I asosiy qism



Yüklə 198,88 Kb.
səhifə14/25
tarix16.05.2022
ölçüsü198,88 Kb.
#58230
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
I asosiy qism

Suvning dissotsilanishi

Oz bo’lsada suvning bir qism molekulalari vodorod va gidroksil ionlariga dissotsilanadi:

H2O  H+ + OH-

Suvdagi eritmalarda Н+ ioni doimo gidratlangan holda Н+ + Н2ОН3О+ bo’ladi Н3О+ oksoniy (yoki gidroksoniy) ioni deyiladi.Shunga ko’ra, dissotsilanish reaksiyasi quyidagicha bo’ladi:

H2O + H2O  H3O+ + OH-

Qulaylik uchun H3O+ o’rniga H+ belgisi yoziladi, lekin aslida (Н+) yozilganda u (H3O+) ekanligini esda tutish kerak.

yoki bo’ladi (12.4.)

Suv juda kam dissotsilanadi, suvning dissotsilanish darajasi 2930К (250С) da α = 1,8 · 10-9 ga teng. Dissotsilanish natijasida suvning konsentratsiyasi amalda uncha o’zgarmaydi. Shunga ko’ra ni amalda turg’n deb qabul qilish mumkin va 12.4. tenglama quyidagicha yoziladi:

KD · = · = const = Kb

Bu yerda, Kb – suv ionlarining ko’paytmasi deyiladi.

Suvda Н+ va ОН- ionlarinig aktivligi va konsentratsiyasi baravar bo’lganligidan [Н+] = [ОН-] = const, =1,8 · 10-9,

+] [ОН-] = Kb, [Н+] = [ОН-] = , = 18 · 10-9 · 55,56 = 1,004 · 10-7 g – oion, Kb = [Н+] [ОН-] = 10-14+] bilan [ОН-] ning ko’paytmasi turg’un kattalik bo’lganligidan (10-14) eritmada [H+] ning ko’payishi [ОН-] ning kamayishiga, [Н+] ning kamayishi esa [ОН-] ning ko’payishiga olib keladi, ya‘ni ko’paytma doimo 10-14 ga teng bo’ladi. Shunga ko’ra, [Н+] va [ОН-] ning qiymati ularning bittasi orqali ifodalanishi mumkin. Odatda [Н+] orqali ifodalash qabul qilingan. Agar muhit neytral bo’lsa: [Н+] = [ОН-] va [Н+] = 10-7, agar muhit kislotali bo’lsa: [Н+] > [ОН-] va [Н+] > 10-7, agar muhit ishqoriy bo’lsa: [Н+] < [ОН-] va [Н+] < 10-7.

Yuqoridagi tenglamalarda eritmalar uchun konsentratsiya o’rniga termodinamikaviy aktivlik ifodasini qo’yish kerak, cheksiz suyultirilgan eritmalar uchungina kosentratsiya ifodasini qoldirish mumkin.

(3.5)



demak, va

kislotali muhitda

– ishqoriy muhitda

neytral muhitda

Lekin muhitning kislotali yoki ishqoriy ekanligini bunday ifodalash noqulay.Shunga ko’ra, muhitning reaksiyasi vodorod ioni kosentratsiyasining minus ishorasi bilan olingan logarifmi orqali ifodalanadi. Bu miqdor eritmaning vodorod ko’rsatgichi deyiladi va pH bilan belgilanadi:

pH = lg ; pH = - lg (3.6)

pH = - lg [H+]; pH = - lg [H3O+] (3.7)

temperaturaning o’zgarishi bilan suvning dissotsilanish darajasi va dissotsilanish konstantasi o’zgaradi. Natijada reatsiya muhitini ifodalovchi pH – ning qiymati ham o’zgaradi.

pH juda muhim fizikaviy – kimyoviy kattalikdir. Ko’pgina jarayonlar muhitning kislotali yoki asosliligi ma‘lum darajada bo’lganda, ya‘ni pH ma‘lum qiymatga ega bo’lgan sharoitda boradi. Odam va hayvon organizmida, o’simliklarda boradigan ko’pgina jarayonlar, oziq – ovqat, ko’nchilik, to’qimachilik va sanoatning boshqa tarmoqlarida sodir bo’ladigan ko’pgina jarayonlar pH ning ma‘lum qiymati yoki ma‘lum chegarasida boradi. Tirik organizmlarda pH qiymati normadan kamaysa yoki ko’paysa turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin.


Yüklə 198,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin