Bu qadam oxirgi bo‘lib, keyin biz Android platformasi uchun ilovalar yaratish va Java tilini va Eclipse muhitini kompyuterimizdan foydalanish uchun tayyor vositaga ega bo‘lamiz. Ushbu qadamda Eclipseni Android SDK katalogiga ulash orqali o‘rnatilgan ADT plaginini sozlashimiz mumkin.
Biz bajaradigan harakatlar ketma- ketligi quyida keltirilgan:
Agar bu avvalgi bosqichlardan oldin bajarilmagan bo‘lsa, Eclipseni qayta ishga tushiring.
Menyuda Window elementi (Window), Preferences elementini (Sozlamalar) tanlang.
Chapda ko‘rsatilgan dialog oynasida Android tugunini topamiz va uni tanlang. Kichkina oyna ochiladi, unda biz Android SDK-dan foydalanish bo‘yicha statistikani Google serveriga yuborishimiz taklif etiladi; Biz bu masalaga bizning imtiyozlarimizga muvofiq ish tutamiz.
8- rasm. Android Development Tools sozlash oynasi
SDK Location maydonida biz Android SDK joylashgan katalogni ko‘rsatamiz. Buni amalga oshirish uchun Browse tugmasini bosing va papkani papka darchasida SDK bilan toping.
Apply tugmani bosamiz va keyin OK tugmasini bosamiz.
ADT plaginini endi tuzilgan va bizning Eclipse muhitimiz tayyor. Plagin Eclipse ichidagi barcha Android SDK vositalariga kirishni ta’minlaydi. Xususan Window>Android SDK and AVD Manager elementi orqali yangilash menejeriga kirish va virtual qurilmalarni boshqarishimiz mumkin.
Elektron resurs tasnifi va undan foydalanish yo‘riqnomasi
Ushbu Android operatsion tizimi uchun yaratilgan elektron o‘quv qo‘llanma “O‘zbekiston tarixi” fanidan ikki qisimdan iborat maruzalar kursi, mustaqil topshiriqlar va test topshiriqlaridan iborat. Maskur elektron o‘quv qo‘llanmadan o‘zbekiston tarixi fanidan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarda foydalanish va olingan bilimlarni test topshiriqlari yordamida tekshirib ko‘rishlari mumkin.
Android operatsion tizimi o‘rnatilgan mobil qurilmalarga .apk kengaytmali fayl o‘rnatilib ishga tushirilganda elektron o‘quv qo‘llanmaning bosh oynasi ishga tushadi. Bosh oynani umumiy ko‘rinishi quyidagicha
9- rasm. Elektron resursning bosh oynasi Elektron o‘quv qo‘llanmani asosiy minyusi 5 ta qisimdan iborat:
O‘zbekiston tarixi 1- qism – elektron o‘quv qo‘llanmada fan bo’yicha barcha asosiy ma’ruzalar ma’lumotlarning umumiy tuzilmasidan iborat.
O‘zbekiston tarixi 1- qism- ushbu qisimda fan bo‘yicha qo‘shimcha ma’ruza materiallari berilgan.
Mustaqil topshiriqlar- bu bo‘limda mustaqil ishlash uchun mavzular keltirilgan
5. Testlar- maruza mashg’ulotlarida keltirilgan manzularga mos testlar to’plami. O‘zbekiston tarixi 1- qismi quyidagicha ma’lumotlar keltirilgan:
O‘zbekiston tarixi 1- qismiga kiraganimizda quyidagi sahifani ko’rishimiz mumkin. Unda 12 ta mavzularning nomlari keltirilgan.
10- rasm. Ma’ruza bo‘limi 1-qism
O‘zbekiston tarixi 2- qismi birinchi qismini davomi hisoblanadi va unga kiraganimizda quyidagi sahifani ko’rishimiz mumkin. Unda 9 ta mavzularning nomlari keltirilgan.
O‘zbekiston tarixi 1- qismini 1- mavzusi “O‘zbekiston tarixi fanining premeti, nazariy- metadologik asoslari, manbalari va ahamiyati” mavzusiga kiramiz va quyidagi oyna hosil bo‘ladi(11- rasm).
11- rasm. Ma’ruza sahifasining ko‘rinishi
Har bir bo‘limda giper havolalar orqali ma’ruza mashg‘ulotlari va boshqa qismlarga kirish mumkin. O‘zbekiston tarixi 2- qismidagi ma’ruzalarning ko‘rinishi ham xuddi 11- rasimdagi kabi shakillantirilgan.
Mustaqil topshiriq bo‘limida mustaqil ish mavzulari ro‘yxati keltirilgan.
12- rasm. Mustaqil topshiriqlar oynasini ko‘rinishi
Test bo‘limida umumiy testlardan tasodifiy variantlarda asosida 30 tadan test beriladi va test yakunida to‘g‘ri topilgan javoblar soni ko‘rsatib beriladi. Test bo‘limining umumiy ko‘rinishi quyidagi rasmda keltirilgan(13- rasm).
13- rasm. Test sahifasining ko‘rinish
Test yechish jarayoni yakunlangandan keyin quyidagi oyna hosil bo‘ladi(14- rasm).
14- rasm. Test natijasi oynasi
Testni yakunlab natijani ko‘rgandan so‘ng testni tahlil qilish imkoniyati mavjut va to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri topilgan savollarni tahlil qilish mumkin.