1.4 – Kalorimetrik usul.
Issiqlik effektlari kalorimetrlar (yoki kalorimetrik sistemalar) yordamida o`lchanadi. Kalorimetrik sistema bu ustki qobig`ga ega bo`lgan reaktordir. Kalorimetrik sistemalarda quyidagi ikki xil xolat farqlanadi: qobig` reaktor bilan tashqi muxit orasida issiqliq almashinishi holatining oldini oladi(tashki muxitdan ajratilgan sistema) yoki issiqlik almashinishini xisobga olish jarayonini osonlashtiradi (yopik sistema).
Kalorimetrlar, odatda, o`zgarmas va o`zgaruvchan haroratli bo`ladi. O`zgarmas haroratni kalorimetr qobig`ida suyuqlanuvchan qattiq jismlar («muz» kalorimetrlari deb-xam ataladi) yoki bug`lanuvchan suyuqlik saqlanadi. Tajriba davomida bunday kalorimetrda harorat uzgarmas qoladi, chunki sistemaga berilayotgan xamma issiqlik moddaning agregat xolatini o`zgartirishga sarflanadi. Issiklik effekti hakida suyuqlangan yoki bug`langan modda mikdoriga karab fikr yuritiladi.
O`zgaruvchan haroratli kalorimetrlarda o`lchovlar asosan ikki xil usulda olib borilishi mumkin:
adiabatik usul — tajriba davomida ustki qobiqning harorati shunday o`zgartirilishi kerakki, bunda u istalgan daqiqada reaktorning haroratiga mos kelishi kerak; bu xolatda issiqlik almashish bo`lmaydi, demak, reaktor tashki muxitdan tuliq ajratilgan sistema xisoblanadi; bunday kalorimetrlar kichik issikliq effektlarini yoki sekin boruvchi jarayonlarning issikliq effektlarini o`lchash uchun qo`llaniladi;
diatermik usul — reaktor izotermik ustki qobiq bilan issikliq almashadi (reaktor — yopiq sistema); ustki qobiqda nisbatan katta solishtirma issikliq sig`imiga ega bo`lgan katta miqdordagi suv bo`ladi va shu sababli harorat o`zgarmas bo`lib turadi; issiqlik almashinishi maxsus usullar yordamida xisobga olinadi.
Dyuar idishi;
shtativ;
rezina tiqin;
Bekman termometri;
ampula;
shisha tayoqcha
aralashtirgichdan
Eng oddiy kalorimetr tuzilishi
Dostları ilə paylaş: |