Bekmanning metastatik termometrida simob sathini o’rnatish
Bekmanning metastatik termometrining oddiy termometrdan farqi shundaki, uning kapillyari yuqori qismidagi simob uchun mo’ljallangan qo’shimcha rezervuar bilan ulangan bo’ladi. Ushbu moslama termometrning pastki qismidagi simobning miqdorini o’zgartirishga va kapillyarda simobning bizga kerak bo’lgan sathini o’rnatishga imkoniyat beradi. Termometrning shkalasi odatda 5-6 gradusga bo’lingan va har bir kichik bo’lakchalar 0,01 gradusni tashkil qiladi. Shuning uchun lupadan foydalanib o’lchashlarni 0,002-0,003 gradus aniqlikda o’tkazish mumkin. Bekman termometrini kalorimetrik suyuqlikka botirilganda simobning sathi shkalaning o’rta qismida bo’lishini ta’minlaydigan qilib sozlanadi. Agar u shkalaning pastki qismida yoki shkaladan pastda to’xtab qolsa, yuqori rezervuardan pastki asosiy rezervuarga qo’shimcha simob o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |