Suyultirilgan eritmalarda ham oz darajada dissotsilanadigan elektrolitlar kuchsiz elektrolitlar deyiladi. Ular qatoriga ba‘zi kislotalar (masalan, sirka kislota, sianid kislota, karbonat kislota va hokazo), ba‘zi asoslar (masalan, ammoniy gidroksid, organik asoslar, suvda yomon eriydigan asoslar va hokazo) va ba‘zi tuzlar (masalan, simob sianid, simob xlorid, FeF3 va hokazo) kiradi.
Kuchsiz elektrolitlarning suvdagi eritmalarida ionlar bir – biriga deyarli ta‘sir ko’rsatmaydi.Ular o’z xossalari jihatidan suyultirilgan ideal eritmalarga o’xshab ketadi. Shuning uchun, ideal eritma qonunlarini kuchsiz elektrolitlar eritmalariga qo’llay olamiz; biroq bunda eritma ichida dissotsilanish sodir bo’lganligi tufayli zarrachalar sonining ortib ketishini nazarda tutish kerak; boshqacha aytganda, ideal eritmalar qonunlarini kuchsiz elektrolit eritmalari uchun tatbiq etishda ularning ifodalariga izotonik koeffitsient i ni kiritish kerak.
Kuchsiz elektrolit eritmalarining ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi faqat eritmadagi ionlar sonigagina bog’liq; kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanishi uchun massalar ta‘siri qonunini tatbiq etish mumkin.
Suvdagi eritmalarda batamom dissotsilanadigan birikmalar kuchli elektrolitlar deyiladi.Ularning dissotsilanish darajasi 1 ga yaqin bo’ladi. Kuchli elektrolitlar jumlasiga deyarli barcha tuzlar, kuchli kislota va kuchli asoslar kiradi. Kuchli elektrolit eritmalarida ionlar ko’p bo’lgani sababli ionlararo tortishuv kuchlarini nazarga olmasdan bo’lmaydi.
Atom tuzilishi va kristall panjaralarning tiplari aniqlangandan keyin, 1920 yilda Arrenus nazariyasiga bir necha izoh va qo’shimchalar kiritishga to’g’ri keldi. So’ngra kuchli elektrolitlar nazariyasi yaratildi.Bu nazariyaga muvofiq ionlardan tuzilgan moddalar suvda erigan vaqtda ionlarga batmom ajraladi. Masalan, osh tuzining kristall panjarasida Na+va Cl- ionlar borligidan, osh tuzi suvga solinganda suv molekulalari manfiy qutbini Na+ ionga, musbat qutbini esa Cl- ionga qaratadi. Suv molekulalari Na+va Cl- ionlarni ikki qarama – qarshi tomonga torta boshlayli. Natijada Na+va Cl- ionlar kristall panjaradan eritmaga o’tadi. Demak, osh tuzi eritmasida faqat Na+ va Cl- ionlari bo’lib, NaCl molekulalari bo’lmaydi. Binobarin, osh tuzi eritmada to’la (100%) dissotsilangan bo’lishi kerak. Boshqa tuzlar haqida ham xuddi shu fikrni aytsa bo’ladi.Bundan ko’rinib turibdiki, kuchli elektrolitlar uchun dissotsilanish darajasi degan tushuncha o’z ma‘nosini yo’qotadi, chunki kuchli elektrolit eritmalarida dissotsilanmagan molekulalar bo’lmaydi. Lekin tajribada NaCl ning 0,1 n li eritmasi uchun α = 85% ekanligini ko’ramiz. Agar eritmaning konsentratsiyasi oshirilsa, αyana kamayadi.
Demak, kuchli elektrolitlarnig tajribada topilgan dissotsilanish darajasi va Arrenius nazariyasi asosida va yana to’la dissotsilanish nazariyasi asosida hisoblab topilgan α ga barvar bo’ladi.