I asosiy qism


I.8. Tuproq issiqlik rejimining ahamiyati va uni yaxshilash tadbirlari



Yüklə 158,73 Kb.
səhifə7/8
tarix19.12.2023
ölçüsü158,73 Kb.
#185424
1   2   3   4   5   6   7   8
Muxlisa Ashurova-

I.8. Tuproq issiqlik rejimining ahamiyati va uni yaxshilash tadbirlari.
Turli o‘simliklarning optimal (mo‘tadil) o‘sib rivojlanishi uchun, uning ayrim vegetativ davrlarida har xil miqdordagi issiqlik talab etiladi. Jumladan, ekinlarning urug‘i 0-1 dan past bo‘lmagan haroratda unib, ko‘karib chiqadi.
6-jadval

Ekinlar

Urug’lar

Unishi

Ko’karib chiqishi

Bug’doy, arpa, no’xat, beda

0 - 1

2 - 3

Lavlagi, zig’ir

3 - 4

6 - 7

Kartoshka, kungaboqar

5 - 6

8 - 9

Jo’xori, tariq, soya

8 - 10

10 - 11

Loviya, kanakunjut

10 - 12

12 - 13

G’o’za, kunjut, sholi, araxis

12 - 14

14 - 15

Tuproqdagi issiqlik (ma‘lum chegaragacha) qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi shunchalik tez boradi.


Yuqori harorat ham o‘simliklarga salbiy ta‘sir etadi. Jumladan, kartoshkada tuganaklarning hosil bo‘lish jarayoni pasayadi. Past haroratda o‘simliklarning o‘sishi susayib, vegetasiya davri cho‘ziladi va o‘simliklar hosili ozayadi. Bunday sharoitda o‘simliklarga tuproqdan nam va oziq moddalar, ayniqsa, fosfor hamda azotning o‘tishi kamayadi, biologik-kimyoviy jarayonlar susayib, oziq moddalarning almashinuvi buziladi. Bularning barchasi ekinlar hosildorligining kamayishiga olib keladi. Tuproq harorati mikroorganizmlarning hayot faoliyatiga va ular ta‘sirida kechadigan biokimyoviy jarayonlar (organik moddalar qoldiqlarining parchalanishi, ammonifikasiya, nitrifikasiya va boshqa jarayonlar) ga katta ta‘sir etadi. Ko‘pchilik mikroorganizmlar uchun optimal harorat 25-35 atrofidadir.
Tuproq haroratining oshishi bilan tuproq eritmasidagi gazlarning eruvchanligi kamayadi, ammo kimyoviy reaksiyalar aktivligi oshadi. Qo‘llaniladigan o‘g‘itlar samarasi, tuproqdagi namning bug‘lanishi va uning tuproq gorizontlari bo‘ylab tarqalishi ham haroratga bog‘liq.
Tuproqning issiqlik rejimi sharoitlarini yaxshilash yo‘li bilan quyosh radiasiyasini tartibga solish, uning ta‘sir kuchini pasaytirish yoki havoga tarqalishi bilan uning yo‘nalishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar sistemasini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi. Shimoliy rayonlarda yozgi mavsumda namlik yuqori bo‘lishi va quyosh radiasiyasining kam tushishi sababli, tuproq haroratini oshirishga, Janubiy qurg‘oqchil rayonlarda esa, uni pasaytirishga qaratilgan tadbirlar olib boriladi. Quyosh issiqligini tartibga solish tadbirlari sistemasiga tuproq yuzasini o‘simlik qoplami bilan soyalantirish va mulchalash, yerni ishlashning ba‘zi usullaridan (yumshatish, qatok bosish) foydalanish, ekinlarni pushtaga ekishni qo‘llanish singarilar kiradi. O‘simlik qoplami tuproq yuzasini soyalantirib, quyosh issiqligining kelishini kamaytiradi, shu bilan haroratning pasayishiga olib keladi. Mulchalash, ya‘ni mayda torf, chirindi, go‘ng, somon, mulcha qog‘ozi, plyonka kabi turli materiallar bilan tuproq yuzasini yopish yoki berkitish orqali tuproq harorati tartibga solinadi. Bu agrotexnik usul ayniqsa, sabzavotchilikda keng ishlatiladi. Har qanday mulcha bilan yopilgan tuproq yuzasidan namning bug‘lanishi va shu bilan issiqlik sarfi ham kamayadi. Mulchalash issiqlikning sutkalik o‘zgarishini tartibga soladi. Mulchalash keyingi yillarda paxtachilikda ham qo‘llanila boshlandi. M.V.Muhammadjonovning ma‘lumotiga ko‘ra (1982) g‘o‘za ekilgan qatorlarni yupqa (0,5 mm) qora plyonka bilan mulchalash orqali asosan qalin qatqaloq hosil bo‘lishining oldini olishga, tuproq haroratini 1,5-40S ko‘tarishga, chigitlarning to‘la to‘kis unib chiqishiga, o‘simliklar rivojini 8-10 kunga tezlashtirishga va paxta hosilini gektariga 5-6 s oshirish imkoniyatiga ega bo‘linadi. Yerni ishlash va tuproqning ustki qismini yumshatish tuproq issiqligining tez almashib turishini ta‘minlaydi. Tuproq haroratini tartibga solishning eng muhim vositalaridan yana biri, qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishdir.
Sabzavotchilikda tuproqning issiqlik rejimini yaxshilash uchun tuproq yuzasi va havoning quyi yer usti qatlamini isitish tadbirlaridan foydalaniladi. Shu maqsadda bioyoqilg‘i, issiq suv, bug‘ va elektr isitkichlardan foydalanish va plyonka bilan yopish usullari qo‘llaniladi. Tuproq haroratini oshirish uchun bug‘ va issiq suv bilan isitish usulidan keng foydalaniladi. Shu maqsadda tuproqning yuqori madaniy qatlamlaridan 40-70 sm chuqurlikda qilib, trubalar o‘tkaziladi va ular orqali issiq suv, bug‘ yuboriladi. Sovuq davrlarda tuproqning issiqlik rejimini yaxshilash, uchun qor to‘plash meliorasiyasidan foydalaniladi. Qor to‘plangan maydonlarda kuzgi-qishki ekinlar muzlashdan saqlanadi, tuproqda nam ko‘payadi va natijada ekinlar hosili oshadi.


XULOSA.
Xulosa qilib aytganda, tuproq harorati о‘simliklar о‘sib rivojlanishining eng muxim omillaridan biri hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimi, bu yerda kechadigan biologik va kimyoviyjarayonlarga ham bevosita ta’sir etadi. Tuproqda ma’lum xarorat bо‘lgandagina о‘simliklar yaxshi rivojlanib,mikroorganizimlar faoliyati aktivlashadi.
Tuproq yuzasiga tushadigan quyosh radiatsiyasining bir qismi, tuproqni qizdirish uchun sarflanib, boshqa bir qismi yana nurlanib atmosferaga qaytadi.tuproqqa tushadigan va qaytadigan quyosh nurining issiqlik miqdori doim о‘zgarib turadi. Quyosh nurining issiqlik miqdori sutka va mavsum davomida tuproqqa tushayotgan quyosh radiatsiyasiga hamda kо‘p xollarda tuproqning xossalariga bog‘liq. Turli tuproqlar har xil darajada isib sovush xususiyatiga yani issiqlik rejimiga ega. Tuproqning issiqlik holati uning genetik qailamlaridagi haroratning kо‘rsatkichlari bilan xakterlanadi.
Tuproq yuzasiga issiqlikning tushishi tuproq qatlamlariga о‘tishi, tо‘planishi va qaytishi kabi xodisalar yig‘indisiga tuproqning issiqlik rejimi deyiladi.
Tuproqning issiqlik rejimi uning suv rejimi bilan birga tuproqda kechadigan jarayonlar yig‘indisini belgilaydi.
Harorat tuprqda kechadigan kimyoviy, fizik- kimyoviy,biokimyoviy va biologik jarayonlarning borishi hamda intensivligini muhim omili hisoblanadi. Tuproqdagi turli birikmalarning erishi va chо‘kma tushishi, shuningdek mikroorganizmlar va tuproq faunasining hayot faoliyati tuproq issiqligiga bog‘liq.
Bundan tashqari, issqilik rejmini boshqarish uchun mulchalashdan foydalaniladi. Mulchalash (ing. mulch — qoplash) — tuproq betini kalin mulchaqogʻoz yoki havol (poxol, torf, chirindi, goʻng va boshqalar) materiallar bilan yoppasiga yoki qator oralatib yopish. Mulchalash oʻsimlikning oʻsishi sharoitiga ijobiy taʼsir etadi; yer betidan namning bugʻlanishini kamaytiradi, sutka davomida haroratning oʻzgarish amplitudasi muqobil boʻlishini taʼminlaydi, yer betini suv yuvib ketishi va shamol uchirib ketishidan himoya qiladi, tuproq strukturasini saklash va yaxshilash imkonini beradi, tuprokda kechadigan biokimyoviy foydali jarayonlarni kuchaytiradi; natijada oʻsimlikning ozikdanishi yaxshilanadi, yer betini qatqaloq bosishdan saqlaydi.



Yüklə 158,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin