I asosiy qism


I.6. Issiqlik rejimini go’za rivojlanishiga ta’siri



Yüklə 158,73 Kb.
səhifə6/8
tarix19.12.2023
ölçüsü158,73 Kb.
#185424
1   2   3   4   5   6   7   8
Muxlisa Ashurova-

I.6. Issiqlik rejimini go’za rivojlanishiga ta’siri.
Tuproq temperaturasining sutkalik uzgarishiga xavoning ochiq yoki bulutli bulishi, yogin-sochin, shamol, shuningdek, yer yuzasini o’simlik yoki qor bilan koplanganligi xam katta ta’sir etadi. Shuning uchun go’za ekilgan dalalardagi tuproqlarning xar xil chukurlikdagi temperaturasining sutkalik uzgarishi go’za rivojlanishining turli fazalarida turlicha buladi. Birinchi davrda tuproqning ustki va pastki qatlamlarining sutkalik temperaturasi ikkinchi davrdagiga nisbatan ancha past ekanligi kurinib turibdi. Bu xodisa aprel-may oylari ichida sezilarli darajada buladigan yogin-sochinlarning miqdoriga boglik. Yogin-sochin paytida xavoning bulutli bulishi va tuproqdagi namgarchilikning oshishi tuproq temperaturasiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Uchinchi, turtinchi va beshinchi davrlarda tuproqning ustki va pastki qatlamlaridagi sutkalik temperatura birinchi va ayniqsa ikkinchi davrlarga nisbatan keskin kamayib ketishi kuzatiladi. Bu birinchidan go’zaning tuxtovsiz usishi va rivojlanishi tuproqning ustki qatlamlariga tushadigan issiqlik miqdorining kamayib ketishi bulsa, ikkinchidan shu davrlar ichida go’zaning bir necha bor sugorilishidir. Sugorilgandan sung tuproq va o’simliklar orkali buladigan buglanish miqdori kupayadi va tuproq temperaturasining pasayishiga olib keladi.
Cho’l zonasining tuproqlari sug’orila boshlangandan keyin ularning issiqlik rejimi keskin uzgaradi. 23 iyun va 24 iyulda go’za sugorilganda 0-100 sm chukurlikda xam tuproq temperaturasining keskin pasayishi kuzatiladi. Tuproq qatlamining 150, 200 va 300 sm chukurlikdagi temperaturasi esa sugorilgandan keyin deyarli uzgarmaydi. Bunday xodisaning asosiy sabablaridan biri sugorishning 100 sm dan pastki qatlamlaridagi tuproq namligiga ta’sir ko’rsata olmasligidir.
I.7. Mulchalashning issiqlik rejimiga ta’siri.
Mulchalash jarayoni tuproqning issiqlik rejimiga ta’sir qiladi. Polietilen plyonka bilan mulchalash tuproqning issiqlik rejimiga katta ta’sir ko’rsatadi. Mulchalash uchun tayyorlangan plyonkalar kanchalik enli bulsa, tuproq temperaturasi shuncha baland buladi. plyonkalardagi teshikchalarning maydoni kancha katta bulsa, tuproqning issiqlik rejimiga bulgan ta’siri juda kam buladi. plyonkani tuproq yuzasiga chigit ekib bulgan zaxotiyok yetkiziladi. Go’za kator pastligi 60 sm bulganda, plyonkaning kengligi 90 sm bulishi kerak. Bunday sharoitda ikki kator chigit ekilgan oralik 60 sm xamda ikki tomondagi kushni katorlardan 5 sm dan maydon plyonka ostida koladi.
Shunday kilib, xammasi bulib, kengligi 70 sm ga teng bulgan maydon vegetatsiya davrida plyonka ostida buladi. plyonkani shamol uchirib ketmasligi uchun uning ikki chekkasidan taxminan 8-10 sm kenglikda tuproqka Ko’mib qo’yiladi. Plyonka ostida chigit to’la unib chikkandan sung, xar bir chigit tushgan uya ustidan go’zaning Yuqoriga kutarilib chikishi uchun diametri 30 mm bulgan teshikchalar ochilladi. Plyonkaning kalinligi 100 mikron va kengligi 90 sm bulgan tekdirda xar bir gektar yerga 560-600 kg atrofida plyonka sarflanadi. Go’za qator oraligi 60 sm bo’lganda kator oralarga ishlov berish, sugorish, oziklantirish kabi agrotexnik tadbirlar bir egat tashlab utkaziladi. bunday xollarda plyonka ostidagi maydonga paxta vegetatsiyasi davrida mutlako ishlov berilmaydi. Sunggi vaktlarda Toshkent viloyatida chigit yoppasiga aprel oyining boshlarida ekilmokda. Bunday sharoitda 8-10 kunda tula unib chikadi. Lekin kupincha chigit unib chikkandan sung, xavo temperaturasining pasayib ketishi va yogingarchilik natijasida yer yuzida katkalok paydo bulishi zam mumkin. bunday nokulay ob-xavo sharoitida tuproq temperaturasi xam pasayib ketadi. Katkalok mavjud bulgan sharoitda esa atmosferadan keladigan kislorod miqdori kamayib ketadi va go’zada ildiz chirishi kasalligi paydo buladi. polietilen bilan mulchalangan maydonlarda esa go’za xech kanday kasallikka chalinmaydi. Chunki u tuproq temperaturasining ochik yerga nisbatan baland bulishini, shu bilan birga chigitni tula va soglom unib chikishini ta’minlaydi.
Mulchalash birinchi navbatda tuproqning issiqlik rejimiga katta ta’sir ko’rsatadi. Mulchalangan tuproqning temperaturasi sutka davomida 100 sm gacha bulgan chukurlikda mulchalanmagan tuproqning temperaturasidan Yuqori buladi. mulchalangan va mulchalanmagan tuproqlar orasidagi tafovut tuproqning ustki qatlamidan pastki qatlamlariga karab kamayib boradi. Agar 5 sm chukurlikda bu tafovut 6,8 gradusni tashkil kilsa, 50 sm chukurlikda 2,3 gradusga teng buladi.
Polietilen plyonka asosini Yuqori molekulali birikmalar tashkil kiladigan polimetr materiallar katoriga kiradi. U molekulasi tarkibi fakat vodorod va uglerod atomi bulgan polimersimon polietilendan tayyorlanadi.
Bu polietilenlar neftdan ajraluvchi va tabiiy gazlardan olinadigan etilen gazini polimerizatsiyalash usuli bilan tayyorlanadi. Xozirgi vaktda past va Yuqori bosimli polietilenlar kuplab chikarilmokda. Polietilen plyonkalarning kengligi 200-300 sm, kalinligi esa 0,02-0,03 mm chikariladi.
Polietilen plyonkalarning ijobiy tomoni, uning spektral tinikligidadir. Uning tiniklik darajasiga karab, uch xilga bulinadi: tinik, tutunsimon, qora plyonkalardir. Yirik issiqxonalarda kupincha tinik polietilen ishlatiladi.
Bu plyonkaning mulcha sifatidagi asosiy xossalaridan biri, uning mexanik pishikligidir. Bu plyonkalar Yuqori temperaturada kengayib, past temperaturada esa torayadi. Lekin undagi bu uzgarish 1 m da 2,8 sm dan oshmaydi. Yangi plyonka issiqka +80 gradusga sovuqka –60 gradusga chidamlidir.
Tiniq oq plyonka.
Bu turdagi plyonka boshka xildagi plyonkalardan uzining tinikligi, quyosh nurini yaxshi utkazishi bilan ajralib turadi. U uzidan ultrabinafsha nurlarini 50%, kuzga kurinadigan nurlarini 73%, uzun tulkinli nurlarni esa 81% gacha utkazishi mumkin.
Mulchalash uchun qalinligi 0,06 va 0,1 gacha bo’lgan stabillashtirilgan polietilen plyonkalardan foydalaniladi. Bu ayniqsa, shimoliy rayonlarda sabzovotchilik maxsulotlari yetishtirish imkonini beradi.
Tutunsimon plyonka oddiy plyonkaga 0,1 va 0,5 % qora kuya kushib tayyorlanadi. Bu plyonka egiluvchan, bukiluvchan buladi. Quyosh nurini utkazmaydi.
Qora plyonka.
Unga xam eritilgan massaga 35 qora kuya kushib tayyorlanadi. Quyosh nurini utkazmaydi.
Oq polietilen go’za ekilgan maydonlarni mulchalash soxasida ishlatilib kelinmokda.
Go’zani polietilen plyonka bilan mulchalashdagi tajribalar Uzbekistonda birinchi marta 1963-1964 yillarda Toshkent viloyati Yangiyul noxiyasidagi jamoa xujaligida 2 yil mobaynida utkazilgan tajribalar asosida go’za uchun oq plyonka tiniqligi uchun samarali deb topildi.

Yüklə 158,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin