanib ketadi. 
Sinf taxtasini shunday holatda joylashtirish kerakki, oynadan tushayotgan 
yorug’lik unda aks etmasligi va o’quvchilar sinfning turli joyidan unga yozilgan 
yozuvni bemalol o’qiy olishlari mumkin bo’lsin. 
O’zida ishonch hosil qilgan holda yozuv taxtasiga harflarni bosib yozish 
uchun u mustahkam qilib joylashgan bo’lishi kerak. Agar yozuv taxtasi devorga 
osib qo’yilgan bo’lsa, nafaqat uning yuqori tomoni ilinib turishi kerak, balki yozuv 
taxtaning ikki cheti ham. 
Husnixat bilan yozish mashg’ulotlari uchun yozuv taxta rangli chiziqlar 
bilan chizilgan bo’lishi kerak, ular daftarning chiziqlariga mos kelishi kerak. Agar 
yozuv taxtasi chizilmagan bo’lsa, o’qituvchi o’zi unga chiziqlar tortishi talab 
etiladi. 
Harf va sonlarni yozish uchun gorizontal va yotiq chiziqlarning orasidagi 
masofa o’quvchilaming daftarlaridagi chiziqlarga nisbatan yirikroq olinishi kerak. 
Gorizontal chiziqlarni yozuv taxtasiga bo’r bilan bo’yalgan arqonchani 
yozuv taxtasiga bosib chiqish orqali chizish mumkin. 
Yozuv taxtasiga chiziqlarni tezda chizish uchun turli qalinlikdagi 
chiziqlardan foydalanish mumkin. Bunda bir vaqtning o’zida chizg’ichning ikkala 
tomonidan chiziqlar tortib ketish mumkin. 
Harflarning yotiqligini aniqlovchi yotiq chiziqlarni sinf to’g’ri burchakli 
uchburchagi yordamida tezda chizib chiqish mumkin. Bunday uchburchakni 


91
o’qituvchinig o’zi foner yog’ochlar orqali yasab olishi mumkin. 
Agarda sinf xonasi ikki smenada ikkita birinchi sinf yoki ikkita ikkinchi sinf 
o’quvchilari shug’ullanishsa, unda sinf taxtasini muntazam ravishda emal bo’yog’l 
bilannchizilgan chiziqli holda ishlatish lozim. Buning uchun eng yaxshisi to’q qizil 
rangdagi yoki jigarrangdagi bo’yoqdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Har 
qanday chiziqni ozoda (oldiniga chiziqlarni qalam bilan chizib olish , undan keyin 
bo’yoq bilan) chizish mumkin. 
Shuningdek, maktabda ustiga qora bo’yoq bo’yalgan foner bo’lagidan ham 
ko’cma sinf yozuv taxtasini yasab olish mumkin. Bunday yozuv taxtalarga 
gorizontal va yotiq chiziqlar yoki matematik mashg’ulotlar uchun gorizontal va 
vertical chjiziqlar chizish uchun yozuv taxtasining qavatiga bigiz yoki mix 
yordamida chizib chiqiladi. Chiziqlar orasiga tushgan bo’r aniq oq chiziqning hosil 
bo’lishiga yordam beradi, bu esa o’gituvchining “qo’li” bilan bo’r bilan chizib 
chiqishda yengillik beradi va harflarni yozish jarayonini yengillashtiradi, chunki 
yozuy taxtasining ustki qavatida bo’yoqlardan qolgan g’adir - budurlar bo’lmaydi. 
3. O’qituvchining darsga tayyorlanishi. O’qituvchi har bir yozuv darslariga 
va o’quv fanlariga qanday tayyorlanishi, mashg’ulotda ishlab chiqadigan 
materialni qanday tayyorlab olishi mumkin. Butun darsga yetadigan sinf ishi uchun 
materialni tayyorlash o’qituvchi uchun muhim ahamiyatga egadir. Ba’zida ayniqsa, 
endi dars o’ta boshlayotgan o’qituvchida materiallar yetarli bo’lmaydi: bir xildagi 
mashqlar mashg’ulotning sust va zerikarli o’tishida mashg’ulot so’ngida esa 
minimal natijalarga erishiladi. 
Dars uchun material tanlab olinadi, so’ng o’qituvchi o’z faoliyatini 
o’quvchilarning qobiliyatiga va kuchiga qarab rejalashtirib olishi kerak. Agarda 
dars o’tish jarayonida yozuv taxtasidan foydalanish kerak bo’lsa, o’gituvchi 
oldindan kerakli materialni ishlab chiqishi lozim. Ko’pchilikka ma’lumki, hamma 
narsaga birdaniga erishib bo’lmaydi: sinf yozuv taxtasida namunalarni chiroyli 
qilib yozish - ko’proq mashqlami bajarishga va katta mahorat talab etadi. Noto’g’ri 
yozilgan mashq esa o’quvchining o’qituvchiga bo’lan ishonchini yo’qolishiga 
turtki bo’ladi. Bo’r bilan yozish texnikasining murakkabligidan tashqari ma’lum 


92
bo’gan namunani yozuv taxtasiga joylashtirish ham amaliyotni talab etadi, shuning 
uchun darsga tayyorgarlik ko’rishda bu yo’nalishda ham mashq qilib borish lozim. 
Bundan tashqari o’qituvchi tanlab olayotgan materialining sifati ustida ham 
bosh gotirishi kerak. Agarda darsga tayyorlangan material mazmunli bo’lsa, 
o’quvchilar zo’r qiziqish bilan ishlaydilar va mashg’ulotlar ular uchun qiziqarli 
tarzda o’tadi. 
O’qituvchining asosiy diqqati sinfdagi barcha o’quvchilarni birgalikda, ahil 
va hamkorlikda ishlashga va ularni jalb etishga qaratilishi lozim. Shu maqsadda 
o’qituvchi oldindan qaysi o’quvchilarning bilimini dars jaroyonida sinab ko’rishi 
kerakligini belgilab oladi. Sinfdagilar hamkorlikda, ahil bo’lib bajaradigan ish 
qachonki o’qituvchining ta’lim berish shakli va ishga bo’lgan munosabati yuqori 
darajada bo’lsagina ijobiy natijalar berishishi mumkin.o’quvchilar o’gituvchining 
ularga nisbatan qilayitotgan kayfiyatiga bevosita sherik bo’ladilar. O’qituvchining 
kayfiyati bo’shashib, parishon, ortiqcha hayojanlanish yoki haddan tashqari 
harakatchan bo’lsa bu holat o’quvchilarga o’tib ularning ish faoliyatlariga salbiy 
ta’sir ko’rsatadi. Qachonki o’qituvchi izchil , aniq o’ylab olgan va jonli ravishda 
dars o’tsa o’quvchilarning darsga munosabati ijobiy bo’ladi va dars mazmuli 
bo’ladi. 
Shuningdek, o’quvchilarga uyga beriladigan topshiriqlarni ham oldindan 
rejalashtirib qo’yish kerak. Beriladigan topshiriq o’quvchilarni mustagil ravishda 
mashg bajarishga va o’tilgan dastur materialini mustahkamlab borishga o’rgatib 
borishi lozim. 

Yüklə 453,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin