I asosiy qism


-jadval Tuproqlami issiqlik bilan ta’minlanish darajasini baholash (V.N. Dimo)



Yüklə 158,73 Kb.
səhifə5/8
tarix19.12.2023
ölçüsü158,73 Kb.
#185424
1   2   3   4   5   6   7   8
Muxlisa Ashurova-

5-jadval
Tuproqlami issiqlik bilan ta’minlanish darajasini baholash (V.N. Dimo).

Tuproqning 0.2 m chuqurlikdagi aktiv t0 yig’indisi, C0

Tuproqning issiqlik bilan ta’minlanishi

0 - 400

Past

400 - 800

Juda kuchsiz

800 - 1200

Kuchsiz

1200 - 1600

O’rtadan past

1600 - 2100

O’rtacha

2100 - 2700

O’rtadan yuqori



2700 - 3400

Yaxshi

3400 - 4400

Eng yaxshi

4400 - 5600

Yuqori

5600 - 7200

Eng yuqori


I.4. Tuproqning radiasiya va issiqlik balansi.
Yer yuzasiga keluvchi quyosh energiyasi qisman tuproqqa singib, uning bir qismi atmosferaga qaytariladi. Tuproq yuzasida singdiriladigan va undan nurlanadigan quyosh radiasiyasining kirimi va sarfiga radiasiya balansi deyiladi. Tuproqning radiasiya balansi musbat va manfiy bo‘lishi mumkin. Ana shunga ko‘ra tuproq yuzasining isishi yoki sovushi belgilanadi. Quyosh radiasiyasi tuproq yuzasiga yetib kelgandan keyin, issiklik radiasiyasiga o‘tadi. Issiqlik balansi quyidagi qismlardan iborat: radiasiya balansi ko‘rsatkichi (Rb) dan; transpirasiya va fizik bug‘lanish uchun sarflanadigan issiqlik (It) dan tashkil topgan va bu issiqlik tuproqdagi nam miqdoriga bog‘liq bo‘lib, radiasiya balansining 70­80 foizgacha yetadi; tuproq yuzasi va uning ancha chuqurligi orasidagi issiqlik almashinuvi uchun sarflanadigan issiqlik (Is); issiqlik oqimi tuproq yuzasidan pastga (yozda, kunduzi) yoki pastdan yuqoriga qarab (qish, kechasi) harakatlanishi mumkin; havoni qizdirish uchun sarflanadigan issiqlik (Ik) dan iborat. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan tuproq yuzasiga ayni vaqtda keladigan issiqlik miqdori, uning sarfiga barobar bo‘lganidan issiqlik balansi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Rb + It + Is + Ik = 0
Tuproqning issiqlik balansi joyning geografik holati, relyefi, yil mavsumi va sutkaning vaqti, tuproq xossalari, o‘simliklari hamda meteorologik sharoitlari va boshqalarga bog‘liq. O‘rtacha yillik harorat va tuproqning muzlash xarakteriga ko‘ra V.N.Dimo (1972) tuproq issiqlik rejimining quyidagi: muzloq, uzoq mavsumiy muzlaydigan, mavsumiy muzlaydigan, muzlamaydigan tiplarini ajratadi.
I.5.Tuproqning issiqlik xossasini tuproq unumdorligiga ta’siri.
Tuproqning issiqlik xossasi uning unumdorligini ko’rsatuvchi omillardan bulib, o’simlik xayoti va tuproqda ketadigan butun biologik, ximiyaviy nurash jarayonlariga ta’sir ko’rsatadi. Tog jinslarining nurashi, qattiq, suyuk, gazsimon xolatdagi moddalarning uzaro ximiyaviy va fizikaviy munosabati, tuproq va undagi tirik organizmlar urtasida suv va moddalar almashinuvi va xokazolar bevosita tirik omillar ta’sirida uzgarib turadi.
Tuproqning termik omilini boshka fizikaviy omillar bilan almashtirib bulmaydi. oddIy bir misol: Siz kuz oldingizga sovuq tuproqni keltiring. Bunda xavoning xarorati deylik 4-5 S atrofida bir necha kun saqlanib tursin. Siz shu vaqt ichida biror o’simlik urug’ini tuproqka ekib, uni unib chikishini kuzatib turing. Bu xolda siz o’simlik urug’i juda uzok vaktda xam unib chikmaganligini shoxidi bulasiz. Demak, tuproqdagi biologik xayotning shiddatli ketishi fakatgina optimal namlik, xavo va ozik moddalar miqdoriga boglik bulibgina kolmasdan, balki uning issiqlik xolatiga xam boglikdir.
Tuproq termik rejimining asosiy manbai quyosh energiyasidir. Tuproqda ketadigan bioximik jarayonlar, oksidlanish-qaytarilish jarayonidagi xamda tuproqning kullanishidan ajralib chikadigan issiqliklar termik rejimining manbalari xisoblanadi.
Issiqlikning asosiy manbai bulgan quyosh yer yuzasining xar bir sm kv yuzasiga bir minutda urta xisobda 1,946 kaloriya issiqlik beradi. Bu quyoshning o’zgarmas issiqlik miqdori deyiladi. Yer yuzasiga tushadigan energiya miqdori joyning geografik kengligiga karab, kutbdan ekvatorga tomon juda turlicha buladi.
Tuproq quyosh energiyasining xammasini xam yutavermaydi. Bu energiyaning bir kismi yer yuzasiga yutilmasdan, atmosferaga kaytadi.
Ma’lum yer yuzasiga tushgan energiyaning shu yer yuzasi kaytargan energiyaga nisbatining foizi bilan ifodalangan miqdori albedo (yer yuzasini kaytarish kobiliyatining ulchovi) deyiladi. Albedo xar xil yer yuzalari uchun juda uzgaruvchan buladi, buni kuyidagi ba’zi bir misollardan kurish mumkin (% xisobida)
Kuruk qora tuproq – 14
Nim qora tuproq – 8-9
Chul zonasidagi soz buz tuproq – 29-31 ok Qum 40
Suv yuzasi – 10
Turib kolgan kor – 70
Xaydalgan va yuzasi tekislangan buz tuproq – 30-31
Yangi xaydalgan va yuzasi tekislangan buz tuproq – 17
Sholipoya – 12
Paxta maydoni – 20-22
Kuruk shudgor – 20
Nam shudgor – 14
Yuqorida keltirilgan misollardan kurinib turibdiki, tuproqning quyosh energiyasining yutish kobiliyati kuyidagi omillarga boglik buladi: tuproqning rangi u kanchalik qoramtir bulsa, albedo ko’rsatkichi shunchalik kichik buladi: tuproqning namligi osha borishi bilan uning rangi xiralashadi (ya’ni qoramtirrok rang) va natijada albedo kamayadi.
Biroq, tuproq suv bilan tula tuyinganda unda yaltiroq yuzaning paydo bulishi albedoning yana oshishiga olib kelishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan misollardan shunday xulosa kilish mumkinki, tuproqning issiqlik rejimini yaxshilash uchun uni qoramtir rangga keltirishimiz, tuproq yuzasini notekis xolda saklashimiz lozim buladi va shu bilan albedoni bir muncha kamaytiramiz. Tuproqning issiqlik xossasi va rejimini tugri tushunishimiz uchun tuproqning issiqlik sig’imi, uning issiqlik o’tkazuvchanligini bilishimiz va issiqlik balansini tashkil etuvchi elementlarini urganishimiz zarur.
1 g tuproqning 1 gr S isitish uchun sarf bulgan issiqlik sig’imi deyiladi. U kaloriya bilan ulchanadi.
Tuproqning issiqlik sig’imi uning ximiyaviy, geografik va mineralogiyasiga boglik buladi, buni kuyidagi misollardan kurshi mumkin: (massa, issiqlik sig’imi 2/kal): xavo – 0,2399: suv – 1,000: Qum – 0,194; kuruk gaz – 0,233; kvars – 0,188; granit – 0,192; bazalt – 0,200; oxak – 0, 214; chirindi – 0,477 va xokazo. Tuproq namlik darajasini ortishi bilan uning issiqlik sig’imi xam orta boradi, chunki suvning issiqlik sig’imi xavoning issiqlik sig’imidan turt marta katta. Namlanish darajasiga karab, tuproqning issiqlik sig’imi kuyidagicha uzgaradi. Qumlik tuproqlarda 0,72 dan 0,302 gacha; soz tuproqlarda 0,83 dan 0,24 gacha; torfli tuproqlarda 0,91 dan 0,15 gacha uzgaradi.
Tuproqning issiqlik o’tkazuvchanligi uning muxim issiqlik xossasi bo’lib, quyosh energiyasining tuproq genetik qatlamlardan pastga yoki yuqoriga o’tish tezligini ko’rsatadi. Tuproqning issiqlik o’tkazuvchanligi bir sekundda uning 1 sm kv kundalang kesimidan temperatura gradienti 1 S bulganda masofaga 118 bet. Pastdan 5 kator utgan issiqlik miqdori (kaloriya) bilan ulchanadi. Tuproqning issiqlik o’tkazuvchanligi xam uning ximiyaviy, geografik, minerologik tarkibi va namlanish darajasiga boglik buladi. Tuproqning ayrim tarkibiy kismlarini issiqlik o’tkazuvchanlik koeffiesinti (kalori xisobida): xavo – 0, 0000577, 0,0093; kvars – 0,0024; granit 0,00877; bazalt – 0,0052; torf – 0,00027 va xokazo.
Qum tuproqlar soz tuproqlarga karaganda tezrok va chukurrok isiydi. Xuddi shuningdek, mineral tuproqlarning xammasi uta chirindiga boy tuproqlarga nisbatan yaxshi isiydilar. Shuning uchun xam bobo dexkonlar tilida, yengil tuproqlar (chirindisi kam) issiq ogir tuproqlar sovuq tuproqlar deb ataladi. Tuproqning namlik darajasi 0 dan 5-6% gacha ortganda uning issiqlik o’tkazuvchanligi keskin ortadi. Namlik darajasi bu miqdordan ortsa, issiqlik o’tkazuvchanlik sekinlashadi. Tuproqning temperaturasi o’tkazuvchanligi deb, tuproqning bir sm kv kundalang kesimidan 1 sekund mobaynida farki 1 gr S bulganda 1 sm masofaga utishi sababli 1 metr kub tuproq temperaturasining uzgarishiga aytiladi. Issiqlik o’tkazuvchanlik va temperatura o’tkazuvchanlik nisbati kuyidagi tenglamaga buysunadi. Issiqlik o’tkazuvchanlik va temperatura o’tkazuvchanlik nisbati kuyidagi tenglamaga buysunadi: formula

  • tuproqning temperatura o’tkazuvchanligi

  • tuproqning issiqlik o'kazuvchanligi

  • massa issiqlik o’tkazuvchanlik

  • tuproqning xajm massasi, 2/sm kub

Yuqoridagi formula temperatura o’tkazuvchanlik absolyut kuruk tuproqda past buladi, chunki tuproqdagi xavo issiqlikni juda kam utkazadi. Shuning uchun xam namlikni osha borishi (uning massasiga nisbatan 8% gacha) temperatura o’tkazuvchanlikni keskin ortishiga sabab buladi. Namlik ko’rsatkichining yanada oshishi uz navbatida temperatura o’tkazuvchanlikning pasayishiga sabab buladi, chunki suvning xajmi issiqlik sig’imi juda katta. Yuqorida keltirilgan formuladan temperatura o’tkazuvchanlik xajmi issiq o’tkazuvchanlikka teskari boglanishda (proporsiya) buladi. Tuproqqa issiqlikning tulishi, uning tuproq qatlamlarida (yon tomonlarga yoki chukurlikda) siljishi va uzidan issiqlikni berishi xodisalarining majmuasiga tiprokning isssiklik rejimi deyiladi. Tuproqning issiqlik rejimi uning issiqlik xossalariga, geografik sharoitga, o’simlik koplamiga xamda yer ustining tuzilishiga boglik xolda uzgarib boradi. Tuproqning issiqlik rejimi miqdor jixatdan ifodalanishi uning issiqlik balansi deb yuritiladi. Issiqlik balansini xisoblash uchun kuyidagi formuladan foydalaniladi:
formula

  • radiatsion balans

  • tuproqning aktiv qatlamidagi o’simlik – tuproq issiqlik almashinishi.

  • Xavodagi issiqlik almashinishi

  • Parlanish va kondensatsiya bilan bog’lik bo’lgan issiqlik almashinishi.

Temperaturaning yer yuzida va uning qatlamlarida uzgarib turishi joyning geografik kengligiga xamda yil fasllariga qarab, o’zgarib turadi. Temperaturaning doimiy o’zgarib turishi tuproqda mavjud suv va ozik elementlarining xarakatlanishiga (ya’ni, qatlamlararo siljishiga) sabab buladi. Aniqrog’i, tuproq qatlamlaridagi temperatura gradienti tuproq suvininng shakllarini vujudga keltirishda va ularni xarakatlantirishda muxim omil xisoblanadi. Oddiy bir misol: iyul oyida saxro zonasining Qum tuproqlari 80-85 S isiydi. Bunda albatta, mavjud suv shakllari atmosferaga parlanadi. Kechqurun quyosh ufqqa utishi bilan siz ma’lum maydondagi Qum tuproq yuzasining polietilen qog’ozi bilan berkiting va ertalabgacha koldiring. Ertalab polietilen kogozda tuplangan bir kancha suv tomchilarini kurasiz. Xush, bu suv tomchilari kanday paydo buladi? buni tushuntirish uchun albatta biz shu tuproqlarning issiqlik rejimiga murojaat kilishimiz kerak, ya’ni tuproq yuzasi kunduzi isiydi, isssiklikning ma’lum kismini u quyi qatlamlarga o’tkazadi. Kechasi esa bu xodisani aksi kuzatiladi, ya’ni issiqlik pastki qatlamlardan Yuqoridagi qatlamlarga kayta boshlaydi. Bunda tuproqda mavjud bo’lgan suv shakllari par xolatida Yuqoriga tomon (diffuziya) siljiydi. Yuqoridagi qatlamda temperaturaning pastligi xamda to’plangan parlar konsentratsiyasining oshishi natijasida erkin suv tomchilari paydo buladi. tuproqning termik xossalarini yaxshilashda kuyidagi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish lozim: tuproq yuzasi albedoni kamaytirish maksadida tuproq yuzasiga Ko’mir kukunlarini sepish, issiqlikni uziga ko’p yutadigan boshqa turdagi maxsus materiallardan (torf, gung va boshkalar) foydalanish, yerning ustki qatlamida notekis yuza xosil kilish: yerlarni chukur va sifatli shudgor kilish. Bu agrotezxnik tadbirlarni xar bir tuproq – iqlim sharoitining xususiyatlarini e’tiborga olgan xolda amalga oshirish yaxshi natija beradi. Tuproq iqlimini optimal darajaga olib keladigan agrotexnik tadbirlardan biri mulchalashdir. Bu tuproqning ustki kismini xar xil materiallar bilan koplashdan iborat. Mulchalashda tuproqning ustki va pastki qatlamlari orasida mavjud bulgan issiqlik, suv va moddalar almashinuvi keskin uzgaradi. Mulcha sifatida o’simlik koldiklaridan, maydalangan torf, xar xil kompastlar, Qumir kukuni, shagal va boshkalardan foydalanish mumkin. keyingi 10-15 yil ichida mulcha uchun ishlatiladigan materiallar katoriga polietilen va poliamid kabi polimer plyonkalar xam kushildi. Ulardan qishloq xujaligida keng foydalanilmoqda. Tuproq temperaturasi issiqlik rejimining asosiy ko’rsatkichi xisoblanadi. Shuning uchun issiqlik rejimi ko’pincha tuproq temperaturasi xam deyiladi. Quyosh energiyasi tuproq yuzasini sutka mobaynida va yilining ayrim fasllarida bir xil kizdirmaydi. Binobarin, tuproq temperaturasi sutka davomida va mavsumga karab xar xil buladi. tuproq temperaturasining maksimal miqdori kunduzi 13-14 soatlarga tugri keladi, quyosh chikishi paytida esa tuproq temperaturasi minemal darajada buladi. Temperaturaning sutkalik uzgarib turishi asosan tuproqning ustki 10-5 sm qatlamida sodir buladi. 40-50 sm va undan chukurrok gorizontallarda deyarli xech kanday uzgarish bulmaydi.

Yüklə 158,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin