I asosiy qism


Tuproq tarkibiy qismlarining va alohida minerallarining issiqlik sig'imi



Yüklə 158,73 Kb.
səhifə4/8
tarix19.12.2023
ölçüsü158,73 Kb.
#185424
1   2   3   4   5   6   7   8
Muxlisa Ashurova-

Tuproq tarkibiy qismlarining va alohida minerallarining issiqlik sig'imi.

Modda

Issiqlik sig’imi

Og’irlik

Hajmiy

Kvarsli qum

0.196

0.517

Gil

0.233

0.577

Torf

0.477

0.611

Suv

1.000

1.000

Kvars

0.198

-

Kaolin

0.233

-

Tuproqning issiqlik o'tkazuvchanligi - tuproqning o‘zi orqali issiqlikni o‘tkazish qobiliyati. Issiqlik o‘tkazuvchanlik 1 sm qalinlikdagi tuproqning 1 sm2 yuzasidan 1 sekundda o‘tadigan kaloriya hisobidagi issiqlik miqdori bilan o‘lchanadi. Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi, uning mineralogik, mexanikaviy tarkibiga va organik moddalar miqdoriga hamda tuproq qovushmasi va tuproqning qattiq, suyuq, gaz fazalari orasidagi o‘zaro nisbatiga bog‘liq. Shunga ko‘ra tuproqning tarkibiy qismlari turlicha issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega. Buni quyidagi ma‘lumotlardan bilib olish mumkin:
3-jadval

Modda

Issiqlik o’tkazuvchanligi

Havo

0,00006

Suv

0,00136

Torf

0,00027

Kvars

0,0024

Granit

0,0082

Bazalt

0,0052

Tuproq mineral qismining issiqlik o‘tkazuvchanligi havoga nisbatan o‘rtacha 100 barobar, suvga nisbatan 28 barobar yuqori. Shuning uchun tuproq qanchalik nam bo‘lsa, uning issiqlik o‘tkazishi yuqori, g‘ovakligi ko‘p bo‘lganda kam. Yozda tuproqning yuqori qatlamlari quriganda, uning issiqlik o‘tkazishi kamayadi, natijada tuproqning yuqori qismlaridan pastga qarab issiqlik o‘tkazishi ham pasayadi. Kuz davomida tuproqda ko‘proq nam to‘plash, o‘z navbatida ko‘proq issiqlik zahirasini ham yaratish imkonini beradi. Bu - kuzgi g‘allani ertangi sovuqlar ta‘sirida muzlashdan saqlab qoladi.


I.3. Tuproqning issiqlik rejimi.
Tuproq yuzasiga issiqlikning tushishi, tuproq qatlamlariga o‘tishi, to‘planishi va qaytishi kabi hodisalar yig‘indisiga tuproqning issiqlik rejimi deyiladi. Tuproqning issiqlik rejimi iqlim (quyosh radiasiyasining oqimi, atmosferaning namlanishi va quruqlashuvi va boshqalar) shuningdek, joyning relyef sharoitlari, o‘simlik va qor qoplami singarilar ta‘sirida vujudga keladi. Tuproqning issiqlik holatini xarakterlovchi issiqlik rejimining asosiy ko‘rsatkichi tuproq temperaturasi hisoblanadi. Tuproq temperaturasi, kelayotgan quyosh radiasiyasi oqimi va tuproqning issiqlik xossalari bilan belgilanadi. Haroratning tez o‘zgarib turadigan tuproq qatlami 0-1 sm da bo‘lib, 3-5 sm dan boshlab, keskin pasayadi. Tuproqning 35-100 sm chuqurligida sutkalik o‘zgarishi deyarli kuzatilmaydi. Tuproq
haroratining sutkalik o‘zgarishiga havoning ochiq yoki bulutli bo‘lishi, yog‘in- sochin, shamol ta‘siri hamda tuproqning tarkibi, o‘simlik va qor qoplami ta‘sir etadi. Yoz faslida yalang, ochiq joylarda tuproq usti qatlamining harorati O‘rta Osiyoda 70-750 va tropik mamlakatlarda 820 ga yetadi (27-rasm).
Tuproqdagi o‘rtacha yillik haroratning o‘zgarishi: iyul va avgust oylarida o‘rtacha sutkalik o‘zgarishi eng yuqori, yanvar-fevralda esa minimal darajada bo‘ladi. Yoz faslida eng yuqori sutkalik o‘rtacha tempuratura, odatda tuproqning ustki qismida kuzatilib, quyi qismlarida kamayib boradi. Qishda esa aksincha tuproqning yuzasida harorat pasayib, quyi qismlarida ko‘tariladi. Tuproq haroratining o‘zgarib turishiga sabab bo‘luvchi tabiiy faktorlardan asosiylari joyning relyefi, tuproq xossalari, o‘simlik va qor qoplami singarilar hisoblanadi.


Harorat, 0C
O‘simlik qoplami yoz faslida yer yuzasining nihoyatda isib ketishidan saqlaydi, qish mavsumida esa tuproqdagi issiqlikning tarqalib ketishini pasaytiradi. Qishki davrda qor qoplami tuproq haroratiga ta‘sir etib, issiqlikni to‘playdi va yerni sovib, muzlashdan saqlaydi.

Bu - qishlayotgan kuzgi g‘allaning nobud bo‘lishini oldini olishda muhim ahamiyatga ega.


Tuproq haroratining sutkali o‘zgarishi
Tuproqning harorati, shuningdek, uning mexanik tarkibi, namligi va rangiga bog‘liq. Namlikni yaxshi ushlab turadigan soz tuproqlar yuqori issiqlik sig‘imiga ega bo‘lganidan, bug‘lanishga ketadigan issiqlikni shuncha ko‘p sarflaydi. Qumli tuproqlar kam issiqlik sig‘imiga ega bo‘lganidan, soz tuproqqa nisbatan tezroq isiydi. Demak, yengil mexanik tarkibli quruq va zahi yaxshi qochirilgan tuproqlar bahor-yozda issiqroq bo‘lib, kuzda esa soz tuproqlarga nisbatan sovuqroqdir. Tuproqning temperatura rejimini xarakterlashda tuproqning 20 sm chuqurlikdagi aktiv harorat (>10o C) ning davomiylik davri muhim ahamiyatga ega. Ana shu chuqurlikda ekinlar va tabiiy o‘tlarning ildiz sistemasining asosiy qismi tarqalgan bo‘ladi. Tuproqning 0,2 m chuqurlikdagi aktiv harorat (>10o C) tuproqning issiqlik bilan ta‘minlanishini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichdir

Yüklə 158,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin