I – modul. Psixologiyaning predmeti 1 – mavzu: psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi reja



Yüklə 245 Kb.
səhifə17/18
tarix04.12.2022
ölçüsü245 Kb.
#72295
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1-ma\'ruza mavzusi

Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo‘lib, u inson shaxsining o‘z-o‘zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o‘z o‘rnida foydalanadi. Ayniksa, ma’lumotlar asri bo‘lgan XX1 asrda informatsion texnologiyalar va modellashtirish borasida psixologiya hamda kibernetika hamkorligining salohiyati yanada ortadi. Masalan, oddiy muloqot jarayonini yanada takomillashtirish, har bir so‘zning shaxslararo munosabatlardagi ta’sirchanligini oshirish maqsadida hamda ana shunday ijtimoiy faoliyat jarayonida shaxs tizimini takomillashtirishda turli kibernetik modellaridan o‘rinli foydalanish zamonaviy psixologiyaning jamiyatdagi o‘rni va rolini oshiradi, maxsus kompyuter dasturlarining keng qo‘llanilishi inson miyasi va ruhiy olami sirlarini tez va aniq o‘rganishni kafolatlaydi.[2]
Texnika fanlari bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini echishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo‘nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Masalaning yana bir alohida tomoni ham borki, u ham bo‘lsa, texnika taraqqiyotga intilayotgan bir vaqtda murakkab texnika va mashinalar bilan «muloqot» qilayotgan shaxs faoliyatini yanada mukammallashtirish va uning imkoniyatlariga moslash masalasi ham ana shu hamkorlikda hal qilinishi lozim bo‘lgan masaladir. Ayniksa, mustaqil O‘zbekiston uchun murakkab zamonaviy texnika sir - asrorlarini biladigan, uning jamiyat va fan ravnaqiga xizmatini ta’minlash qanchalik dolzarb bo‘lsa, ana shu texnikaga har bir oddiy fukaro ongi, tafakkuri va qobiliyatlarini moslashtirish va «odam - mashina» dialogining eng samarali yo‘llarini izlab topishi juda muhim. Texnika bilan bemalol «tillashadigan» malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ham texnika fanlari pedagogika va psixologiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina, muvaffaqiyatga erishadi.[2]

Yüklə 245 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin