1887 yilda shved olimi Svante Arrenius eritmalarning elektr o’tkazuvchanliklarini o’lchab, elektrolitik dissotsilanish nazariyasini taklif qildi. Bu nazariyaga muvofiq kislota, asos va tuzlar suvda erigan vaqtda qarama – qarshi zaryadli ionlarga ajraladi. Arreniusdan ilgari, Klauzius, Grotgus, Faradey, Gittorf va boshqa olimlar ham molekulalar ionlarga ajraladi, degan fikrni aytganlar. Ularning fikricha faqat eritmadan elektr oqimi o’tgan vaqtdagina molekulalar ionlarga ajraladi, elektr oqimi o’tish to’xtadi deguncha ionlar yana bir – biri bilan birikadi.
Arreniusning fikricha, molekulalarning ionlarga ajralish jarayoni uchun elektr oqimining hech qanday ahamiyati yo’q; elektrolitlar suvda erigandayoq ularning molekulalari ionlarga ajraladi. Natijada, eritmadagi zarrachalarning soni ortib, elektrolit eritmalarning osmotik bosimi noelektrolit modda eritmasining osmotik bosimidan 2, 3, 4 va hokazo marta ortiq (ya‘ni izotonik koeffitsienti i ga ko’paytirilgan qymatga baravar) bo’ladi. Elektrolit molekulalarining ionlarga ajralishi qaytar jarayondir; tubandagi moddalarning dissotsilanishi bunga misol bo’la oladi;
NH4OH NH + OH-; CH3COOH CH3COO- + H+.
Arrenius nazariyasi kimyo fanining rivojlanishiga katta foyda keltirdi va kuchsiz elektrolitlar uchun hozirga qadar tatbiq etilib kelinmoqda.