I asosiy qism


I.2. Tuproqning issiqlik xossalari



Yüklə 158,73 Kb.
səhifə3/8
tarix19.12.2023
ölçüsü158,73 Kb.
#185424
1   2   3   4   5   6   7   8
Muxlisa Ashurova-

I.2. Tuproqning issiqlik xossalari.
Tuproqning issiqlik xossalariga: tuproqning issiqlik singdirishi, issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi kabilar kiradi. Tuproqning issiqlik singdirishi - tuproqning quyosh energiyasini qabul qilib, singdirish xossasidir. Tuproqning bu xossasi odatda Albedo (A) ko‘rsatkichi bilan xarakterlanadi. Tuproq yuzasiga tushayotgan barcha quyosh nuri energiyasiga nisbatan qaytarilayotgan energiyaning prosent miqdori Albedo (A) deyiladi. Albedo qanchalik kam bo‘lsa, tuproq quyosh energiyasini shuncha ko‘p singdiradi. Albedo tuproqning rangiga, namligiga, struktura holatiga, tuproq yuzasining tekisligiga va o‘simlik qoplamiga bog‘liq.To‘q tusli, gumusga boy tuproqlar och tusliga nisbatan va nam tuproq quruq tuproqqa qaraganda quyosh energiyasini ko‘proq singdiradi va Albedo ko‘rsatkich past bo‘ladi.
1-jadval


Tuproqlar

Al’bedo

O’simliklar

Al’bedo

Quruq holdagi qora

14

Bahori bug’doy

10 - 25

Nam holdagi qora

8

Kuzgi bug’doy

16 - 23

Quruq holdagi bo’z

25 – 30

Sabza o’t

26

Nam holdagi bo’z

10 – 12

Qurigan o’t

19

Quruq holdagi gil

23

G’o’za

20 - 22

Nam holdagi gil

16

Kartoshka
Sholi

19
12



Turli tuproqlar va o‘simlik qoplamining al‘bedosi
(A.F. Chudnovskiy, 1959).

Tuproqning issiqlik sig'imi - tuproqning issiqlikni singdirib turish qobiliyati bo‘lib, 1 gramm yoki 1sm3 hajmdagi tuproqning 10S ga qizdirish uchun ketgan va kaloriya bilan o‘lchanadigan issiqlik miqdori bilan ifodalanadi.. Shuning uchun tuproqning og‘irlik (yoki solishtirma) issiqlik sig‘imi va hajmiy issiqlik sig‘imi farqlanadi. Issiqlik sig‘imi tuproqning minerologik va mexanik tarkibiga, organik moddalar miqdoriga, uning g‘ovakligi va tuproqdagi havo miqdoriga bog‘liq. Suvning issiqlik sig‘imi tuproqdagi mineral va organik moddalardagiga qaraganda ancha yuqori bo‘lganidan, nam tuproqlarning haroratini oshirish uchun quruq tuproqqa nisbatan ko‘proq issiqlik zarur bo‘ladi. Nam tuproqlar sekinroq qizib va sekin soviydi, quruq tuproq tezroq qizib, tez soviydi. Soz tuproqlar nam holatida qumli tuproqlarga qaraganda ancha yuqori issiqlik sig‘imiga ega bo‘lganidan, sekinroq soviydi. Shuning uchun serchirindi va og‘ir mexanik tarkibli tuproqlar "sovuq tuproq", oz chirindili, yengil (qumli, qumloq) tuproqlar "iliq" tuproqlar jumlasiga kiradi.


2-jadval

Yüklə 158,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin