16
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlarining mazmunini tanlash muhim
ahamiyatga ega.
Umumiy o’rta ta'lim maktab o’quvchilari fizikadan hali chuqur va mustahkam
bilimga ega emasligini, mustaqil ishlash qobiliyati ham
yetarli shakllanmaganligi
hamda ularning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari
ishlarning mavzusi va mazmunini tanlashda uning ilmiyligiga emas, balki uning
amaliyligiga asosiy e'tibor qaratish kerak.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari bilan o’tkaziladigan
sinfdan tashqari ishlarni mavzu va mazmunini belgilashda avvalam bor ularning
ilmiyligiga hamda talabalarning bo’lajak kasblarini
hisobga olgan holda
yondoshish zarur.
O’quvchilarni mehnatga ongli munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash ta'lim-
tarbiya jarayonining vazifalaridan biridir. Bu masalani hal etishda sinfdan tashqari
ishlarning ahamiyati muhimdir. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar davomida
uyushtiriladigan tajriba va kuzatishlar umumiy mehnat va amaliy ko’nikmalar
hosil qilishda katta imkoniyatga ega.
Sinfdan tashqari uyushtiriladigan ishlarning qaysi turi bo’lishidan qatiy nazar
o’quvchilarda estetik didni rivojlantirish borasida ham o’qituvchi ish olib borishi
zarur. Shuningdek, mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarni tabiatga,
tabiat
go’zalligiga muhabbat hissini uyg’otishni ham o’qituvchi yodidan chiqarmasligi
kerak.
O’quvchilarni vatanparvarlik va baynalminallik ruhida tarbiyalash borasida
ham fizikadan uyushtirilgan sinfdan tashqari ishlar katta imkoniyatga ega. Buyuk
mutafakkirlarimizdan Ibn Sino, Beruniy, Ulug’bek
va boshqalarning qilgan
ishlarini, ularning hayotlaridan lavhalarni yoki bo’lmasa XX asrda fizika sohasida
U.Aripov, S.Azimov, R.Bekjonov va boshqa vatanimiz olimlari qilgan ishlarni
sinfdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlarda ko’rsatish, devoriy gazetalarda
mahlumotlar berish yaxshi samara beradi. Shuningdek, keyingi paytlarda
vatanimiz fizik olimlari boshqa mamlakatlar olimlari
bilan hamkorlikda ishlab
erishayotgan yutuqlari haqida, bu yutuqlar turli millat vakillarining xamkorlikdagi
17
ishining natijalari ekanligini o’tkaziladigan tadbirlar orqali o’quvchilar ongiga
yetkaza olsak maqsadga erishgan bo’lamiz.
Maktablarda tashkil etiladigan hamda o’tkaziladigan sinfdan tashqari
mashg’ulotlar o’quvchilarning umumiy tahlim va politexnik saviyasini oshirish,
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijodiy tashabbuskorligini
oshirish uchun keng
imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek, o’quvchilarning fizika darsiga bo’lgan
qiziqishini orttiradi. Sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarning qiziqishlarini hisobga
olgan holda tashkil qilinadi. Fizikadan tashkil etiladigan sinfdan tashqari ishlardan
biri to’garaklardir. Fizikadan to’garaklarni nafaqat maktabda, shuningdek
akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida ham tashkil etilsa, nur ustiga a'lo nur
bo’ladi.