I (birinchi avlod)



Yüklə 136,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.11.2022
ölçüsü136,88 Kb.
#71275
1   2   3   4
ulug‘bek hamdam. na’matak (mini roman)

III (uchinchi avlod) 


Qirg‘inbarot janjalda chopilganu chopgan qo‘shnilarning har ikkalasi ham o‘lib 
ketishdi-yu, o‘sha yili ko‘klam kelishi bilan na’matak o‘z ildizidan qayta nish urib 
chiqdi. Oradan yillar o‘tib esa, yuqoriga ancha bo‘y cho‘zib, ko‘zga ko‘rinib qoldi. 
Endi yana atrof-javonibda uyg‘onish fasli! Qushlar chug‘ur-chug‘ur qo‘shiq aytadi, 
arilar g‘o‘ng‘illaydi, shaboda ham yana o‘z tilida olamlar o‘tmishidan, odamlar 
kechmishidan shivirlab nimalarnidir zamzama qiladi. Xullas, ushbu ajib 
manzaraning shohidi bo‘lgan najib kishining bahri dili xuddi mavsumning o‘zidek 
qulf urib ochiladi-ketadi... Ammo shabodaning tilini tushungan qayda?.. Yaproqlar 
shiviridan tuproqlar sirini uqadiganlar hali ham tug‘ilyaptimikan o‘zi dunyoda?!.. 
Tuproqlar 
bag‘riga 
yashirilgan 
Yaratganning 
imlosini-chi!?.. 
Birinchi kun
Ana, olam go‘zalligini kuylash uchun bani odam ham go‘shasini tark etdi: yoshgina 
qiz shitob bilan ayvondan tashqariga otilib chiqdi-da, negadir boqqa qarab chopdi 
va na’matakning yonidan o‘tayotib qo‘qqisdan oyoq ildi. Shu ko‘yi butaning gulga 
kirgan yoshgina novdasiga qiziqsinib tikilib qoldi. Ayni damda deng, narigi hovli 
tarafdan ham taxminan shu qizchaga tengdosh, – balki bir-ikki yosh kattaroqdir, – 
mo‘ylabi endi sabza ura boshlagan o‘spirin paydo bo‘lib, to‘g‘ri shu yoqqa odimladi. 
Kelib, 
qizchadan: 
“Nimani 
tamosha 
qilyapsan?” 
deb 
so‘radi.
– Otini bilmayman. Ammo guli chiroyli ekan, qara! Sen bilasanmi buning ismini? – 
savolga savol bilan javob berdi qizcha. Yigitcha “Yo‘q” degandek bosh chayqadi. 
“Lekin chindanam chiroyli ekan” degancha egilib gulni hidladi... 
– Chiroylilikka chiroyli, ammo uning dastidan... uning dastidan!.. – Qizcha davom 
etolmadi, gapi bo‘g‘ziga tiqildi, turgan o‘rnida tebrandi, qalqindi, so‘ng birdan 
keskin burildi-da, ho‘ngrab yig‘lagancha uyi tomon yugurgilab ketdi... 

Yüklə 136,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin