I-bob. 20-asr boshlarida bolani rivojlanishi nazariyalari


BOLALAR PSIXOLOGIYASIDA SUB’EKTIV, YA’NI O‘Z–O‘ZINI



Yüklə 100,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü100,14 Kb.
#205505
1   2
KIRISH

BOLALAR PSIXOLOGIYASIDA SUB’EKTIV, YA’NI O‘Z–O‘ZINI 
KUZATISHDAN FOYDALANILMAYDI 
Har ikkila holda ham, tajribalar vazifa tarzida emas, balki o‘yin tarzida o‘tkazilsa 
yaxshi natija beradi 
Har ikkila holda ham, tajribalar vazifa tarzida emas, balki o‘yin tarzida o‘tkazilsa 
yaxshi natija beradi. Eksperiment metodidan guruhlarda o‘tkaziladigan 
mashg‘ulotlar paytida keng foydalanish mumkin. Masalan: turli yoshdagi bog‘cha 
bolalar bilan o‘tkaziladigan didaktik mashg‘ulotlarda tabiiy eksperiment metodini 
qo‘llash mumkin. Bunda bolalarga xar xil hayvonlar, parrandalar, mevalar, 
sabzavotlar tasvirlangan rasmli kartochkalarni aralash xolda berib, ularni guruhlarga 
ajratish topshiriladi. Bolalar bu narsalarni qanday belgilariga qarab guruhlarga 
ajratishlarida ularning umumlashtirish xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Odatda, 
guruh sharoitida o‘tkaziladigan bunday eksperimentni tabiiy eksperiment deb 
yuritiladi. Bolalar psixologiyasida tarkib toptiruvchi eksperiment metodidan ham 
foydalaniladi. 
Bunda bolalarning u yoki bu xususiyati (psixologik xususiyati) tarkib toptiriladi va 
mustahkamlanadi. Masalan: bog‘cha yoshidagi bolalar ayni bir vaqtning o‘zida 
butunni va uning tarkibiy qismlarini to‘la idrok qila olmaydilar. Ular o‘z diqqatlarini 
yoki bir butun narsaning o‘ziga yoki uning bo‘laklariga qarata olmaydilar. 
Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali bolalarni bir butun narsani uning qismlari 
bilan bir paytda idrok qilishga o‘rgatiladi. Buning uchun bolalarga bir butun 


narsaning obrazini yarata olish mashq qildiriladi. (turli geometrik figuralar – doira, 
kvadrat, kub, foydalaniladi) Pedagogik eksperiment orqali biron ta’lim – tarbiya 
metodining effektivligi aniqlanadi. Masalan: Biron tadqiqotchi bolalarni son – 
sanoqqa o‘rgatishning kandaydir yangicha metodini ishlab chiqqan bo‘lsa, uni 
pedagogik eksperiment metodi orqali sinab ko‘radi. Buning uchun oldindan bog‘cha 
ma’muriyati bilan kelishib 1 ta eksperimental va 1 ta nazorat guruhini belgilab oladi. 
Shundan so‘ng tadkikotchi eksperimental guruhda yangicha metod bilan elementar 
mavhum tasavvurlarni o‘stirish mashg‘ulotini o‘tkazadi. Nazorat guruhida esa bu 
mashg‘ulotlar odatdagi eskicha metod bilan davom ettirilaveradi. 1-2 oydan so‘ng 
har ikkala guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlari taqqsolab ko‘riladi. Agarda 
eksperimental guruh bolalar yangicha metod bilan o‘zlashtirishlari nazorat 
guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlaridan anchagina samarali bo‘lib chiqsa, bu 
metod boshqa hamma bog‘chalarga ham tarqatiladi. Bordi-yu, agar natija nazorat 
guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlaridan yomon, ya’ni past bo‘lib chiqsa, yangicha 
metod bilan mashg‘ulot o‘tish darhol to‘xtatiladi. Bolalar psixologida asosiy 
metodlardan tashqari yordamchi metodlardan ham keng foydalaniladi. Bolalar 
psixiologiyaning yordamchi metodlaridan – faoliyat mahsulotlarini o‘rganish 
metodidir. Bolalar ham xuddi katta odamlar singari doim ma’lum faoliyat bilan 
mashg‘ul bo‘ladilar. Faoliyatlari jarayonida turli narsalarni, mahsulotlarni yuzaga 
keltiradilar. Ana shu narsalarda, mahsulotlarda bolalarning psixik protsesslari va 
psixologik xususiyatlari o‘z aksini topadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning 
faoliyatlari – uyin, rasm chizish, plastilin yoki loydan biron narsa yasash, 
applikatsiya, qurish –yasash kabilardan iboratdir. Ana shu faoliyatlarining natijasiga 
qarab bolalarning mayl va istaklari, ehtiyoj va qiziqishlari, qobiliyat va layoqatlarini 
o‘rganish mumkin. Masalan: bolalarning chizgan rasmlarida ular idrokining 
xususiyatlari va atrofdagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvurlarini ko‘rish mumkin. 
Shu sababli bu metoddan bolalar psixologiyasida keng foydalaniladi. Bolalar 
psixologiyasi so‘rash – suhbat metodidan keng foydalaniladi. Bu metodni 5-6 yoshli 
bolalarga nisbatan qo‘llash mumkin. Bunda bolalarga turli mavzularga doir savollar 
beriladi va ulardan og‘zaki suhbatning mavzui va suhbat paytida bolalarga 
beriladigan savollar oldindan yaxshilab uylab olinadi. Suhbat jarayonida javoblarni 
yozib olib, keyinchalik javoblarni taxlil qilish mumkin. Suhbat metodini o‘tkazishda 
quyidagilarga rioya qilish talab etiladi: Suhbatning mavzusi va mazmuni bolalarning 
taraqqiyot darajalariga va yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak. Savollar rejali va 
maksad asosida tuzilishi kerak. Suhbat paytida «ha» yoki «yo‘q» demay, tuliq javob 
olish kerak. Suhbatni haddan tashqari cho‘zib yubormaslik kerak. Suhbat orqali 
bolalarning bilishlari, narsa va hodisalar haqida tasavvurlari, qiziqishlari va odamlar 


bilan bo‘lgan munosabatlarni o‘rganish mumkin. Bolalar psixologiyasida so‘nggi 
yillarda test metodi qo‘llanila boshlandi. Test so‘zi inglizcha bo‘lib, o‘lchash degan 
ma’noni bildiradi. Test metodi orqali bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari 
va ayrim psixik protsesslarining (tafakkur, xayol, xotira) qanchalik rivojlanganlik 
darajasi aniqlab taqqoslanadi. Test metodi yordami bilan bolalarning o‘z yoshlariga 
nisbatan normal taraqqiy etganliklari yoki orqada qolganliklarini ham aniqlash 
mumkin. Qo‘llaniladigan testlar orasida intellektual testlar deb (ataladigan) testlar 
katta ahamiyatga ega. Intellektual testlar – bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot 
darajalari aniqlanadi. Test vazifalari bolalarning uyin faoliyatlari bilan bog‘lansa, 
bolalar bunday vazifalarni bajonu dil bajaradilar. Masalan: biron butun narsaning 
mayda bo‘laklarga ajratib tashlangan qismlarini birlashtirish, mayda 
bo‘lakchalardan murakkab va chiroyli annimatsiyalar yasay olish, turli labirintli 
suratlardan tug‘ri yulni topa bilish vazifalaridan foydalanish mumkin. Masalan: test 
metodida bolalarga topshirilidigan vazifalar bir necha variantda bo‘lib, ular kuchlari 
yetgan variantlardagi vazifalarni bajaradilar. Xar bir bajarilgan vazifaga ball 
sismasida baho quyib boriladi. Vazifalardan qanchasini bajarganligi va tuplagan 
baliga qarab, bolalarning o‘rtacha taraqqiyot darajasi belgilanadi, aniqlanadi. 
Bolalar psixologiyasida so‘nggi yillarda sotsiometriya metoddan foydalanila 
boshlandi. 
Sotsiometriya 
metod 
yordamida 
shaxslarning 
kollektivdagi 
munosabatlari masalasi o‘rganiladi. Bolalar psixologiyasida esa sotsiometriya 
metod yordami bilan xar bir guruhda bolalarning o‘z tengqurlari urtasida yuzaga 
kelayotgan o‘zaro munosabatlari va ularning guruhda tutgan mavqeilari o‘rganiladi. 
Bolalar psixologiyasida tadqiqot metodlari bilan tanishish tarbiyachilar va 
pedagoglar uchun amaliy ahamiyatga egadir. Bu metodlardan ta’lim – tarbiya 
ishlarida bolalarning psixik protsesslarini taraqqiyotini bilib olish uchun, 
shuningdek bolalar bilan individual munosabatda bo‘lishda, ularning individual – 
psixologik xususiyatlarini bilib olishda keng foydalaniladi. «Agar pedagogika 
odamni xar jixatdan tarbiyalamokchi bo‘lsa, u oldin usha odamni xar jixatdan bilib 
olishi kerak» - deb yozgan edi. K.D.Ushinskiy. Shuning uchun ta’lim – tarbiyaviy 
ishlarni tug‘ri tashkil qilish uchun bu metodlar bilan tanish bo‘lish lozim. Bola psixik 
rivojlanishi va organizm etilishining biologik omillari S.Xollning shogirdi mashhur 
amerikali psixolog A.Gezell bolalarni tuilgandan o’smirlik yoshigacha 
takrorlanuvchi kesishmalar yordamida ularni psixik rivojlanishini longtyud metodi 
orqali o’rgangan. Gezellning bola xulqi yosh o’tgan sari qanday o’zgarishi 
qiziqtirgan, u psixik faollikni aniq shakllarini yuzaga kelishini namunaviy 
vaqtinchalik grafigini tuzishni hohlagan bolani harakat ko’nikmalaridan 
boshlabmashg`ulotlardagi talablarini intellektual qiziqishlarini ham inobatga olgan 


holda. Gezzelning o’zi o’zining tadqiqot metodini biografik-labaratoriyaviy deb 
atagan. U tomonidan tashkil etilgan markazda labaratoriyada motorikani nutqni 
bolalarni ijtimoiy hamkorligini ob`ektiv registratsiyasi uchun maxsus apparatura 
qo’llanilgan bir tomonlama ko’rinadigan oyna ishlatilgan (gezzel oynasi). U kuzatuv 
sharoitlarini bola hayotining tabiiy sharoitlariga yaqinlashtirishga harakat qilgan. 
Maxsus jihozlangan eksperimental xonada bolaga mashg`ulotlar turini tanlash 
imkoni berilgan –qum yoki suv bilan o’ynash, taom tayyorlash harakatli o’yinlar (bir 
so’z yoki boshqa bolalar bilan). Diagnost va maslahatchilar bola xulqini xarakterli 
usullarini kuzatishlari mumkin edi, faqatgina ota-onalarning ma`lumotiga 
tayanmasdan. SHuningdek, Gezell egizaklarni rivojlanishini o’rganishni taqqoslash 
metodini qo’llagan.norma va patalogiyadagi rivojlanishni (masalan ko’r bolalarda). 
Natijada u chaqaloqning 3200 nafaridan iborat tuzilgan atlasni yaratdi 16 yoshgacha 
bo’lgan bolalarning rivojlanish fenomenologiyasi to’liq yoritilgan motorika, xulq-
atvor nutqqa nisbatan rivojlanish normalarining ko’rsatkichlari ajratib olingan. 
Gezellning testlar tizimi normativ yondashuv doirasida bola psixik rivojlanishini 
amaliy diagnostikasini tuzdi. Gezelning etilish nazariyasiga asosan, optimal 
rivojlanishga tug`ma tendeentsiya mavjud. Ijtimoiy rivojlanish harakat va psixik 
rivojlanish ma`lum ketma-ketlikda bir qator yosh bosqichlarini o’tadilar. Gezel 
aniqlagan bosqichlar rivojlanish tempi harakatlar o’sishi miqdori bilan farqlanadi. 
Gezell shakllantirgan rivojlanishning umumiy qonuniyatiga ko’ra, psixik rivojlanish 
tempi yuqori va yutuqlar ham ancha ahamiyatli hayotning birinchi davrlarida 
ulg`aygan sari rivojlanish tezligi susayadi. Gezellning yosh rivojlanishini 
davrlashtirilishi bolalikni rivojlanish davrlariga o’sishning ichki tempini o’zgarish 
kreyteriyasi bo’yicha talab etadi. Tug`ilgandan 1 yoshgacha xulqning eng yuqori 
o’sishi 1 yoshdan 3 yoshgacha o’rta va 3 yoshdan 18 yoshgacha rivojlanishning past 
tempi hisoblanadi. Gezellning ilmiy qiziqishlari markazida aynan ilk bolalik 
uchyoshgacha bo’lgan davrda. Gezzel bolaning rivojlanishini organizmning 
etilishini biologik omillariga asoslangan muhitga moslashish shakli sifatida ko’radi. 
Gezellning pozitsiyasining tanqid qilib, L.S.Vigotskiy uni “ultrabiologizm” va 
“empirik evolyutsionizm” debatagan, ijtimoiy butunlay biologikka singib ketganda 
bolalikdagi rivojlanishning butun jarayoni tabiat qonunlariga bo’ysunadi. 
A.Gezzelning etilish nazariyasi Tadqiqotning asosiy predmeti Bola tug`ilgandan 
butun etilishigacha bo’lgan davrda psixik rivojlanishni tempi va tarkibi Tadqiqot 
metodlari Kuzatuv maxsus jihozlangan kino va fotoregistratsiyalar bilan, testlar, ota-
onalar so’rovnomalari, longtyud, egizaklarni rivojlanishini taqqoslash sog`lom va 
kasallarni Asosiy tushunchalar Etilish, rivlojlanish, xulq-atvor o’sishi, 
rivojlanishning ketma-ketligi, o’sish (rivojlanishning) tezligi Asosiy g`oyalar Nerv 


tizimini etilishiga psixik rivojlanishning bog`liqligi, (uning barcha tarkibiy qismlari 
motorikadan shaxsgacha) psixik rivojlanishning tempini barqarorligi, bolalik 
mobaynida tempni pasayishi, rivojlanishni nazorat qilib borish zarurati Rivojlanish 
omillari Biologik omillar, genetik etilish Qiymati Psixologik tadqiqotlarni o’tkazish 
uchun yangi metodlar, metodikalar va jihozlarning kiritilganligi. Mustahkam 
empirik baza. Bolalik rivojlanishini fenomenologiyasini asosli va keng doirada 
tushuntirilishi, etilish jarayonlarini muhimligiga diqqatni qaratish, motorika 
rivojlanishining me`yoriyligini yaratish Tadqiqotning yo’nalganligi Rivojlanishning 
biologik asosini aktsentirlashtirish “empirik evolyutsionizm” (L.S.Vigotskiy) 
normativlarni absolyutlashtirish o’rta sinf bolalaridan olingan ma`lumotlarni qolgan 
barchasiga o’tkazish Ko’zga ko’ringan avstriyalik psixolog K.Byuler bir muddat 
vyurtsburg maktabi doirasida ishlagan bo’lib, o’zining bolani psixik rivojlanish 
kontseptsiyasini tuzdi. U rivojlanishning butun yo’lini maymundan to katta yoshli 
madaniyatli odamgacha ko’rsatishga harakat qilgan. Byuler bo’yicha tadqiqot 
vazifasi rivojlanishda doimiy asosiy tashqi ta`sirlarga bog`liq bo’lmagan 
qonuniyatlarni sof holda topish edi. Byulerning fikricha, bolalik rivojlanishini 
birinchi yillarini tadqiqoti uchun eksperimentning mos shakli zoopsixologiya 
sohasidan olinishi mumkin. K.Byuler bola rivojlanishidagi uch bosqich nazariyasi 
muallifi sifatida mashhur.har bir bola o’z rivojlanishida hayvonlar harakatlari shakli 
evolyutsiyasi bosqichlariga mos bosqichlarni bosib o’tadi, instinkt dressirovka 
(o’rgatish),intellekt. U biologik omillarni asosiy deb ko’rsatib o’tadi. Byuler 
bolalikdagi rivojlanishni biologik jihatdan asoslanganligini qobiliyatlarni 
nasliyligini ta`kidlagan lekin mashqlarsiz tabiiy qobiliyatlar to’liq ochilmaganligini 
aytib o’tgan. Instinkt rivojlanishning quyi darajasi xulq usullarini nasliy fondi 
qo’llanilishga tayyor bo’lgan va faqatgina ma`lum stimullarga muhtoj bo’lgan. 
Odamda instinktlar noaniq-sust katta individual farqlarga ega bo’lgan. Bolada tayyor 
instinktlar to’plami baqirish, so’rish, yutish, himoya refleksi Dressirovka (o’rgatish) 
turli hayotiy vaziyatlarga moslashish imkonini beradi maqtov va jazolashlarga yoki 
omad va omadsizliklarga tayanadi. Byuler bo’yicha bolalar o’yini hayvonlardagi 
o’yinning tabiiy davomi shu bosqichda yuzaga keladi. Intellekt rivojlanishining quyi 
bosqichi vaziyatga muammoli vaziyatni kashf etish, ochish, o’ylash va anglash 
orqali moslashish. Byuler har tomonlama bola hayotini birinchi yillarini 
“immpanzesimonliligini” ta`kidlaydi. Rivojlanishning bir bosqichidan boshqasiga 
o’tisha emotsiyalar ham rivojlanadi. SHunga ko’ra, faoliyatning yakunidan 
boshigacha roxatlanishni almashinishi bo’ladi. Harakat va emotsiyani evolyutsion 
erta taqqoslanishi quyidagicha avval harakat so’ng uning natijasida rohatlanish. 
So’ngra harakatdan funktsional qoniqish bilan kechadi ya`ni jarayonni o’zidan 


qoniqish va nihoyat qoniqish tasavvuri harakatning o’ziga o’tadi. Byuler uchun 
asosiysi tafakkurni psixik rivojlanishda ijodkorlik rolini o’rganish edi. SHunday 
qilib, u bolada nutqni uni yaratish kattalar bilan muloqot jarayonida bola tomonidan 
o’ylab topishi sifatida rivojlanish nazariyasini taklif qildi. K.Byulerning 3 bosqichli 
nazariyasi Tadqiqotning asosiy predmeti Psixik rivojlanish qonuniyatlari, bola 
psixikasini rivojlanishini bosqichlarini ajratish (instinkt, dressirovka, intellekt) 
Tadqiqot metodlari Zoopsixologik eksperiment Asosiy tushunchalar Instinkt, 
o’rgatilgan bilish, intellekt funktsional qoniqish rohatlantiruvchi qoniqish Asosiy 
g`oyalar Hayvonlar psiikasini evolyutsiyasining qonuniyatlari bola psixik 
rivojlanishga o’tkazish, bola psixikasini hayvonlar psixikasi va katta yoshli 
madaniyatli odam psixikasi o’rtasidagi bog`lovchi evolyutsion jarayon sifatida 
ko’rish rivojlanishda emotsiyaning roli. Rivojlanish omillari Preformizm, nasliyli 
Qiymati Eksperimentni bola rivojlanishini o’rganishda qo’llash, rivojlanish g`oyasi 
Tadqiqotning 
yo’nalganligi 
Biologik 
yondashuv 
odam 
rivojlanishining 
spetsifikasini 
rad 
etish 
ko’rmaslik,bola 
imkoniyatlarini 
pasaytirish 
L.S.Vigotskiyning ta`kidlashicha Byulerning nazariy tuzilmalarida qadrli biologik 
rivojlanishni umumiy sohasida psixik rivojlanishni rivojlanish va tendentsiyalarini 
barcha g`oyalarini ko’rib chiqadi. Biroq ma`naviy hayotni butun to’liqligini biologik 
ildizlaridan psixik funktsiya va shakllarini yuzaga chiqarish katta miya o’zagi 
tuzilishi rivojlanishida normal bolani tipik omadlarini sabablarini topish. Byuler 
pozitsiyasini printsipial chegaralaydi antidialektikka aylantiradi. Psixikani filogenez 
va ontogenezi biologik evolyutsiya qonunlariga bir xil darajada bo’ysunadilar. Bola 
psixik rivojlanishining biologik va ijtimoiy omillari Amerikali psixolog va sotsiolog 
Dj.Bolduin o’zining davrida nafaqat bilish balki emotsional va shaxsiy 
rivojlanishlarni o’rganishga undagan. Ijtimoiy muhit tug`ma qobiliyatlar bilan bir 
qatorda uning tomonidan rivojlanishning muhim omili sifatida kiritilgan, chunki 
odamni normalari qadriyatlari va o’ziga bo’lgan bahosi tizimli jamiyat ichida sodir 
bo’ladi. Bolduin birinchilardan bo’lib, o’yinning ijtimoiy rolini keltirib o’tdi va uni 
ijtimoiylashuv instrumenti sifatida ko’rgan. U odamni murakkab ijtimoiy 
munosabatlar tizimidagi hayotga tayyorlashni keltirib o’tadi. Bolduin bolalarni 
bilimini rivojlanishini kontseptsiyasiga asoslanadi. Uning ta`kidlashicha bilishning 
rivojlanishi bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi tug`ma harakatlar reflekslarini 
rivojlanishi bilan boshlanuvchi. So’ngra nutqni rivojlanish bosqichi va bu jarayonni 
mantiqiy tafakkur bosqichi yakunlaydi. Boludin tafakkur rivojlanishini maxsus 
mexanizmlarni 
ajratgan 
assimilyatsiya 
(muhit 
ta`sirini 
interorizatsiyasi). 
Bolduinning nazariyasini bu holatlari J.Piajening qarashlariga ta`sir etdi. 


Nemis psixologi V.SHtern personalizm nazariyasini asoschisi o’z qiziqishlarini 
tadqiqotini markaziga bolaning ma`naviy rivojlanishi bola shaxsini umumiy 
tuzilishini shakllanishi tahlilini qo’yish. SHternning ta`kidlashicha shaxs bu o’zini 
anglovchi angli va maqsadli harakatlanuvchi umumlashma ma`lum chuqurlikka ega 
bo’lgan. (ongli va ongsiz bo’lgan qatlam) U shundan kelib chiqqanki, psixik 
rivojlanish10. 
bosqichga ya`ni fantastik sintez bosqichi, analiz bosqichi, fikriy sintez bosqichlariga 
ajratilgan. E.Meyman labaratoriyasi qoshida tashkil etilgan eksperimental maktabda 
bolalarni ta`lim dasturlariga tayyorlik darajasini dagnostika qilish metodlari ishlab 
chiqilgan. Unga ko’ra, ta`lim dasturlari va sinflarni shakllantirish kreyteriyalari 
sinovdan o’tkazilgan (masalan, intellekt darajasi, qiziqishlari, o’qituvchi bilan 
hamkorlik bo’yicha). SHveytsariyalik psixolog E.Klapared Xollning rekapitulatsiya 
tasavvurlarini tanqid qilib chiqqan. Uning psixikaning filogenezi va ontogenezi 
umumiy mazmunga ega va bu rivojlanishning birinchi qatorini o’xshashligiga 
olibkeladi, ammo ularni bir xil deymaydi. Klaparedning o’ylashicha bola psixikasini 
rivojlanish bosqichlari instinktiv jihatdan aniqlanmagan, u qobiliyatlarni o’zida 
shakllantirish g`oyasini taqlid va o’yin mexanizmlari yordamida deb hisoblagan. 
Tashqi omillar rivojlanishga ta`sir etib, uni yo’nalishini aniqlaydi hamda tempini 
kuchaytiradi. 
Psixik 
rivojlanishning 
Klapared 
tafakkur 
rivojlanishiga 
tenglashtirilgan va tafakkur tipini o’zgarishiga tayanib 4 bosqichga ajratgan. 
Birinchi bosqichda (2 yoshgacha) predmetlarni tashqi ko’rinishini eslab qolish 
idrokni shakllanishi sodir bo’ladi; 2-bosqichda (2 yoshdan 3 yoshgacha) nutqiy 
predmetlar nomlari o’zlashtiriladi. 3-bosqichda (3 yoshdan 7-yoshgacha) tafakkur 
bolaning umumiy aqliy qobiliyatlari 4-bosqichda (7 yoshdan 12 yoshgacha) maxsus 
qiziqishlar shakllanadi va individning individual moyilliklari ifodalanadi. 
E.Meyman va E.Klapared ishlari bolalar yosh davrlari psixologiyasiga asos bo’ldi 
va uni predmetini aniqlab maxsus vazifa va muammolar aylanasini shakllantiradi. 
Bolalar psixologiyasi pedalogiya pedagogikani rivojlanishi, bolalarni psixik 
rivojlanishini tadqiq etishni ishonchli metodlarini ishlab chiqilishini taqazo etdi. 

Yüklə 100,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin