Bekman termometri
Bekmanning metastatik termometri temperaturaning kam o’zgarishlarini aniqlash uchun xizmat qiladi. Bekman termometri kapillyarining yuqori qismida simob uchun mo’ljallangan qo’shimcha rezervuar borligi uni oddiy termometrlardan farqlaydi. Ushbu qo’shimcha rezervuar termometrning pastdagi asosiy rezervuarida simobning miqdorini o’zgartirishga va shu orqali o’lchanishi mumkin bo’lgan temperaturalar oralig’ini kengaytirishga imkoniyat beradi. Bekman termometrining 25-30 sm uzunlikdagi shkalasi 5-6 gradusga mos keladi va har bir gradus 0,01 ga teng bo’laklarga bo’lingan bo’ladi. Shuning uchun lupadan foydalanib 0,002-0,003 gradus aniqlikda o’lchashlar o’tkazish mumkin. Ishni boshlashdan avval termometr kapillyaridagi simob sathi tajriba o’tkazilayotgan temperaturada termometr shkalasi chegarasida bo’lishiga erishish kerak. Buning uchun pastki rezervuardan ortiqcha simob yuqoridagi qo’shimcha rezervuarga yoki aksincha, agar yuqoridagi rezervuarda ortiqcha simob bo’lsa, pastki asosiy rezervuarga o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |